Qurilishni boshqarish



Yüklə 219,47 Kb.
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü219,47 Kb.
#205366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1Musurmonov Yunusbek Kurs ishi (1)

Suyuqlikli termometrlar.Suyuqlikli kengayish termometrlari yordamida temperaturani o'lchash termometrga joylashtirilgan suyuqlikning issiqlik ta'sirida turlicha kengayish koeffitsiyentiga asoslangan.Termometrning suyuqlik to'ldirilgan qismi issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lgan maxsus shisha sirtlaridan tayyorlanadi. Suyuqlikli kengayish termometrlarining temperaturani o'lchash chegarasi-2000C dan +750°C gacha.
Mexanik termometrlar
Mexanik termometrlarning ishlashi qattiq jismlarning issiqlikdan chiziqli kengayishiga asoslangan. Sterjenli Mexanik termometrning ishlash usuli esa sterjen va trubkaning issiqlikdan kengayish farqlaridan foydalanishga asoslangan. Trubka 7 va sterjen 2 ning issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyentlari turlicha bo'ladi. Trubka chiziqli kengayish koeffitsiyenti kichik bolgan (kvarts, invar), sterjen esa chiziqli kengayish koeffitsiyenti katta bo'lgan (latun (jez), mis, alyuminiy, po'lat) materiallardan tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda bir necha xil o'lchov shkalalari mavjud.
Jumladan:
1. Xalqaro amaliy temperaturalar shkalasi (Selsiy shkalasi).
2. Termodinamik shkala (Kelvin shkalasi).
Xalqaro amaliy temperaturalar shkalasida temperaturaning o'lchov birligini topish uchun suvning uch holati - muzlash, qaynash va bug'lanish nuqtalari orasidagi temperatura miqdori 100 bo'lakka bo'linadi. Agar suvning muzlash nuqtasi tx=0, qaynash nuqtasi t2=100°C va n=100 deb qabul qilinsa, Termodinamik harorat Selsiy graduslarida ham ifodalanadi. Bu holda uni belgisi bilan ifodalanadi va t=T-Ttenglama bilan aniqlanadi. Bu tenglamada T0=273.15 K.Selsiy harorat shkalasi gradusi - °C, Kelvin gradusiga teng Amalda eng keng qo‘llaniladigan Selsiy shkalasi esa suvning muzlashi - 0 °C va qaynashi 100 °C graduslarga tayanch nuqtalari sifatida belgilanadi va oraliq interval 100 gradus ulushlarga bo‘lib belgilanadi. Selsiy harorat shkalasi bilan belgilanadi va Selsiy gradusi odatda °C bilan ifodalanadi.Ushbu harorat shkalasini 1742-yilda shved olimi Andres Selsiy fanga tavsiya qilgan. Dastlab u suvning qaynash haroratini 0 °C va muzlashini 100 °C deb belgilagan. Ammo bunday shkala birmuncha noqulayliklar paydo qilgani bois, keyinchalik astronom M. Shtremer va botanik Karl Linneylar tomonidan uni hozirgi holatga keltirilgan. Selsiy shkalasidagi harorat oʻlchov birligi – Selsiy gradusining °C ning qiymati bilan, kelvin gradusi K ning qiymatiga teng. Haroratlar farqi, Kelvin gradusida ham, yoki, selsiy gradusida ham ifodalanishi mumkin. Muzning erish harorati, XHSh-90 da ham, XAHSh-68 dagi kabi, 0 °C (273.15 K) etib belgilangan, lekin, suvning qaynash harorati, XHSh-90 da 99.975 °C (±0.005 °C noaniqlik bilan) tarzida belgilangan, XAHSh-68 da esa, bu qiymat 100.00 °C ga teng edi. Kiritilgan oʻzgartirishlar, gaz termometriyasi yordamida qayd qilingan oʻta aniq oʻlchash natijalariga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, bunda asosiy e’tibor, yutilish effektining ahamiyatiga asoslangan edi (muayyan haroratda, sferik idish devorlariga yutilgan gazdagi turli aralashmalar, nisbatan yuqori haroratlarda qayta ajralib chiqib, gazning umumiy bosimining ortishiga sabab boʻladi).
Termodinamik shkala esa, absolyut temperaturalar shkalasini joriy etgan ingliz olimi Kelvin nomi bilan yuritiladi. Absolyut temperatura Gey-Lyussak qonuniga muvofiq temperaturaning boshlang'ich nuqtasi absolyut nol temperaturaning bo'lishiga asoslanadi yuqoridagi ifoda ideal gaz hajmi ning o'zgarishi = const bo'lganda temperaturaning o'zgarishiga bog'liqligini ko'rsatadi, bu yerda: Vo - Selsiy shkalasi bo'yicha temperatura nol bo'lgandagi gaz hajmi hamma gazlar uchun bir xil bo'lgan hajmiy kengayish termik koeffitsiyenti hisoblanadi. Absolyut shkalalar, bularda:  ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi;  qatorlar munosabati (masalan, “kattakichik”) qoʻllaniladi;  proporsionallik munosabati qoʻllaniladi;  bir qiymatli, tabiiy nol kriteriyasi mavjud;  oʻlchash birligi tushunchasi mavjud. Misol: 1. Kuchaytirish va kuchsizlantirish koeffisiyentlari. 2. Tebranma tizimning aslligi (dobrotnost). 3. Foydali ish koeffisiyenti, aks ettirish koeffisiyenti, amplituda modulyasiya koeffisiyenti va boshqalar.
Absolyut nol temperaturada (Tda) gaz hajmi V= 0 deb faraz qilinsa,0=V0(1+To) bo'lib, absolyut temperaturaning qiymati To = -273,16 bo'ladi.Termometr-qurilishda va sanoatda —60° dan Q550° gacha haroratni oʻlchashda koʻpincha manometrik termometrdan foydalaniladi. Bu termometr gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuqlik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. Temperatura oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining tempratruga bogʻliqligiga asoslangan qarshilik termometrlari va termoelektr yurituvchi kuchning tempratruga bogʻlikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllaniladi. Bunday termometrlar yordamida —200° dan Q500° gacha haroratni oʻlchash mumkin





O’lchash diapazoni: 0 ° C dan + 100 ° C gacha;
Bo'linish qiymati: 1 ° C;
Uzunligi: 185±10 mm;
Diametri: ellips 11 x 7,7 mm.

O’lchash xatoligi +/- 0.5 daraja








1.1.1-rasm Termometr
O‘lchash tizimi - bu boshqariladigan muhitga xos bo‘lgan bir yoki bir nechta fizik kattaliklami o'lchash uchun mo'ljallangan hamda shu muhitning turli nuqtalarida joylashgan va funksional jihatdan birlashtirilgan o'lchovlar, o'lchash asboblari, 0‘lchash vositasi, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar jamlanmasidir.Xalqaro birliklar sistemasida temperaturaning o'lchov birligi sifatida kelvin (K), ya'ni suvning muz, suv, bug' holatida bo'ladigan nuqtasi deb ataladigan termodinamik temperaturasi qabul qilingan. Shu bilan bir qatorda Xalqaro Birliklar Sistemasidada temperaturaning Xalqaro amaliy temperatura shkalasi - Selsiy shkalasida (°C) o'lchashni ham tavsiya qilinadi. Bu shkala jismlarning o'zgarmas holatlaridan oltitasining mavjudligiga asoslangan:



Yüklə 219,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin