Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik
xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida
(keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) psixologik
xizmat faoliyatini
tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Psixologik xizmatning faoliyati:
xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda
Respublika tashxis
markazi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari deb ataladi)
hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda xalq ta’limi
bo‘limlari deb ataladi)
tomonidan;
akademik litseylarda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli oliy ta’lim muassasasi
(keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan;
kasb-hunar ta’limi muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va
muvofiqlashtirish hududiy
boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3. Psixologik xizmat o‘z faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagog va
tibbiyot xodimlari, o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
(keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish
organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: