davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarga, huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan
iltimosnomalar berish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Psixolog kadrlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham
ega bo‘lishi mumkin.
(19-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Psixolog kadrlar:
ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va o‘quvchilarni
psixologik ta’sirlardan himoya qilishga;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalari va mahoratini doimiy ravishda
takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishga;
psixologik-pedagogik tashxis natijalarini to‘g‘ri
rasmiylashtirish, tashxis
natijalari bo‘yicha asoslangan tavsiyalar berishga;
faoliyatini ish rejasi asosida tashkil etishga, amalga oshirishga, ish rejasining
ijrosi bo‘yicha hisobotlar tayyorlashga;
psixologik ma’rifat, tashxis, psixologik profilaktika,
korreksion-
rivojlantiruvchi, maslahat tadbirlarini sifatli tashkil etish va muddatlariga rioya
qilishga;
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari hamda tashxis
natijalariga oid ma’lumotlarini oshkor etmaslikka majbur.
Oldingi
tahrirga qarang.
Psixolog kadrlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni
ham olishi mumkin.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Dostları ilə paylaş: