Qxmt” kafedrasi “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” fanidan Karimova Komilaxonning tayyorlagan kurs ishi


I bob Meva sabzavotlarning xalq xo’jaligidagi o’rni



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/8
tarix15.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#130560
1   2   3   4   5   6   7   8
Olcha

I bob Meva sabzavotlarning xalq xo’jaligidagi o’rni
1. Olchani navlari
Olcha raʼnodoshlar oilasiga mansub barg to‘kuvchi daraxtlar turkumi, mevali daraxt. 150 ga yaqin turi bor. Asosan, Osiyoda, shu jumladan, O‘rta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi o‘sadi.
Madaniy turlaridan oddiy olcha ko‘p tarqalgan. Olcha egallagan maydoni jihatidan olmadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi va mo‘l hosil beradi. 30-100 yilgacha yashaydi, 20 yilgacha yaxshi hosil beradi.
Olcha danagidan, ildiz bachkisidan hamda payvandlab ko‘paytiriladi. Ekilgandan so‘ng, 3-4 yilda hosil beradi. 6-7 yildan boshlab to‘liq hosil beradi.
O‘zbekistonda, ayniqsa, Samarqand viloyatida yetishtiriladigan olcha asosan qoqi qilinadi. Olchaning ko‘pgina navlari soyaga chidamli. Tomorqa maydonlarida ular qalin o‘sib yaxshi hosil beradi lekin, yorug‘lik yetarli bo‘lganda, yana-da mo‘l hosil berishi mumkin.
O‘zbekistonda olchaning 6 turi ekiladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan olcha mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Daraxtining bo‘yi o‘rtacha bo‘lib, shox-shabbasi yassi-sharsimon, ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi. Nav o‘z-o‘zidan changlanmaydi, olchaning Lyubskaya 15 navi eng yaxshi changlanuvchi navlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Mevasi o‘rtacha kattalikda, o‘rtacha vazni – 4,1 g. Iyulning ikkinchi o‘n kunligida yetiladi.
Hosildorligi – 97,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 217,6 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Ispaniya.
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.
Yer yuzida olchaning 150 ga yaqin turi mavjud boʻlib, Oʻzbekistonda kamxastak, qizil mevali yoki chiya hamda adir va togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi turlari uchraydi. Olcha mevasi yalligʻlanishga qarshi, balgʻam koʻchiruvchi, terini tozalovchi, qonni koʻpaytiruvchi xususiyatlarga ega.Shuningdek, yurak urishini maromiga keltirishda, immunitetni koʻtarishda samarali hisoblanadi. Tarkibida yalligʻlanishga qarshi moddalar borligi sabab, olcha mevasi sharbati hamda bandi va shoxchasidan tayyorlangan damlama artrit, revmatizm, artroz kasalliklari bezovta qilganida boʻgʻimdagi ogʻriqni toʻxtatishda, shishlarni yoʻqotishda yordam beradi. Agar uzoq vaqtdan buyon bel ogʻrigʻi qiynayotgan boʻlsa, olcha daraxtining poʻstloq qismini qaynatib, ichish tavsiya etiladi.
Olcha melotoninga tabiiy kondir.Uyqusizlikdan aziyat chekuvchi insonlar yotish oldidan olcha mevasi yoki sharbatini isteʼmol qilsa, ularda uyqu davomiyligining oshishi tadqiqotlarda isbotlangan.Olcha shoxchasidan tayyorlangan damlama ichketar, qorin ogʻrigʻida shifo boʻladi. Ozish istagida boʻlganlar esa ushbu mevadan kuniga 3 mahal, 10 donadan ovqatdan oldin yesa, oy davomida 5-8 kilo vazn tashlaydi. Olcha qonni suyultirib, tozalaydi, siydik yoʻllarini yalligʻlanishdan xalos qiladi, gemoglobinni koʻpaytiradi va yurak xastaliklarining oldini oladi.
Qish gʻamini yozda oʻylaydigan bekalar ayni kunlarda olchadan shirindan shakar murabbo, sharbatlar tayyorlash harakatida.Shuni yodda tutish kerakki, murabboga olchani danagidan ajratgan holda solish tavsiya etilar ekan. Boisi, danagi va olcha urugʻi tarkibidagi amigdalin moddasi uzoq saqlansa, organizmni zaharlashi mumkin. Oshqozon yarasi, qandli diabet, pankreatit, oʻpka yalligʻlanishi, teri kasalliklari, psoriazda bu mevani imkon qadar kamroq yeyishni tavsiya etiladi. Yaʼni, har narsada meʼyorga amal qilgan yaxshi.
Shevalarda biri oʻrnida boshqasi qoʻllanadigan va shu sababli bahslarga sabab boʻladigan soʻzlardan biri olcha va gilosdir. Bir joyda olcha oʻrnida gilos, boshqa joyda gilos oʻrnida olcha ishlatiladi. Yana bir hududda esa ikki soʻz oʻrnida umuman boʻlak soʻz qoʻllanishi mumkin.
Olcha va gilos bir oilaga mansub, yaqin qarindosh mevalar. Adabiy tilda ular quyidagicha farqlanadi:
Olcha mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, rangi och qizildan toʻq qizilgacha boʻladigan meva. Uni inglizlar sour cherry, ruslar vishnya deb ataydi.
Gilos shakli dumaloq, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis meva. U eng ertapishar danakli meva. May oyidayoq pishadigan gilos navlari bor. Uni inglizlar sweet cherry, ruslar chereshnya deb ataydi.
Olcha soʻzi olivoli shaklida ham ishlatiladi. “Boburnoma”da olu-bolu deyilgan.
Gilos soʻzi oʻrnida esa toshkent gilos, qoʻqon gilos soʻzlari ham ishlatiladi.
Togʻolcha degan meva turi ham bor. Uni baʼzi hududlarda olcha deb ham atashadi. Togʻolcha ruschada aliʼcha, inglizchada cherry plum deyiladi. Shakli dumaloq, choʻzinchoq, rangi esa sariq, qizil, binafsharang yoki qora boʻladi.




  1. Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin