Qushlar sinfi



Yüklə 314,43 Kb.
səhifə8/11
tarix07.11.2022
ölçüsü314,43 Kb.
#67834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QUSHLAR SINFI

Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo'ladi (99-rasm). Tuxumning pishiq qobig'i (po'chog'i) tuxumni bosib yotadigan qushning og'irligiga chidash beradi. Ochiq joyda uya quradigan qushlarning tuxumi ko'pincha himoya rangli xoldor bo'ladi. Tuxum markazida sariq rangli suyuqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o'rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po'chog'iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlarini bir me'yorda isishi uchun ularni oyog'i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya'ni qush tanasi yaqinida turadi.
Tabiatda ko'pchilik qushlar bir nechta, ayrimlari 10—20 tagacha tuxum qo'yadi.
Jo'ja ochadigan va jish jo'ja ochadigan qushlar. Qirg'ovul, bedana, o'rdak, g'oz va xonaki parrandalar ochgan jo'jalarining tanasi par bilan qoplangani va ko'zi ochiq bo'lganidan tuxumdan chiqqandan so'ng ko'p o'tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular jo'ja ochadigan qushlar deyiladi. Jo'jalari onasi-ning qanoti ostiga tez-tez kirib, isinib turishadi.
Kaptar, qaldirg'och, chumchuq, qarg'a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jasi zaif bo'lib, ko'zlari yumuq, quloq teshiklari yopiq, yalong'och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan, oyog'ida turolmaydi. Ularni ota-ona qushlar uzoq vaqt davomida boqadi. Bunday qushlar uya quradigan yoki jish jo'ja ochadigan qushlar deyiladi.
Nasliga g'amxo'rlik qilish. Qushlarning nasliga g'amxo'rlik qilishi har xil shaklda namoyon bo'ladi. Tuxum bosish, jo'jalarni boqish va isitish bilan birga uya quradigan qushlar uya ifloslanmasligi uchun undan jo'jalari axlatini chiqarib tashlaydi. Biron xavf tug'ilganida dushmanigtashlanib, jo'jalarini himoyaqiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, ehug'ur-chuqlar dushmanini sezganida ovozini boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo'ja ochadigan qushlarning urg'ochisi xavf tug'ilganida o'ziga xos tovush bilan jo'jalarini ogohlantiradi, jo'jalari darhol har tomonga tarqalib bckinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo 'rg'a tuvaloqning urg'ochisi yirtqich hayvonning e'tiborini o'ziga tortish va jo'jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatda qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Bunday nayrangga uchgan yirtqich «oson» o'ljaga tashlanadi. Ona qush esa unga chap berib yuguradi. Qush dushmanni uzoqqa aldab olib borgach, jo'jalari yashiringan joyga qaytib kelib, ularni chaqirib oladi. Qushlar oziq bo'ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib jo'jalarini chaqirib oladi.

Yüklə 314,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin