2.2 MUVOZANAT KO'PRIKLARI Muvozanat ko'priklari qarshilik datchiklari termometrlari bilan birgalikda ishlash uchun mo'ljallangan asosiy o'lchov asbobi hisoblanib, ular ikki xil bo'ladi: Laboratoriya sharoitlarida qo'l bilan muvozanatlanadigan va qurilishda avtomatik ravishda muvozanatlanadigan ko'priklar. Avtomatik muvozanat ko'priklar ko'rsatuvchi, o'ziyozar va rostlovchi asbob sifatida ishlatiladi.
Qarshilik termometri ulanadigan doimiy tok muvozanat ko'prigining prinsipial sxemasi keltirilgan. Ko'prik ikkita doimiy qarshilik R1 va R2, o'zgaruvchan qarshilik (reoxord) R3, simlar qarshiligi Rs va qarshilik termometri Rt dan iborat. Ko'prikning asosiy diagonaliga doimiy tok manbayi E, ikkinchi «bd» diagonaliga esa qayta ulagich П orqali nol-pribor sezgir galvanometr ulanadi. Ko'prikning muvozanat holatida «bd» diagonalda tok kuchi I0=0 bo'lib, qarshiliklarda kuchlanishning kamayishi bir xil bo'lgani uchun ishlatiladi.Atrof-muhitni temperaturaga ta'siri natijasida yuzaga keladigan xatolikni bartaraf etish uchun qarshilik termometrining uch simli ulash sxemasi qo'llaniladi. Bunday ulash usulida bir simning qarshiligi Rt qarshilikka, ikkinchi simning qarshiligi esa o'zgaruvchan qarshilikka qo'shiladi. U holda muvozanat tenglamasi quyidagicha bo'ladi:
Agar R1 = R2 bo'lsa, Rt + Rc= R3 + Rc bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, uch simli ulashda simlarning qarshiligi o'lchov natijasiga ta'sir qilmaydiSanoatda har xil turdagi o'ziyozar, bir va bir necha nuqtalardagi temperaturani o'lchaydigan, signal beruvchi va rostlovchi avtomatik muvozanat ko'priklari keng tarqalgan.
Avtomatik o'chirish-Yemoq
Chuqurlik- 12.00
O'lchov davomiyligi- 1.00
Displeyning orqa nuri- Yo'q
Xususiyatlari- Oxirgi o'lchov xotirasi O'rtacha o'lchash vaqti O'lchov diapazoni- 34,0 - 42,0
2.2.1-rasm Xinchin Rd280
Avtomatik muvozanat ko'priklarida kontaktli kompensatsiyalovchi o'zgaruvchan rezistorlar eng ishonchli element hisoblanib, ular yordamida o'lchanayotgan kattalik qarshilikli termoo'zgartgich qarshiligi bilan kompensatsiyalanadi.
Avtomatik muvozanat ko'priklarda reoxordning surgichi avtomatik ravishda siljiydi. Bunday ko'priklarning o'lchash sxemasi doimiy yoki o'zgaruvchan tok manbaidan ta'minlanadi. O'zgaruvchan tok muvozanat ko'priklarida aktiv qarshiliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega, shuning uchun doimiy tok ko'priklari uchun chiqariladigan yuqoridagi tenglamalar o'zgaruvchan ko'priklar uchun ham saqlanadi. O'zgaruvchan tok muvozanat ko'priklari bir qator afzalliklarga ega: o'lchash sxemasi kuch transformatorining bir o'ramidan ta'minlanadi, ya'ni qo'shimcha ta'minlash manbai talab qilinmaydi, shu bilan birga tebranish o'zgartgichning ham zaruriyati bo'lmaydi. Ko'rsatuvchi va o'ziyozar elektron avtomatik muvozanat ko'prigining prinsipial sxemasini ko'rib chiqamiz. Prinsipial sxemaga quyidagicha shartli belgilar kiritamiz:
Rr - reoxord; Rsh - reoxord shunti, u reoxord qarshiligiga belgilangan qiymat yetkazib turish uchun xizmat qiladi; Rd - o'lchash diapazonini belgilash qarshiligi; Rq - shkala boshlang'ich qiymatini rostlovchi qo'shimcha qarshilik; R1,R2, R3 - ko'prik sxemasining qarshiliklari; Rb - tokni cheklovchi ballast qarshilik; Rt - qarshilik termometri;
Rs - simlar qarshiligini rostlovchi qarshilik; RD - asinxron kondensatorli reversiv dvigatel; SD - diagramma lentasini siljituvchi sinxron dvigatel; C1 va C2 - qo'zg'alish o'ramining magnit oqimi bilan boshqaruvchi o'ram o'rtasidagi siljish fazasini (90°) va uyg'onish o'ramida kuchlanishni (127 V) kerakli miqdorga yetkazish uchun xizmat qiladigan kondensatorlar; C3 - reversiv dvigatel boshqaruvchi o'ramini shuntlovchi kondensator, shu o'ramdagi tokning induksiyasini kompensatsiyalaydi. TO - tokni olib ketuvchi.
Ko'prik sxemasidagi barcha qarshiliklar manganin simdan tayyorlangan bo'lib, qarshilik termometri uch simli ulash sxemasi usulida ulangan. Bu holda termometrni ko'prik bilan ulaydigan simlarning qarshiligi ko'prikning yelkalariga taqsimlanadi. Shuning uchun atrof-muhit temperaturasining tebranishi natijasida, ulangan simlar qarshiligining tebranishi sababli hosil bo'lgan xato miqdori kamayadi. Termometr qarshiligining tebranishi natijasida ko'prik sxemasining muvozanati yo'qoladi, «a» va «b» cho'qqilardan kuchaytirgichning kirish qismiga nobalans kuchlanish keladi. Kuchaytirgich esa bu kuchlanishni reversiv dvigatel ishga tushguncha kuchaytiradi. Dvigatelning chiqish vali reoxord surgichi va karetka bilan kinematik bog'langanligi uchun bu val ularni nobalans kuchlanish kamayib, nolga teng bo'lguncha siljitadi. Ko'prik sxemasi muvozanat holatga kelganda, reversiv dvigatelning rotori to'xtaydi. Doimiy tok manbaidan ishlaydigan muvozanat ko'prigining o'lchash sxemasi ham yuqoridagiga o'xshash, faqat uning elektron kuchaytirgichi tebranishli o'zgartirgich bilan ta'minlangan. Shuning uchun uning kuchaytirish potensiometrnikiga o'xshash.
Qurilishda 0,25; 0,5; 1,0 aniqlik toifasiga ega bo'lgan KCM-1 va KCM-3 (diskli diagrammali) hamda KCM-2 va KCM-4 (lentali) diagrammali avtomatik muvozanat ko'priklar ishlab chiqariladi.Muvozanat o’lchash ko’priklaring bir qancha turlari bor:Balanslash o'lchov ko'prigi-bu to'rtta impedansning ulanishi, shu bilan birga to'rtta qarshilikning kamida bittasini (elkalar deb ataladi) o'zgartirib, ko'prik muvozanatlanadi, ya'ni kuchlanish bo'luvchi terminallaridagi chiqish qiymati yo'qoladi. O'chirish turiga qarab, bu holatni ta'minlaydigan ko'prikning muvozanat shartlari boshqacha bo'lib, muvozanat holati null-organ yordamida boshqariladi.DC o'lchash ko'prigi - shahar o'lchash ko'prigi. Bunday ko'priklar o'lchash, nazorat qilish va tartibga solish texnologiyasida doimiy bo'lmagan yoki o'zgaruvchan bo'lishi mumkin bo'lgan elektr bo'lmagan miqdorlarni o'lchash uchun ishlatiladi. Nernst-Xagen o'lchov ko'prigi galvanik elementlarning qarshiligini o'lchash uchun mo'ljallangan o'zgaruvchan tok o'lchash ko'prigi. Ko'prik zanjirining mohiyati uchta C4 va Sv kondansatkichlarini galvanik elementning chiqishida oqim bo'lmasligi uchun ulashdir. Balanslashtiruvchi potansiometr (o'zgaruvchan qarshilik) R2 slayderini siljitish orqali o'zgaruvchan tok nol ko'rsatkichining minimal ko'rsatkichlariga erishiladi. O'lchov ko'prigi reochordny - bu doimiy namunali qarshilik va reoxordni o'z ichiga olgan o'lchov ko'prigi. O'lchov slayd-akkor ko'prigi o'lchov ko'prigidan bosqichli balans bilan farq qiladi, chunki o'lchovlar paytida namunaviy qarshilik doimiy qiymatga ega. O'lchov pastki diapazonini o'zgartirish uchun bu qarshilik har o'n kunda o'zgarib turadi. R3 va R4 ko'prigining boshqa ikkita qo'lining qarshiliklari bir hil rezistiv simdan yasalgan bo'lib, ular bo'ylab indikator simi ko'prikni muvozanatlash uchun harakatlanadi. Kontaktning holati ko'prik qo'llarining nisbatlarini aniqlaydi. Ma'lum bo'lgan Rx qarshiligining qiymati ko'prik qo'llarining nisbatini mos yozuvlar qarshilik qiymatiga Rx = dRN ga ko'paytirish yo'li bilan olinadi. O'lchov o'tkazgichi Rossiyaning qurilish kompleksining ko'plab tarmoqlarida, xususan elektr va radioelektronikada keng qo'llaniladi.
XULOSA
Men kurs ishimni so’ngida shuni xulosa qilib ayta olamanki, rivojlanish qanjalik tez shiddatlik bilan o’sib borar ekan, bu bilan ham nafas bo’lgan holda texnika, texnalogiyalar, insonyat ham rivojlanib boradi. Demak insoniyat o’sib borishi qurilishlarning ortishiga sabab bo’ladi. Qurilishlarni insonlarga qulay, ehtiyojlarini maksimal darajada qanoatlantirgan holda, shinam va sifatli imoratlar barpo etilishi maqsadga muvoffiq bo’ladi. Binoning sifatini belgilash hamda taminlashda turli xil o’lchash jarayonlari olib boriladi. Bularni taminlash mobaynida turli o’lchov vositalariga zamonaviy qulay, ish sarfi kam, aniqligi yuqori bo’lgan yangi texnalogiyalarga ehtiyoj tug’iladi. Shu zamonaviy texnalogiyalardan foydalangan holda biz ish unumdorligi va sifatini yaxshilashga erishamiz. Demak zamonaviy o’lchov vositalarini hayotga tadbiq qilish yangilarini ishlab chiqish insoniyat hayotining yengillashishiga sabab bo’ladi.
Demak bizni o’rab turgan borliqni o’lchovlarsiz tasavvur qila olmaymiz, ya’ni bizni hayotimizning har jabvasi o’lchovlar bilan chambarchas bog’liqdir. U xohlang ilm-fan sohasi, ishlab chiqarish, texnalogiya sohasi, qanday foaliyat turi bo’lishidan qa’tiy nazar metrologiya faoliyatining o’rni salmog’lidir. Bu faoliyat turini rivojlanishiga, mustahkamlanishiga, raqobatbardoshliligini oshirishga o’z hissasini qo’shish har bir shu soha vakilining burchi ham farzidir. Agar biz bu faoliyat turi mustahkamlamasak, biz boshqa soha turlaridan qa’tiy nazar, ilm-fan, texnalogiya sohalari, yengil-og’ir sanoatda rivojlanishga, O’zbekiston jamiyati hayoti yaxshilanishida, ya’ni ravnaq topishi uchun ham, yana mahsulotlarimiz jahon bozoriga kirib borishida, raqobatlasha olishiga, o’z milliy brendimizni dunyoga tanitishimizda, davlatimiz rivojlangan davlatlar qatori kirishiga, yetuklikka erishishimizda keng o’rin tutadi.
Xulosam so’ngida shuni ayta olamanki, biz jadal rivojlanib, o’sib borayotgan zamonda, ya’ni texnalogiya asrida hayot kechirmoqdamiz. Hozirda qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar rivojlanishda davom etmoqda, masalan: qurilish sohasini oladigan bo’lsak, bu sohadagi o’zgarishlar, yangidan-yangi texnalogiyalarni bu sohaga tadbiq qilish faqatgina insonlarning mushkilini oson qiladi, qurilish ishlarini samarasini oshiradi.