Qushlarni halqalash. Qushlarning qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va qanclia yil umr ko'rishini aniqlash maqsadida ular halqalanadi. Buning uchun tabiiy yashash joyidan tutib olingan qushning oyog'iga raqamlar va halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Maxsus daftarga halqalangan qushning turi, uning tartib raqami, qush tutib olingan joyning nomi va vaqti yozib qo'yiladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Xatda qushni qachon va qaerdan tutilganligi to'g'risida ham xabar qilinadi.
Halqalash tufayli O'rta Osiyo hududida yashaydigan laylaklarni Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarini Janubi-Sharqiy tropik Afrikada qishlashi, bulbullarni tropik Afrikaga, qaldirg'ochlarni Afrika va Hindistonga uchib ketishi aniqlangan.
QUSHLARNING XILMA-XTLLIGI: VOHA QUSHLARI O'rta Osiyo vohalari inson mehnati tufayli bunyod etilgan juda katta maydonni egallaydi. Shahar va qishloqlarimizdagi bog' va xiyobonlar, dalalar va o'tloqlarda ko'pchilikka ma'lum bo'lgan xilma-xil qushlar uchraydi. Ular orasida chumchuqsimonlar ko'pchilikni tashkil etadi.
Chumchuqsimonlar turkumi. Chumchuqsimonlar mayda va o'rtacha kattalikdagi qushlardir. Tashqi ko'rinishi, yashash sharoiti va oziqlaiiishiga ko'ra xilma-xil bo'ladi. Ularning erkagi yirikligi, rangdorligi, ovozi va boshidagi tojga o'xshash patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar qushlarning eng xilma-xil turkumi bo'lib, barcha qushlar tunning deyarli yarmini o'z ichiga oladi (103-rasm).