Qushlar sinfi


-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi



Yüklə 314,43 Kb.
səhifə2/11
tarix07.11.2022
ölçüsü314,43 Kb.
#67834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QUSHLAR SINFI

91-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi:
1 — bosh, — bo'yin, 3 — qanot, — dum, 5 — ustki tumshuq6 — ostki tumshuq,
7 — til, 8 — burun teshigi, — quloq teshigi, 10 barmoqlar11 — ilik.



92-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi:
1 -~ yelka suyagi, 2 — bilak suyagi, — panja suyaklari, 4 — muskullar, 5 — birinchi tartib qoqisb patlari6 — ikkinchi tartib qoqish patlari.
bo'ladi. Pat o'zagidan chiqadigan 1-tartib o'siqchalar o'zaro parallel joylashgan. Har bir o'siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o'siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o'siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo'shilib ketgan (93-rasm). Ana shunday tuzilgan pat yengil, egiluvchan va deyarli havo o'tkazmaydigan bo'ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi yirik qoplovchi patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushadi va qushning havoda uchishini yengillashtiradigan suyri shaklidagi ko'tarish yuzasini hosil qiladi.

A. B. C.

93-rasm. Qush patining tuziiishi:
kontur pat— kontur qopiag'ich pat, D — par; 1 — qalam uchi, 2 — birinchi va ikkinchi tartibo'siqchalar, 3 — o'zak.

Qoplovchi patterning ostida momiq parlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig'ichi yumshoq va g'ovak bo'ladi; 2-tartib o'siqchalar bo'lmaydi. Bundan tashqari, ayrim qushlarda parlar ham bo'ladi. Parlarning o'zagi juda kalta, o'siqchalari uning uchida mo'yqalam singari tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar vaqt-vaqti bilan tullab turadi; eski patlari to'kilib, ularning o'rniga yangilari hosil bo'ladi.


Qushlarning terisida bezlar rivojlanmagan, faqat dumi asosida quymich bezi bo'ladi. Ular tumshug'i bilan bu bezdan yog'simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog' patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning yog'langan patlari suv yuqtirmaydigan bo'ladi.
Qushlarning oyog'idagi mayda tangachalar shaklidagi muguz terisi sudralib yuruvchilar terisidagi muguz tangachalarga o'xshaydi. Ularning pat qoplami, tumshuq va oyoqlaridagi muguz qoplamlar, shuningdek, tirnoqlar ham terining ustki qatlamidan hosil bo'lgan.

Yüklə 314,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin