xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada
aniqlangan
ortiqchalar, o‘tgan yillarning foydasi kabilar kiradi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatidan olingan
qo‘shimcha daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan
alohida schyotlarda hisobga
olinadi. Chunonchi:
9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotining kreditida
o‘z asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi
aks ettiriladi. Bunda 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti
debetlanadi.
9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotining
kreditida materiallar, xo‘jalik inventarlari va nomoddiy aktivlarni sotishdan hamda
boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshqa
aktivlarning chiqib ketishi» schyoti debetlanadi.
9330 «Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schyotining kreditida
turli xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilishi natijasida,
shuningdek
ko‘rsatilgan zararlarning qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks
ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi, ushlanganligi yoki
hisoblanganligini
aks ettiruvchi schyotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy
valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 6710 «Mehnat haqi
bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar», 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan
schyotlar» debetlanadi.
Dostları ilə paylaş: