Quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish



Yüklə 201,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.05.2023
ölçüsü201,68 Kb.
#116716
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabda psixologik xizmat togrisida nizom



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
O‘QUVCHILARNI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO‘LLAB-
QUVVATLASH ISHLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH 
TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va 
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-
avgustdagi PQ-3907-son
 qarori 
ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy o‘rta va 
o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni psixologik-pedagogik 
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari 
(keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘quvchilarini psixologik-
pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida ta’lim 
muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 
ma’qullansin. 
2. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin: 
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil 
etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari 
samaradorligini oshirish; 
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga 
moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish; 
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini 
psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni 
aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday 
salbiy og‘ishlarning oldini olish
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi 
holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni 
tashkil etish va amalga oshirish; 
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-
quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo 
munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik 
madaniyatini yuksaltirish; 
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, 
fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari 
va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; 


axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining 
salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib 
kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish; 
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik 
bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat 
tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash. 
3. Quyidagilar: 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik 
xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga 
muvofiq; 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik 
xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi ikki oy muddatda: 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ta’lim 
muassasalari psixolog kadrlarining lavozim majburiyatlari hamda ularga 
qo‘yiladigan malaka talablarini qayta ko‘rib chiqsin; 
ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat xonalarini jihozlash me’yorlarini 
ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini ta’minlash 
bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
budjeti parametrlarida “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratilishini 
ta’minlasin. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 
o‘zlari 
qabul 
qilgan 
normativ-huquqiy 
hujjatlarni 
ushbu 
qarorga 
muvofiqlashtirsinlar. 
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq 
ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 201,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin