Quritkichlarning nazariy hisobi. 1.118-rasmda quritish qurilmasining sxemasi ko‘rsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitkich (kalorifer) va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, 0, x0bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1haroratgacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlashi o‘zgarmayd (x0 = x1), nisbiy namligi kamayadi (1), entalpiyasi ortadi (I1). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi. Quritish kamerasida havoga qo‘shimcha issiqlik berilmaydi va havo o‘zidagi issiqlikni yo‘qotmaydi deb qabul qilamiz. Bu jarayon nazariy quritish deb ataladi. Havo orqali materialga berilgan issiqlik miqdiri namlikning materialdan bug‘lanishi uchun sarflanadi va hosil bo‘lgan suv bug‘i orqali materialdan qaytadi deb qabul qilinadi.
1.118-rasm. Quritish qurilmasi.
Nazariy quritishda havoning entalpiyasi o‘zgarmay qoladi (I= sonst). Quritkichdan chiqayotgan havoning parametrlari I2, t2, 2, x2 biroq I2 = I1; x2>x1;t21; 2 = 1. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, nam materialning massasi G1(kg/soat), uning namligi W1(%), qurigan materialning massasi G2 (kg/soat) va uning namligi W2 (%).
1.119-rasmda quritish jarayoni I -x diagrammasida tasvirlangan. Isitkichdagi havoning t0 haroratdan t1 haroratgacha qizdirish jarayoni AV chiziq bilan ifodalangan. VS chiziq esa quritish kamerasida sodir bo‘ladigan jarayonni ko‘rsatadi. Quritish kamerasidan chiqayotgan havoning holati S nuqta bilan belgilanadi.
1.119-rasm. Quritish jarayonining I -x diagrammada ifodalanishi.
Diagramma yordamida (119-rasm) 1 кг namlikni bug‘latish uchun zarur bo‘lgan havo sarfi l (kg) va issiqlik sarfi q(kJ) ni aniqlash mumkin:
; .