Qurilishni boshqarish


Termoelektrik o’zgartgich



Yüklə 219,47 Kb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü219,47 Kb.
#205366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1Musurmonov Yunusbek Kurs ishi (1)

Termoelektrik o’zgartgich
Termoelektrikli o‘zgartgichlar.Termometr termoelektrikli sezgir elementlar ikkita turli xil metallardan yasalgan o‘tkazgich (sim) yoki oxirgi nuqtalari o‘zaro birlashtirilgan yarimo‘tkazgich ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Termoelektrikli o‘zgartgich Zeebek (Tomas Iogann Zeebek – nemis fizik olimi) effekti asosida ishlaydi,ya’ni – turli haroratgacha qizdiriladigan birlashtirilgan ikkita turli xil metallardan tashkil topgan konturda termoelektr yurutuvchi kuch(EYUK)ni paydo bo‘lishiga asoslangan. Birlashirilgan o‘tkazgichni birini haroratini doimiy ushlab turishida termo EYUK ni qiymati bo‘yicha o’lchanadi. Harorati doimiy bo‘ladigan birlashgan simni sovuq, ikkinchi bevosita birlashtiriladigan ulanmani esa issiq deb nomlashga kelishilgan. Termoelektrikli o‘zgartgichlarni nomlashda dastlabki o‘rinda musbat ishorali, keyin esa– manfiy ishorali termoelektrodni qo‘yishga kelishib olingan.
Termoelektrikli o‘zgartgichlar quyidagi turlardan tayyorlanadi:

TVR – volframli termoo‘tkazgich;

TPR – platinali termoo‘zgartgich;

TPP – platina – platina termoo‘zgartgich;

TXA – xromel – alyumel termoo‘zgartgich;

TXK – xromel – kopelli termoo‘zgartgich;

TMK – mis – kopelli termoo‘zgartgich.

2-jadval
Termoo‘zgartgichlar farqlanishi:
- o‘lchanadigan muhit kontakt usuliga ko‘ra – yuklangan, yuzaki;
- ekspluatatsiya shartlariga ko‘ra – statsionar, ko‘chma, bir marotaba, ko‘pmarotaba va qisqa vaqt foydalaniladigan;
- atrof muhitni ta’siridan himoyasiga ko‘ra – odatiy, suvdan himoyalangan, agressiv muhitdan himoyalangan, portlashga xavfsiz, va boshqa mexanik ta’sirlardan himoyalangan;
- o‘lchanadigan atrof – muhitni germetikligiga ko‘ra – nogermetik va germetik; - termopara soniga ko‘ra – yakkali, juftlik va uchtalik;
- zond soniga ko‘ra – bir zondli va ko‘p zondli bo’ladi.Agar sovuq spayni haroratini doimiy ta’minlab turilsa, u holda termoEYUK faqatgina termoo‘zgartgichning ishchi oxirini qizdirish darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Haroratning mos birliklarida o‘lchov asbobni darajalash imkonini beradi. Darajalangan qiymatdan erkin uchlar haroratini og‘ishi 0°C ga teng, ikkilamchi asbobni ko‘rsatgichi mos to‘g‘irlashga kiritiladi. Erkin uchlar harorati to‘g‘rilash qiymatini bilish uchun hisobga olib boriladi. Termoo‘zgartgichning erkin uchlarini o‘zgarmas harorat zonasiga kiritish uchun solishtirma termoelektrodli simlar xizmat qiladi. Ular termoelektrik termoo‘zgartgich termoelektrodlari bir xil bo‘lishi kerak. Kompensatsion o‘tkazgichni tanlashni 2 usuli mavjud. Birinchi usuli – termoEYUK ga ega bo‘lgan mos elektrodlar juftida sim tanlanadi. U shunday hollarda qo‘llaniladiki, aniqligi oshirilgan o‘lchash amalga oshiriladi. Termoelektrik o‘zgartgich yordamida o‘lchanadigan haroratni aniqlash uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
- o‘zgartgich zanjirida termoEYUK ni o‘lchash; - erkin uchlarida (termojuftda) haroratni aniqlash;
- o‘lchanadigan termoEYUKni qiymatlarida o‘zgartirishlar kiritish mumkin;
- haroratga bog‘liq ma’lum termoEYUKga ko‘ra o‘lchanadigan muhit haroratini aniqlaydi. Termoelektrodlar materialiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi: asl va asl bo‘lmagan metallar va qotishmalardan metal termoparali termoo‘zgartgich;
-Qiyin eriydigan metallar va qotishmalardan yasalgan termoparali termoo‘zgartgichlar. Asl metallardan yasalgan termopara, yuqori haroratlar va muhitda agressiv bo‘lganda barqarorlikka ega, shuningdek, doimiy termoEYUK, sanoat va tajriba sharoitlarida yuqori haroratlarni o‘lchash uchun ishlatiladi. Asl bo‘lmagan metallar va qotishmalardan yasalgan termopara, asosan 1000 °C gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashda foydalaniladi. Bu termoparalarni afzalliklari nisbatan arzon va ko‘proq termoEYUKni oshirish imkoniyatini mavjudligidir. Termoelektrodlarni mexanik shikastlanishlardan va tajavuskor harakatlardan himoyalash maqsadida, shuningdek, texnologik qurilmalarga o‘rnatishda qulay bo‘lishi uchun himoya armaturalaridan foydalaniladi. Qo‘llanilish sohasiga bog‘liq ravishda armaturalar materiali har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda material sifatida yuqori egiladigan po‘lat va yemirilishga bordoshli, temir asosidagi issiqlikka chidamli qotishma, nikel, xrom va alyuminiy qo‘shilgan, kremniy va margantsdan foydalaniladi.



issiqlik - 50 dan 150 ° C gacha
- 200 dan 500 ° S gacha
ot - 40 dan 1000 ° S gacha
ot - 40 dan 600 ° S gacha
umumiy ta'lim xatosi
0,15; 0,25 yoki 0,5%
kuchlanishli to'g'ridan-to'g'ri oqim manbasidan quvvat manbai, V
3.2-5; 9-24
stepen chang o'tkazmaydigan harorat sensori
GOST 14254-80 bo'yicha IP54
qo'shimcha harorat xatosi
atrof-muhit haroratining har 10 ° C o'zgarishi uchun asosiy qiymatning yarmidan oshmaydi




1.2.1-rasm Termoelektrod LKI247N

Termoelektrodlar sifatida ba'zi toza metallar va qotishmalar ishlatiladi. Masalan, platinarodiy - platina va rodiy qotishmasi, xromel - xrom va nikel qotishmasi, kopel - mis va nikel qotishmasi, alyumel - alyuminiy va nikel qotishmasi hamda ba'zi maxsus qotishmalar. Sanoatda temperaturani o'lchash uchun keng tarqalgan ayrim standart termoparalarning texnik tavsiflari keltirilgan.




Yüklə 219,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin