o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari
hamda kasb-hunarga
moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish;
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini
psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni
aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday
salbiy og‘ishlarning
oldini olish;
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi
holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni
tashkil
etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-
quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo
munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash,
ularning psixologik
madaniyatini yuksaltirish;
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik,
fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari
va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining
salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib
kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik
bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat
tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: