Qurilishda loyihalashtirishning iqtisodiy asoslari, hamda quvvatlarni ishga tushirish rejasi haqida tushuncha”



Yüklə 89,23 Kb.
səhifə4/6
tarix20.10.2023
ölçüsü89,23 Kb.
#158195
1   2   3   4   5   6
Qurilishda loyihalashtirishning iqtisodiy asoslari, hamda quvvat-hozir.org

Qurulish koʻrsatkichlariga ta’aluqli:
  1. Qurilishning smeta qiymati (soʻm)


  2. Keltirilgan xarajatlar (yil/soʻm)


  3. Kapital qoʻyilmalarning oʻzini-oʻzi qoplash muddati (yil)


  4. Yillik bajarilgan ishlarni hajmi (soʻmda)


  5. Qurulish montaj ishlarini yuqori mehnat sigʻimliligi.


  6. Qurulishning davomiyligi (muddati choʻzilishi).


  7. Asosiy qurulish materiallarining sarfi


  8. Yigʻmalik koeffitsienti (%)


  9. Qurulish montaj ishlaridagi ishcxilarning asosiy ish haqi (soʻm)


  10. Qurulishda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari (soʻm)


  11. Materiallarni qurulish maydonchasiga tashish xarajatlari (soʻm)


  12. Muhandislik kommunikatsiyalarning uzunligi





Ekspluataiiyaga ta’aluqli koʻrsatkichlar:
  1. Mahsulot birligining tannari (soʻm)


  2. Inshoatlarni saqlashga bog‘lik boʻlgan yillik ekspluatatsiya xarajatlari


  3. 1 ta ishchi hisobiga bajarilgan ish (soʻm)


  4. Inshoatlarni xizmat muddatlari (yil)


  5. Joriy ta’mirlash qiymati (soʻm)


  6. Kapital ta’mirlash qiymati (soʻm)


  7. Inshoatlarni toʻliq tiklashga sarf qilinadigan xarajatlar (soʻm)


Loyiha yechimlarining samaradorligini aniqlashda mazkur davrga moʻljallangan texnikaviy iqtisodiy koʻrsatgichlarnigina emas, balki ularni oʻzgarib, rivojlanib borishini ham hisobga olish zarur, texnikaviy - iqtisodiy koʻrsatkichlarning taqqoslanishiga rioya qilish kerak. Buning uchun quyidagi sharoitlar mavjud boʻlishi kerak:


Qurulishda bir xil shart - sharoitlar mavjud boʻlishi (iqlimi, yerlarning tekisligi, tuproqning holati va boshqalar).
Taqqoslanadigan ob’ektlarning foydalanishdagi yoʻnalishning bir xilligi, kapital sigʻimi, hajm sigʻimi, quvvati, ishlash va faoliyat koʻrsatish sharoiti va boshqalar.
Loyihalash darajasining bir xilda borishi va loyiha sifatining darajasi.
Smeta qiymati koʻrsatkichini hisoblash uchun bir xildagi boshlangʻich bazasining mavjudligi.
Bir xildagi normativ hujjatlardan foydalanishlik.
Texnikaviy - iqtisodiy koʻrsatkichlarni aniqlashda bir xil uslubdan foydalanish.
Bir xil foydalanish ekspluatatsiya sifatiga ega boʻlgan inshoatlarni variantlari boʻyicha loyiha yechimlari nisbiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi.

- Loyiha yechimlari nisbiy samaradorligi (keltirilgan xarajatlar).


-SMR tannarxi, -qurulish tashkilotiga kapital qoʻyilmalar (soʻm)
Misol uchun, 2 ta variantni keltirilgan xarajatlar boʻyicha taqqoslaymiz.

Koʻrsatkichlar


Qoʻyilma temir, beton inshoati


(ming soʻm)

Blok moslamasidan yasalgan inshoat,


(ming soʻm)
  1. SMR tannarxini


(joriy xarajatlar)


1535,7

1490,8

2. qurulish tashkilotiga kapital qoʻyilmalar (OPF)


75

83

3. Oborot mablag‘larga aylanma kapital qoʻyilmalar


480

500


Keltirilgan xarajatlar.

1- variant boʻyicha P1=1535.7+{75+480)=1602,3 ming soʻm


2- variant boʻyicha P2=1490,8+012 (83+500)=15606,8 ming soʻm
Loyihalash va injener - texnik jihatdan qurish jarayonida, tashkiliy-texnologik yoki xo‘jalik ishlarini bajarishda qabul qilinadigan yechimlar ko‘p variantlilik shart-sharoitlari asosida qabul qilinadi.
Masalan, aynan bitta bino yoki inshootni qurishda turli konstruktiv-komponovkali yoki hajmiy - rejaviy yechimlar, boshqa-boshqa materiallar, mexanizatsiyaning har xil vositalarini qo‘llash orqali turli metodlardan foydalanish mumkin. Shunga bog‘liq ravishda quyidagi vazifa yuzaga chiqadi: ko‘p variantlar ichidan eng maqbulini tanlash lozim bo‘ladi.
Maqbul variant odatda ko‘rilayotgan variantlarning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash, yangi loyiha ko‘rsatkichlarini etalon yoki qurilgan inshoot ko‘rsatkilariga solishtirish yo‘li orqali tanlanadi. Shunday yechim yoki variant qabul qilinadiki, bunda bir xil ishonchlilik va bir xil xavfsizlikni ta’minlaydigan variantalar ichidan ularni amalga oshirishda eng kam sarf- xarajatlar talab qiladigani tanlab olinadi.
Har xil yechimlarga ega bo‘lgan variantlarni taqqoslashda iqtisodiy samaradorlik mezoni sifatida shunday ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladiki, ular bir tomondan ekspluatatsiya va qurilish jarayonidagi ko‘rsatkichlar, ikkinchi tomondan esa - asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni hisobga oladigan tizimlarga bo‘linadi.
Kapital mablag‘lar hajmi (yoki solishtirma kapital mablag‘lar), korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi, qurilish-montaj ishlari tannarxi (yoki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajat) asosiy ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oxirgisiga, ya’ni qurilish-montaj ishlariga qurilish muddati ham tegishlidir.
Qo‘shimcha yoki xususiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar: solishtirma mehnat sig‘imi, kapital mablag‘lar umumiy hajmida qurilish-montaj ishlarining solishtirma salmog‘i, hamjihatlanganlikni belgilovchi koeffitsient, qurilish montaj ishlarining 1 mln. so‘mlik smeta mablag‘iga sarflanadigan asosiy qurilish materiallari miqdori (sement, metall va h.k.); qurilish koeffitsienti; injenerlik kommunikatsiyalari va yo‘llar uzunliklari, vertikal rejalash bo‘yicha er ishlari, injenerlik kommunikatsiyalarini o‘rnatish va yo‘l qurilishi ishlari hajmi, uchastkani o‘zlashtirish (keraksiz har xil qurilishlarni bo‘zish, qurib qolgan va noqulay joylashgan daraxtlarni kesish, drenajlar kovlash va shu kabi ishlar)ga sarflanadigan xarajatlar, tiklanayotgan binoning massasi, bino maydoni va hajmidan oqilona foydalanilganlik darajasi, qurilayotgan korxonada mahsulotlar tayyorlashdagi mehnat sig‘imi, zavod ichida haraktalanadigan transport vositalariga sarflanadigan xarajatlar, injenerlik kommunikatsiyalari va transport inshootlarining eksplutatsiyasi bo‘yicha sarflanadigan xarajatlar, xom–ashyo, yoqilg‘i va energiyalarning solishtirma sarfi, tiklanayotgan bino va inshootning xizmat qilish muddati hamda qator qurilish va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar kiradi.
Ko‘rsatkichlar tizimining mavjudligi murakkab texnik va xo‘jalik yechimlarini har tomonlama yetarli darajadagi aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Biroq shu bilan bir qatorda bu ko‘rsatkichlar ziddiyatli jihatlarga ham egadir. Agar bir variantning barcha ko‘rsatkichlari boshqa variantnikidan yaxshi bo‘lsa, u holda masala juda oddiy bo‘ladi. Lekin afsuski, amaliyotda bunday holat, ya’ni oddiylik kamdan – kam bo‘ladi. SHunday holatlar bo‘ladiki, masalan, qurilishning muddatini qisqartirishga ancha qimmat industrial konstruksiyalarni qo‘llash orqali erisxiladi, ekspluatatsion sarf - xarajatlarni qisqartirishga esa ancha qimmat bo‘lgan materiallarni qo‘llash, issiqlikning izolyasiyasiga sarflanadigan mablag‘larni oshirish yo‘li bilan erisxiladi, qurilishga sarflanadigan mehnat sig‘imini qisqartirish uchun esa mehnat unumdorligi ancha yuqori bo‘lgan va ancha qimmat turadigan mexanizmlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Loyihaning sifati nafaqat ilg‘or texnik yechimlar bilan, balki smeta hujjatlarining to‘g‘ri bajarilganligi bilan ham aniqlanadi. Loyihalanayotgan ob’ekt texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va qurilishni rejalashtirish hamda moliyalashtirish, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, qurilish – montaj tashkilotlarida iqtisodiy ishlarni olib borish va ular ishini nazorat qilish uchun qurilishining maqsadga muvofiqligini aniqlashda smetadan foydalaniladi. Qurilishda ishlab chiqarishning borishi va qurilish iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan quriladigan ob’ektlarning smetali narxini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liq bo‘ladi.
3.2.

Yüklə 89,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin