Qurilishda loyihalashtirishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
Har bir qurilish ob’ektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi maxsus hujjatda o‘z aksini topadi.
Loyiha – bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko‘rinishda namoyon etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo‘ljallangan ob’ektlarni shakllantirish bo‘yicha quyida keltirilgan maqsadlar tizimidir:
qurilajak inshootning arxitekturaviy – rejaviy, konstruktiv va texnologik yyechimlarining grafik materiallari (chizmalari)dir;
inshoot qurilishi texnik imkoniyatlari, konkret tabiiy muhitda bajariladigan ishlarning ishonchliligi va xavfsizligini asoslovchi hisoblash – tushuntirish matni;
qurilish tannarxini aniqlaydigan va moliyaviy xarajatlar, moddiy – texnikaviy va mehnat resurslarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan smeta–iqtisodiy qism.
Qurilish ob’ektining iqtisodiy samaradorligi, uning hayotiylik siklining xarakteri va funksiyallashuvining davomiyligi, chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi, ekspluatatsiya va mehnat qilish sharoitlari ahamiyatli tarzda loyihaviy yechimlarning darajasiga, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, loyihaning qanday darajada tayyorlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Loyihalarda binolarning maksimal darajadagi ixchamligi va unifikatsiyasi ko‘zda tutilmog‘i lozim, lekin bunda ularning arxitekturaviy mazmuniga zarar etmasiligi, mavjud mexanizatsiya vositalarini hisobga olgan holda konstruksiyalarni yiriklashtirish, loyihaviy yechimlarning texnologikligiga, yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan texnikalardan foydalanishga to‘sqinlik bo‘lmasligiga e’tibor qaratilishi talab etiladi. Loyihalarda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar (ishlarning hajmlari, materiallar, konstruksiyalar, mashinalar, mehnat resurslari, transport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog‘i taqazo etiladi.
Loyihada buyumlar, detallar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning manfaatlarini ham hisobga olish lozimdir. Qo‘llaniladigan yig‘ma elementlarning tipli o‘lchamlari va markalari loyihalarda minimal beriladi. Bu esa zavodlarda oqimli liniyalarni o‘zgartirishning oldini oladi. Shunday qilib, loyihalashtirish texnikaviy taraqqiyotning yuksalishi bilan birgalikda rivojlanadi.
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega bo‘ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’ektlarni loyihalash bo‘yicha modelli izlanishlar, ko‘p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |