UVS-400 ShiK TIPIDAGI IKKI KAMERALI SUBLIMATSION QURILMALAR Bu qurilma ichida issiqlik tashuvchi sifatida suvning aylanish imkoniyatini beradigan, mahsulot 6 uchun taglik vazifasini bajaruvchi issiqlik uzatuvchi plitalar 5 joylashgan, germetik berkitadigan silindrik ko‘rinishda tayyorlangan qopqoqlar 3,4, bir xildagi tunnelli, germetik qilingan qurituvchi kameralardan 1,2 iborat.
Qurituvchi kameralar 1,2 materiallarni quritish jarayonida ajraladigan, suv bug‘larini qurituvchi va kondensatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, vakuum zadvijkali patrubkalar 9,10 va quritkichlar 7,8 ketma-ketligi bilan mos ravishda biriktirilgan.
Quritkichlar 7,8 sovituvchi mashina bug‘latkich batareyalariga ichiga o‘rnatilgan, sharnirlarga ikki tomonlama qopqoqlar bilan yopilgan silindrlar ko‘rinishida tayyorlangan (rasmda ko‘rsatilmagan).
Qurituvchi kameralar 1,2 va quritkichlar 7,8 ketma-ketlikda quvurlar bilan isitish 11 va sovutish 12 tizimi biriktirilgan.
UVS-400 ShiK tipidagi qurilma quritish kamerasida ishchi bosimni ushlab turish va hosil qilish uchun mo‘ljallangan kondensatsiyalanuvchi gazlarni so‘rish tizimidan iborat. Qurilma 3 ta: vakuum agregatlarining elektromagnit klapanlari 17 va vakuum zadvijkalari 16, ketma-ket biriktirilgan quvurlardan 15 iborat.
1.116-rasm. UVS-400 ShiK tipidagi ikki kamerali sublimatsion qurilmaning sxemasi.
1,2 - quritish kamerasi; 3,4 – quritish kamerasining qopqog‘i; 5,6 – mahsulot uchun tagliklar (issiqlik uzatuvchi plitalar); 7,8 - quritkich; 9,10 – vakuum zadvijkali biriktiruvchi patrubka; 11,12 - mahsulot uchun tagliklarni isitish va sovutish tizimi; 13,14 – issiqlik tashuvchining sirkulyasion nasosi; 15,16,17 – haydash bloki; 18 – nazorat va boshqarish pulti.
UVS-400 ShiK tipidagi qurilmaning asosiy miyasi nazorat va boshqarish pulti hisoblanib, ular parametrlarni nazorat qilish va qayd etish imkoniyatiga ega original asboblar bilan jihozlangan.
Yaponiyada ko‘p bosqichli mavhum qaynash qatlamli quritkich ishlab chiqilgan. Bu quritkich material qismlariga (bo‘lakchalariga) bir tekisda ishlov berishni taʼminlaydi (1.116- rasm).
Quritkich konstruksiyasining xususiyati shundaki, quritilayotgan materialni bir bosqichdan, ikkinchi bosqichga tashishda reshetka yuzasining qismi orqali amalga oshiriladi. Reshyotka teshiklarining diametri maksimal bo‘lakcha o‘lchamlaridan bir necha marta katta. Har bir reshyotkaga perpendikulyar tomonga 4 ta vertikal radial ajratkichlar o‘rnatilgan. Korpusning vertikal o‘qida val aylanadi. Valga quritkichning har bir bosqichiga sektor ko‘rinishidagi gorizontal ajratkichlar mahkamlangan.
Bunday quritkichlarda mahsulot bilan qurituvchi agent o‘rtasidagi ko‘p marotabali kontakt hisobiga quritish potensialidan maksimal foydalanishga erishiladi.