Qurilish xavfsizligi va ish joylarini tashkil qilish tizimi


Qurilish xavfsizligi tavsiyalari



Yüklə 73,37 Kb.
səhifə2/10
tarix07.01.2024
ölçüsü73,37 Kb.
#207856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qurilish xavfsizligi va ish joylarini tashkil qilish tizimi

Qurilish xavfsizligi tavsiyalari

Oldini olish shartlari har qanday kasb-hunar xavfsizlik dasturining asosiy maqsadi hisoblanadi. Xavfli xolatlarni, har doim ham oldini olishni imkoni bo’lmaydi.


Qurilish ob’ektlarida ishchilar hech qachon yolg’iz bo’lishlari kerak emas. Baxtsiz hodisa xolatida, jabrlanuvchi yordam uchun qo’ng’iroq qilishi mumkin. Barcha ishchilar xavfsizlik ta’limini olgan bo’lishi lozim. Ular qurilish ish joyida kerakli jixozlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak, jumladan shaxsiy himoya uskunalari (PPE) bilan. CHunki muhandislar qachon xavfga duch kelsa, himoya vositalari ularning yonlarida bo’lishi kerak. Qurilish kasbiy xavfsizlik salohiyatiga ega bo’lish uchun chuqur bilim kerak. Bilimli kishi har qanday jixoz bilan qanday yondashuv qilish kerakligi biladi.U ishchining munosabati va xulqi kerakli darajada bo’lishi kerak. Qurilish maydonida xazil-mutoyiba qilish, e’tibor etishmasligi ishchilar o’limiga olib kelishi mumkin. YAngi ishchilar va tajribali xodimlar yillar davomidagi doimo ishidan keyin ham, trening o’tib turishlari kerak.
Balandliklardan tushib ketish.

Qurilish xodimlari ko’pincha balandlikda ishlayotgan bo’lishi mumkin, bu juda xavfli. Agar balandlikda ishlayotgan bir ishchini kuzatayotgan bo’lsangiz, o’zingizga savol bering o’zingizni shunday sharoitda qulay xis etasizmi? Javob yo’q bo’lsa, bunday xolatda muammo bo’lishi mumkin. Ish beruvchi har qanday


ishchi 6 fut va undan ko’proq balandlikda ishlayotgan bo’lsa extiyot choralarini ta’minlashi lozim. Bu oddiygina KXSST ga muvofiq masalasi emas. Bu xodimlarini himoyasi masalasidir.
Bir necha yillik kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki ish beruvchilar quruvchilarga shu darajada ishonib, o’zini xotirjam his qilib, hatto ishchi xavfsizligiga beparvo bo’lib qoldilar. Buni tijorat qurilish ish joylarida, shuningdek ko’p uy-joy qurilish joylarida kuzatishimiz mumkin. (16-1 rasmad turar joy qurilish maydoni misolida quruvchilar hech qanday himoya choralari va shaxsiy himoya vositalarisiz faoliyat yuritayotganliklari tasvirlangan.) Ishchi unga zarar yoki uni o’ldirishi mumkin bo’lgan balandlikda bo’lsa ishlayotgan bo’lsa unga nisbatan yiqilishga qarshi himoya choralari ko’rilishi kerak. Xodimni himoyasi to’siqlar shaklida qilinishi, xavfsizlik arqonlari bilan bog’langan bo’lishi kerak. Ish beruvchi to’liq ishonch hosil qilishidan qat’i nazar, ish boshlanishiga qadar tegishli qadamlar bilan ishchini himoya qilish uchun qabul qilingan qoidalarga rioya qilishi kerak. Ishchilar odatda qattiq bosh kiyimi va panjali poyabzal bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tegishli xolatlarga qarab boshqa shaxsiy himoya uskunalari bilan ham ta’minlangan bo’lishlari kerak. (masalan, xavfsizlik uchun ko’zoynaklar va eshitish himoya vositalari shular jumlasidandir). Bu tegishli himoya vositalari KKDni ta’minlash uchun ish beruvchi tomonidan ish boshlangunga qadar taqdim etiladi. Bunday jihozlar bilan ta’mnlanish muhandislik ish joyida juda muhim. Zina yoki narvonlar, balandlik o’zgarishi 19 dyuym yoki undan ortiq ish joyida, shu bilan birgalikda 25 yoki undan ko’p xodimlari mavjud bo’lsa yana qo’shimcha zinalar kerak bo’ladi. KXSSTni ma’lumotlariga ko’ra qurilishda balandlikdan yiqilish , xavfsizlikka rioya qilinmaganligi tufayli yiliga 36ta o’lim xolatlari kuzatilgan. Uyjoy qurilishida xavfsizlik choralariga to’liq rioya etilmayotganini kuzatamiz. Aholi yashash joyi qurilishi ishchilari tijorat ish-joylari qurilishi ishchilari bilan bir xil himoya qilinish huquqiga ega. Afsuski, KXSST tartibot ishlarini etarlicha olib bormaganligi tufayli, qurilish ishchilari tomonidan imtiyozli umumiy xavfsizlik amaliyotlari tez-tez buzilishi kuzatiladi. Ushbu suratda quruvchini hech qanday shaxsiy himoya uskunalari va tushib ketishdan asraydigan himoya anjomlari bilan ta’minlanmaganligi tasvirlangan. Ushbu suratda KXSST standartlari bo’yicha qancha buzilish xolatlarini topishingiz mumkin?


Yüklə 73,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin