Qushlar sinfi


KO'PAYISHI VA RIVOJLANISHI



Yüklə 314,43 Kb.
səhifə7/11
tarix07.11.2022
ölçüsü314,43 Kb.
#67834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QUSHLAR SINFI

KO'PAYISHI VA RIVOJLANISHI
Ko'payish davri. Qishki sovuq kunlar o'tib havo isiy boshlashi bilan qushlar ko'payishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o'rtalarida ko'payishga kirishadi. Qushlarning ko'payish davri tuxumdan chiqadigan jo'jalar uchun oziqning mo'1-ko'l bo'lishiga bog'liq. Masalan, go 'ngqarg'alar jo'jalarini boqish uchun zarur bo'lgan chuvalchanglar va hasharotlarning qurtlarini tuproqdan o'simliklar baland bo'lib o'sib chiqqunga qadar oson topganida erta bahorda ko'payishga kirishadi. Havoda uchadigan hasharotlar bilan jo'jalarini boqadigan qaldirg'ochlar esa keyinroq, havoda hasharotlar paydo bo'lgandan so'ng in qurishga kirishadi.
Juft hosil qilishi. Ko'pchilik qushlarning erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan ko'pchilik chumchuqsimonlar va tnusichalarningjufti faqat bir mavsum davomida saqlanadi. Yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) ning jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkagi va bir necha urg'ochilaridan iborat gala hosil qiladi yoki faqat vaqtinchalik juft hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) doimiy juft hosil qilmaydi. Qushlarning jufti tasodifan hosil bo'lmaydi, balki saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tu$hayotgandek harakatlar qilib, urg'ochisini taklif qiladi. Karqurlarva qurlaming Xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bahs qilish uchun to'planishadi. Ular faqat ko'payish davri uchun xos bo'lgan ovoz chiqaradi, qanotlari va dumini yoyib o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o'rtasida qisqa muddatli jang ham bo'lib o'tadi. Ular bu harakatlarning hammasi urg'ochisini jalb qilishga qaratilgan bo'ladi.
Uya qurishi. Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar va daraxtlarda uya quradigan qushlar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi (98-rasm). Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlari daraxtlarning kovagiga uya quradi, O'rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg'ochlari uylarning bo'g'otlari ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong'och qoyaga tuxum qo'yib, uni bosib yotadi.

Yüklə 314,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin