Quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish


-bob. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 201,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.05.2023
ölçüsü201,68 Kb.
#116716
1   2   3   4   5   6   7
Maktabda psixologik xizmat togrisida nizom

3-bob. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
6. Quyidagilar psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
hisoblanadi: 
psixologik ma’rifat va tashviqot
psixologik-pedagogik tashxis; 
psixologik profilaktika; 
psixologik korreksiya; 
psixologik maslahat; 
kasb-hunarga yo‘naltirish. 
7. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni nazarda 
tutadi: 
a) psixologik ma’rifat va tashviqot yo‘nalishida: 
pedagogik jamoa, sinf rahbarlari va ota-onalarning psixologik savodxonligi 
va kompetentligini oshirishda dastlabki psixologik-pedagogik bilim va 


tushunchalar, har bir o‘quvchiga individual yondashuv orqali oilaviy munosabatlar, 
shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush bo‘yicha tavsiyalar berish; 
o‘quvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy 
shakldagi suhbatlar, maslahatlar, seminar-treninglar tashkil etish, turli xil 
yig‘ilishlarda ma’ruzalar bilan chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari 
orqali psixologik bilimlarni berib borish; 
b) psixologik-pedagogik tashxis yo‘nalishida: 
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, ularning har bir holat, 
voqea va hodisaga munosabatini psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi 
metodikalar asosida o‘rganish, tahlil etish va zarur ko‘rsatmalar berish; 
o‘quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, iste’dodi va iqtidoridagi asosiy 
yo‘nalishlarni aniqlash
ta’lim muassasasiga qabul qilingan o‘quvchilarning psixologik moslashuvi 
va rivojlanish dinamikasini, o‘quvchilarning o‘qishga tayyorgarlik holatlari, 
o‘zlashtirishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, o‘rganish, 
tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish
ta’lim muassasasining keyingi bosqichlariga o‘tgan o‘quvchilarning yangi 
ijtimoiy muhitga moslashuvi, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallash dinamikasi, shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar shakllanishini kuzatib 
borish, tahlil etish, korreksion mashg‘ulotlarni tashkil etish; 
psixologik-pedagogik 
tashxislar, 
so‘rovnomalar, 
suhbatlar 
orqali 
o‘quvchilarning kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlari va fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan 
moyilliklarini aniqlash, ularning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga 
ko‘maklashish, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun 
o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish; 
ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud hamda fanlarni o‘zlashtirishi past 
bo‘lgan o‘quvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxislar, so‘rovnomalar, suhbatlar 
o‘tkazish orqali muammo turini aniqlash, guruhlash va ular bilan korreksion ishlarni 
olib borish; 
v) psixologik profilaktika yo‘nalishida: 
o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish 
bo‘yicha pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish; 
o‘quvchilarning tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarida 
psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish; 
o‘quvchilar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish 
bo‘yicha olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etish; 
o‘quvchilar xulq-atvoridagi salbiy holatlarning oldini olish, ruhiy zarba, 
nizo, salbiy emotsional kechinmalar holatlari yuzaga kelishining oldini olish; 


salomatligi jihatidan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni psixologik 
qo‘llab-quvvatlash; 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, sog‘liqni saqlash, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ota-onalar bilan 
uchrashuvlar, suhbatlar, seminar-treninglar, munozaralar va ochiq muloqotlar 
tashkil etish, taqdimotlar va videofilmlar namoyishlarini o‘tkazish; 
g) psixologik korreksiya yo‘nalishida: 
ta’lim olish va kasb-hunar tanlashda qiynalayotgan o‘quvchilar, shaxsning 
motivatsion doirasi bilan bog‘liq muammolarni hal etish borasida individual va 
jamoaviy korreksiya ishlarini olib borish; 
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning psixologik 
reabilitatsiyasini ta’minlash; 
mutaxassis sifatida o‘quvchining psixologik holatiga oid ma’lumotlarga 
munosabat bildirish, tarbiyasida salbiy holatlar mavjud bo‘lgan o‘quvchilar bilan 
korreksion ishlarni amalga oshirish; 
ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini 
rivojlantirish, ularning intellektual passivligini korreksiyalash; 
individual yoki jamoaviy tartibda ota-onalar va pedagog xodimlarni jalb 
etgan holda o‘yin, muloqot, suhbat, trening, mashq va mashg‘ulotlar shaklida 
tadbirlar tashkil etish; 
d) psixologik maslahat yo‘nalishida: 
o‘quvchilarning individual rivojlanishidagi muammolarni hal etish bo‘yicha 
barcha ta’lim jarayoni qatnashchilariga maslahatlar berish; 
o‘quvchilarga ta’lim olish, kelajagini aniqlash, tengdoshlari va yoshi kattalar 
bilan munosabatlaridagi muammoli holatlar yuzasidan maslahatlar berish
o‘quvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, 
shaxslararo munosabat maqomi, ularning yosh, jins, individual-tipologik 
xususiyatlari muammosi bo‘yicha amaliy maslahatlar tashkil etish; 
e) kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘nalishida: 
o‘quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan 
kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda kasbning 
insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qo‘yadigan 
talablari haqida ma’lumotlar berish; 
o‘quvchilarning bilish (o‘quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, 
mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini 
aniqlash hamda baholash; 


o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablarini, 
ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
kasb va ta’lim muassasasini tanlashga ko‘maklashish; 
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik
ishchanlik va mas’uliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish. 

Yüklə 201,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin