Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Ularning eng qadimgi ajdodi — arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (101-rasm). Jag'lari, tishlariva20 taumurtqadan iborat uzun dumining bo'lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga o'xshasa, tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o'xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaratilgan bo'lishi uning daraxtda yashaganligini ko'rsatadi.
100-rasm. Arxeopteriksning 101-rasm. Qadimgi qush— toshga aylangan skeleti arxeopteriks. qoldiqlari. Qushlarning tuzilishida ham sudralib yuruvchilarga o'xshash birqancha belgilar mavjud. Xususan, qushlar iligi va barmoqlarida tangachalar saqlanib qolgan; terisi quruq, ter bezlari rivojlanmagan, sudralib yuruvchilar singari yirik tuxum qo'yib ko'payadi.
MAVSUMIY HODISALARGA MOSLANISHI O'lkamizda uchraydigan qushlarning yashash joyini yil fasllariga qarab o'zgartirib turishi yoki o'zgartirmasligiga binoan o'troq, ko'chib yuruvchi (ko'chmanchi), uchib o'tuvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo'lish mumkin.
O'troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna kabi qushlar o'troq qushlar deyiladi. Chumchuqlar va musichalar qishda ko'pincha xonaki parrandalar bilan birga donlaydi. Ayrim qushlar yozda bir oz oziq g'amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug' va hasharotlarni daraxt po'stlog'i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo'yacU- Oziq taqchil bo'ladigan yoki erta bahorda ana shu zaxira oziqni topib yeydi.