R ah im ov a sh od iy a shu xr at q I zi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.07.2020
ölçüsü0,56 Mb.
#32331
1   2   3   4   5   6
ingliz va ozbek till arid a bahuvrining qollanilishi


bedanaxo‘rlar 

– 

bedanadan, 

qirg‘ovulxo‘rlar- 

qirg‘ovuldan 

tanovul 

qilinglar.( Sh. Sa’dulla .) 

 

 

 



 

12 


Keyingisi  esa  –parast    (  tojikcha  parastidan    itoat  qilmoq,  ta’zim  qilmoq 

fe’lidan)  affiksidir.  U  oraqli  bir    asosdan  anglashilgan  hodisaga  e’tiqod  qiluvchi, 

shunga  berilgan  shaxs  oti  yasaydi:  but  +  parast,  shaxsiyat  +  parast,  maishat  + 

parast kabi. 

Navbatdagi  izohtalab  bo‘lgan  affiks  esa  ham  qo‘shimcha  ham  so‘z  sifatida 

qo‘llanilmoqda.  U  –  furush    (  tojikcha  furo‘xtan-  “sotmoq”    fe’lidan)  affiksi 

bo‘lib,  asos  anglatgan  narsa  predmetni  sotish  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxs  oti 

yasaydi:  chit  +  furush,  meva  +  furush,  paxta  +  furush,  choy+  furush  kabi.  Lekin 

ba’zi o‘rinlarda biz “furush” affiksini yakka o‘zini so‘z sifatida qo‘llaymiz. Asosan 

og‘zaki nutqimizda ko‘p uchrashi  mumkin bo‘lgan  misol  hisoblanadi.Kuni  kecha 

dehqon bozorida bir gala furushlar yo‘limni to‘sib, olma solingan idishni ham 

qo‘limdan  yulib  olishdi.Bu  misolda  furushlar   “sotuvchilar”  ma’nosini  beradi  va 

shaxsni anglatadi. 

Va  izohtalablarning  hozircha  oxirgisi  hisoblangan  “ham-”  affiksoid(  ya’ni 

tilda  ham  qo‘shimcha  ham  so‘z  ma’nosida  qo‘llaniladi)  asosdan  anglashilgan  ish, 

narsaga  birga  aloqador  ma’nosidagi  shaxs  oti  yasaydi:  hamshahar,  hamsuhbat, 

hamkurs, hamkasb.(12;85) 

Mazkur  faslni  yakunlashdan  oldin  o‘zbek  tilida  so‘z  yasalishi  borasida 

internet ma’lumotlarini keltirishni ma’qul topdik. 

O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi (shuningdek nutqimizda qo‘llanadigan) so‘zlar 

dastlab  tub  va  yasama  so‘zlarga  bo‘linadi.Masalan:  paxta-tub  so‘z,  paxtakor  esa 

yasama  so‘z;  bug‘doy,  rang  so‘zlari  alohida-alohida  olinganda  tub  so‘zlar,  ammo 

bug‘doy  rang  (rangning  bir  turi)-yasama  so‘z;  tog‘-tub  so‘z,  ammo  tog‘ma-

tog‘  yasama  so‘z;  besh,  o‘n  tub  so‘zlar,  o‘n  besh  yasama  so‘z;  qo‘l,  so‘zlari 

alohida-alohida  tub  so‘zlar  sanalsa,  qo‘l  qo‘ydi  yaxlit  holda  yasama  so‘z 

hisoblanadi. So‘z yasovchi affiksi bo‘lmagan so‘zlar tub so‘z deyiladi. 

Ma'lum  bir  so‘z  negizida  ma'no  jihatidan  (ba'zan  ham  ma'no,  ham 

grammatik jihatdan) undan farqlaydigan yangi so‘z (yangi leksik birlik) hosil qilish 

so‘z yasash deyiladi, qiyoslang: ish- ishchan, jon-jonlandi, oq-oqla, g‘alla-g‘allazor. 


 

 

 



 

13 


Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning asosan ikki usuli ajratiladi: 

1) affiksatsiya (yoki morfologik) usuli; 

2) kompozitsiya (yoki sintaktik) usuli; 

O‘zakka  so‘z  yasovchi  qo‘shimcha  qo‘shish  orqali  yangi  leksik  birlik  hosil 

qilish  affiksatsiya  usuli  bilan  so‘z  yasashdir.Masalan:  mevali  daraxt,  serhosil  yer 

kabi  birikmalardagi  mevali,  serhosil  yasama  so‘zlar  bo‘lib,  ular  meva  o‘zagiga-li, 

hosil o‘zagiga ser-affikslarini qo‘shish orqali yasalgan so‘zlardir. 

Ikki  va  undan  ortiq  so‘z  formalarining  (ko‘pincha  mustaqil  so‘zlarning 

qo‘shilib  (yoki  tizilib)  bir  so‘zga  aylanishi  kompozisiya  usuli  bilan  so‘z 

yasashdir.Masalan:  belbog‘,  oshqazon,  mehmondo‘st,  so‘z  boshi,  bir  yuz  o‘n,  ahd 

qilmoq, bir oz va boshqalar. 

Juftlik modeli (qolipi) da qo‘llangan ayrim so‘zlar ham yasama so‘z sanaladi, 

masalan: yildan-yilga, zo‘r-bazo‘r, uyma-uy kabi. 

O‘zbek  tilida  so‘zlar  tuzilish  jihatdan  ham  turlarga  ajratiladi,  chunonchi: 

sodda so‘z, qo‘shma so‘z, juft so‘z (takroriy so‘z), murakkab so‘z. Sodda so‘z bitta 

o‘zak morfemasi bo‘lgan so‘zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi. 

Kungaboqar,  gultojixo‘roz,  Oqqo‘rg‘on,  sohibjamol  kabi  so‘zlar  qo‘shma 

so‘z  deyiladi.  Bu  kabi  so‘zlar  ikki  va  undan  ortiq  so‘z  yoki  so‘z  formalaridan 

tashkil topib, bir urg‘uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi. 

Tarkibi  alohida-alohida  yoziladigan  leksik  va  grammatik  ma'nolari  ayrim 

holda ham, bir butunlik hosil qilgan holda ham izohlanishi mumkin bo‘lgan so‘zlar 

murakkab  so‘z  deyiladi.  Masalan:  to‘q  sariq,  och  jigar  rang,  yigirma  besh  ming, 

borib keldi, sotib yubordi kabi. 

Nutqimizda  qo‘llanadigan  opa-singil,  non-pon,  tog‘-tosh,  onda-sonda,  tez-

tez, xirmon-xirmon, chala-chulpa, o‘n-o‘n besh, suv-puv kabi so‘zlar juft so‘z deb 

yuritiladi. « h va x harfli so‘zlar qo‘shimchalar » 

So‘zlarning tuzilishi jihatdan turlari 

So‘zlar tuzilishi jihatdan besh xil bo‘ladi: 

1. 

Sodda so‘zlar; 



 

 

 



 

14 


2. 

Qo‘shma so‘zlar; 

3. 

Murakkab so‘zlar; 



4. 

Juft so‘zlar; 

5. 

Takroriy so‘zlar. 



Bittagina  o‘zak  morfemasi  bo‘lgan  so‘z  sodda  so‘z  deyiladi.  Masalan:  ish, 

ishga, ishchi, bolalar, o‘qigan, kel kabi. Sodda so‘z tub yoki  yasama bo‘ladi. So‘z 

yasovchi  qo‘shimcha  bo‘lmagan  so‘zlar  tub  so‘z  deyiladi.  Masalan:  paxtalar, 

daraxt, uy, odat, ariq va boshqalar. Negizga yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan 

yasalgan  sodda  so‘zlar  yasama  so‘zlar  deyiladi.  Masalan:  paxtazor,  serdaraxt, 

sinfdosh  kabi.Grammatik  tobe’lik  munosabatlari  asosida  birikkan,  yoki,  bu 

munosabat aniq anglashilmaydigan ikki va undan ortiq so‘z yoki so‘z shakllaridan 

tashkil  topib,  bir  urg‘uga  birlashadigan,  bir  tushunchani  ifodalaydigan  so‘z 

qo‘shma  so‘zdeyiladi.  Masalan:  belbog‘,  yer  yong‘oq,  yertandir,  muzyorar, 

kungaboqar,  ko‘zoynak,  oshqovoq,  so‘z  boshi,  mehmondo‘st,  sohibjamol, 

o‘zbilarmon. 

Leksik  va  grammatik  ma’nolari  ayrim  holda  ham,  butunligicha  ham 

izohlanishi  mumkin  bo‘lgan,  ayrim  mustaqil  tushunchalarga  osonlik  bilan  ajrala 

oluvchi,  bitta  murakkab  tushunchani  ifodalovchi  va  gapda  bitta  gap  bo‘lagini 

vazifasini  bajaradigan  so‘z  shakllari  birikmasi  murakkab  so‘z  deyiladi.  Masalan: 

jigarrang,  to‘q  qizil,  bir  yuz  oltmish  besh,  qo‘l  qo‘y,  borib  kel,  sotib  ol  kabi. 

Murakkab  so‘zlar  hodisalarni  tasvirlash  yo‘li  bilan  anglatadi.  Murakkab  so‘zlar 

qo‘shma so‘zlardan tarkibidagi har bir so‘z shaklining semantik, grammatik, hatto 

fonetik  jihatdan  mustaqillikka  egaligi  bilan  farq  qiladi.  Shuning  uchun,  bu 

shakllarning  ma’nolarini  ayrim  holda  ham  tasavvur  qilish,  ularning  o‘rinlarini 

ba’zan  almashtirish,  oraga  ba’zan  boshqa  so‘z  yoki  qo‘shimcha  kiritish  mumkin. 

Shuningdek,  qismlarning  har  biri  ko‘pincha  mustaqil  urg‘uli  bo‘ladi.  Masalan: 

sotib ol – ol sotib, borib keldi – borib ham keldi, bir yuz sakson – bir yuz-u sakson 

kabi. 


 

 

 



 

15 


Ikki so‘zning grammatik munosabatlar asosida yonma-yon keltirish juft so‘z 

deyiladi.  Masalan:  tog‘-tosh,  ota-ona,  bola-chaqa,  yer-suv  kabi.  Juft  so‘zning  har 

ikki  qismi  ham  yakka  holda  mustaqil  ma’no  bildirishi  mumkin.  Yoki  ikkinchi 

qismi  yakka  qo‘llanmaydigan  so‘z  bo‘lishi  mumkin.  Yoki  har  ikki  qismi  ham 

ma’no  ifodalamasligi  mumkin.  Masalan:  qozon-tovoq,  arpa-bug‘doy,  kiyim-

kechak, yosh-yalang, apil-tapil, shosha-pisha, qand-qurs. 

Bir  so‘zning  takrorlanishidan,  qo‘shaloq  kelishidan  hosil  bo‘ladigan  so‘zlar 

takroriy so‘zlar deyiladi. Masalan: baland-baland, qator-qator, non-pon, choy-poy. 

Takroriy  so‘zlar  ko‘plik,  davomiylik,  takror  kabi  ma’nolarni  bildiradi.  Masalan: 

etak-etak  paxta,  ayta-ayta  charchadim.  Takroriy  so‘zlar  ayni  bir  so‘zning  takror 

holda  qo‘llanishi  natijasida  grammatik  ma’no  ifodalaydi.  Ma’noni  kuchaytirish 

uchun  ketma-ket  keltirilgan  so‘zlar  takroriy  so‘zlar  hisoblanmaydi.  Masalan: 

kiyimini qara, kiyimini! 

So‘z birikmasining so‘z, ibora, sintagma va gapdan farqi. 

So‘z  narsa,  belgi,  shaxs,  ish-harakatni  umuman  ifodalashga  xizmat  qiladi: 

Kitob  deganda  umuman  kitoblarni,  bordideganda  umuman  borilganlikni 

tushunamiz. 

So‘z  birikmasi  ham  narsa,  belgi,  ish-harakatni  ifodalaydi  va  bu  jihatdan 

so‘zga  o‘xshab  ketadi,  ammo  so‘z  birikmasi  narsa,  belgi,  ish-harakatni  boshqa 

narsa,  belgi,  ish-harakatlardan  ajratib,  aniqroq  qilib  ifodalaydi:  o‘quvchi  –  a’lochi 

o‘quvchi, yozish – tez yozish. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi o‘zaro quyidagicha 

farqlanadi: qo‘shma so‘z bir so‘roqqa javob bo‘ladi, so‘z birikmasi tarkibidagi har 

bir  so‘z  alohida-alohida  so‘roqlarga  javob  bo‘ladi,  so‘z  birikmasidagi  har  bir  so‘z 

o‘z urg‘usiga ega bo‘lsa-da, qo‘shma so‘z esa yaxlit bitta urg‘uga ega bo‘ladi: sotib 

olmoq(nima  qilmoq?)  –  qo‘shma  so‘z;  jo‘shib  kuylamoq  (qanday  kuylamoq? 

jo‘shib  nima  qilmoq?).  So‘z  birikmalari  qo‘shma  so‘zlarning  birinchi  bosqichidir: 

ko‘zning  oynasi  –  ko‘zoynak,  sarv  qomatli  –  sarvqomat,  dunyoga  qarash  – 

dunyoqarash va h. 



 

 

 



 

16 


Ibora  (turg‘un  birikma)  ma’no  jihatidan  bir  so‘zga  teng,  ajralmas  holatga 

kelib  qolgan  birlikdir.  Uning  tarkibidagi  so‘zlarni  hokim  yoki  tobe  birliklarga 

ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo‘l (so‘z birikmasi) – oq yo‘l (ibora, ya’ni 

omon-eson borib kelishni tilash). So‘z birikmasi  tarkibidagi so‘zlarni almashtirish 

mumkin,  iboradagi  so‘zlarni  esa  almashtirish  mumkin  emas:  maktabga  bormoq  – 

teatrga  bormoq  (so‘z  birikmalari);  ko‘zi  to‘rt  bo‘lib  kutmoq  (ko‘zi  besh  bo‘lib 

kutmoq  deb  almashtirib  bo‘lmaydi).  Ba’zan  gap  tarkibida  so‘z  birikmasi  va 

iboralar  shakliy  jihatdan  teng  kelib  qolishi  mumkin,  bunda  so‘z  birikmasi  o‘z 

ma’nosida,  ibora esa ko‘chma  ma’noda keladi:  oyoq tiramoq: U devorga oyog‘ini 

tirab  (so‘z  birikmasi)  arqonni  tortdi  –  Mening  gapimga  ko‘nmay,  oyog‘ini  tirab 

(ibora) turib oldi. 

Sintagma  fonetik  hodisa  bo‘lib,  unda  ikki  so‘z  o‘zaro  birikkanda  mazmun 

yetakchi  hisoblanmaydi,  bitta  mustaqil  yoki  bitta  yordamchi  so‘z  ham  sintagmani 

tashkil  etishi  mumkin  yoxud  bir  so‘zning  o‘zi  ham  sintagmani  tashkil  etishi 

mumkin.  So‘z  birikmasi  esa  eng  kamida  ikkita  mustaqil  so‘zdan  iborat  bo‘ladi:  – 

Bu  kitoblar  kim  uchun  olindi?  –  Men  uchun  emas,  ukam  uchun  (ikkinchi  gapda 

ikkita  sintagma  mavjud  bo‘lib,  ular  bitta  mustaqil,  bitta  yordamchi  so‘zlardan 

tashkil topgan: men uchun, ukam uchun). 

Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: 

Ko‘cha katta. So‘z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi. Masalan, katta ko‘cha. 



1.2. Ingliz tilida qo‘shma so‘zlarning o‘rganilishi 

Ingliz  tilida  ham  ikki  yoki  undan  ortiq  so‘z  yoki  komponentlardan  iborat 

bo‘lgan va ,albatta, qo‘shilib yoziladigan  til birliklariga qo‘shma so‘z deb  aytiladi. 

Ingliz 


tilida 

eng 


ko‘p 

ishlatiladigan 

qo‘shma 

so‘z 


turlari 

qo‘shma 


otlar(cheeseburger), 

qo‘shma 


sifatlar(red-hot 

temper), 

va 


qo‘shma 

fe’llar(waterproof  the  deck).  Qo‘shma    so‘zlar      yozilishi    bo‘yicha  qoidalar  aniq 

emas.  Ba’zi  qo‘shma  so‘zlar  qo‘shib    yoziladi.  Masalan,  blackboard,  classmate, 

sunflower  va boshqalar. Yana boshqalari esa chiziqcha    bilan  yoziladi jumladan, 

brother  –in-law,  air-conditioned,  do-it-yourself,  life-threatening  va  boshqalar. 


 

 

 



 

17 


Uchinchi bir turdagi qo‘shma so‘zlar esa ajratib yoziladi( soccer stadium, parking 

lot, hot dog,  air conditioner, handwritten notebook va boshqalar).   (19;48) 

Quyida ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlar qatnashgan misollarni  keltiramiz: 

"As the car pulled into the parking lot, Kenny Dennard whipped a snowball 

right at the windshield." 

On Sunday afternoons in the summer,  my  grandfather and I enjoyed eating 

hot dogs at the ballpark

"While  we  were  waiting  for  our  food,  I  played  with  my  chopsticks.  They 

make  excellent  drumsticks.  I  also  told  Dad  all  about  this  big  baseball  game  we 

were going to play after school the next day." 

"He hid in a cave until the ship had left, only to find that his shipmates had 

taken pity on him, and left him a barrel of biscuits and a fire, which he kept alight 

for months. A year later a ship  southbound stopped by." 

Ko‘rib    turganingizdek  ,  ajratib    yozilgan    so‘zlar  ingliz    tilidagi    qo‘shma  

so‘zlar hisoblanadi. (5) 

Ingliz  tilida  qo‘shma  so‘zlarning  morfologik  xususiyatlari  mavjud.  Odatda 

qo‘shma so‘zda  asosiy   ma’no  anglatuvchi  qism  bo‘lishi  zarur. Bunday asosiy 

ma’no  beruvchi qismni  hokim so‘z deb ham ataymiz  va u ko‘pincha  ingliz tilida 

o‘ng  tomonda,  qo‘shma  so‘zning  ikkinchi  qismida  keladi.  Masalan,  bellBOY

spinDRY,  inTO,va  boshqalar.  (  Ammo  bu  ta’rif  hamma  tillar  uchun  ham  xos 

emas.) 

Agar qo‘shma so‘zlarni yozishda keyingi satrga o‘tib yozishga to‘g‘ri kelsa, 



uning  ma’no  anglatadigan  qisminigina  keyingi  satrga  o‘tkazamiz.  Misol  uchun, 

snow-mobile lekin snowmo-bile emas. 

Qo‘shma  so‘zlarning  yana  shunday  turi  borki  ular  metaforik  xarakterda 

bo‘ladi. 

Misol  uchun,  “couchpotato”  so‘zini  odamga  nisbatan  ‘televizor  ko‘rishga 

mukkasidan  ketgan’  ma’nosida  qo‘llash  mumkin,chunki  kartoshka  poyasi 

qanchalik  uzoq  yerda  ko‘milib  tursa,  shunchalik  chuqur  ildiz  tashlaydi,  demak 



 

 

 



 

18 


televizor  ko‘rishga  mukkasidan  ketgan  odam  kartoshkaga  o‘xshatilayapti.  Bu 

so‘zning  lug‘aviy  ma’nosini  izohli  lug‘atda  ‘sog‘lomlashtiruvchi  mashqlarni 



bajarmay, nuqul vaqtini televizor tomosha qilib o‘tkazadigan odam’ deb berilgan. 

Keyingi  turi  esa  murakkab  qo‘shma  so‘zlardir.  Masalan  ,  law  degree 

“qonun  qarori”  qo‘shma  so‘z  ,  unga  requirement  so‘zini  ham  qo‘shish  orqali 

murakkab  qo‘shma  so‘z  ya’ni  “qonun  qarori  talabi”hosil  bo‘ladi.  Agarda  uni 

yanada  kengaytirmoqchi  bo‘lsak  masalan,  law    degree  requirement  changes 

“qonun  qarori  talablaridagi  o‘zgarishlar”  changes  so‘zini  qo‘shamiz  va  yanada 

uzunroq qo‘shma murakkab so‘z hosil bo‘ladi. 

Ingliz  tili    orfografiyasida  qo‘shma  so‘zlarning  yuqorida  aytib  o‘tilganidek 

turli  xil  ko‘rinishlari  mavjud  shu  jumladan,  qo‘shib  yozish,  ajratib  yozish  va 

chiziqcha bilan yozish. 

Fonetik  jihatdan    talaffuz  qoidalariga  keladigan  bo‘lsak,  ingliz  tilidagi 

qo‘shma  so‘zlar,  ayniqsa,  sifat+ot  ko‘rinishidagi  qo‘shma  so‘zlarda  urg‘u  birinchi 

komponentga  tushadi.  Ingliz  tilidagi  qo‘shma  so‘zlarning  ikkinchi  bir  o‘ziga  xos 

xususiyati  shundaki,  shaxs-son  qo‘shimchalari  birinchi  elementga  qo‘shilmaydi, 

balki  so‘zning  butun  bir  o‘ziga  qo‘shiladi(  brother-in-laws),ammo  mustasno 

holatlar uchraydi masalan, passers-by, editors-in-chief va boshqalar. 

Ingliz  tilida  qo‘shma  so‘zlarning  ko‘pligini  yasashda  ularning  oxirgi 

elementiga  –s(lar)  qo‘shimchasi  qo‘shiladi,  lekin  biz  yuqorida  aytgan  misollar 

bundan mustasno. Bundan tashqari –ful sifat yasovchi qo‘shimchasi bilan tugagan 

so‘zlardan  bir  nechtasining  oxirgi  elementiga  ko‘plik  qo‘shimchasi    -s  qo‘shiladi. 

mouthfuls, spoonfuls) lekin kamdan kam holatda ularning birinchi elementiga bu 

qo‘shimcha qo‘shiladi( mouthsful, spoonsful). 

Shu o‘rinda ko‘plik qo‘shimchasi yana “in-law” komponenti bilan tugovchi 

so‘zlarning birinchi elementiga norasmiy uslubda  esa oxirgi elementiga qo‘shilishi 

mumkin. Masalan  , sister-in-law : sisters-in-law, sister-in-laws kabi.(int;2) 

Qo‘shma so‘zlardagi komponentlarning o‘zaro ma’no munosabatlariga ko‘ra 

ingliz tilida ular quyidagi 4 guruhga bo‘linadi:( 3) 



 

 

 



 

19 


1. 

Endosentrik 

2. 

Ekzosentrik( shuningdek “bahuvrihi”) 



3. 

Kopulativ ( shuningdek “dvanda”) 

4. 

Appozitiv 



Endosentrik  qo‘shma  so‘zlar  aniqlovchi  aniqlanmishga  bo‘linadi  ya’ni  

birinchi  so‘z  ikkinchisini  (  ikkinchi  komponentni)  ikkinchi  komponent  esa 

birinchisini  aniqlab  kelishi  mumkin.  Misol  uchun,  housekeeper,  cargo,  caretaker 

va boshqalar. 

Yuqoridagi berilgan misollarda  housekeeper so‘zida asosiy ma’no “keeper” 

negizidan  anglashiladi,  chunki  u  “  asrovchi,  saqlovchi”  degan  ma’noni  bersa, 

‘house’  so‘zi  qo‘shilib  uning  qanday  turdagi    saqlovchi  ekanini  bildirgan    ya’ni 

aniqlab kelgan “uy qo‘riqchisi”. “Cargo” so‘zi ham qo‘shma so‘zning  endosentrik 

turiga  mansub  bo‘lib,  unda    ikkinchi  so‘z  birinchi  so‘zni  aniqlab  kelgan.  Negaki, 

cargo  so‘zi  ‘yuk’  degan  ma’noni  beradi  va  so‘zma  so‘z  tarjima  qiladigan  bo‘lsak 

‘mashinada boruvchi’ degan ma’noni bildiradi. 

Ingliz    tilida    qo‘shma    so‘zlarning  ikkinchi  turi  bu  ekzosentrik  qo‘shma 

so‘zlardir. Xo‘sh , ular qanday tuzilishdagi qo‘shma so‘z hisoblanar ekan? Bunday 

qo‘shma  so‘zlar  sanskrit  tilida  “bahuvrihi”  atamasi  bilan  qo‘llaniladi    va    ma’no 

jihatdan  “  ko‘p  guruch”  deganidir.  Bu  yerda  guruchning  o‘zi  emas,  balki  shu 

guruchga  egalik  qiluvchi  odam  tushuniladi,  boshqa  so‘z  bilan  aytganda  bu  yerda 

ma’no  ko‘chishi  ro‘y  berib,  u  “ko‘p  guruchli  odam”  ma’nosini  bildiradi.  Ingliz 

tilida ham tuzilish va ma’no jihatdan qo‘shma so‘zlar shunday ko‘rinishda bo‘ladi. 

Ta’rif  beradigan bo‘lsak, bu turdagi qo‘shma so‘zlar ikkita  so‘z negizdan  tashkil 

topadi lekin bu negizlar ikkalasi birgalikda boshqa bir semantik birlikni anglatadi. 

Ulardan  hech  biri  ,  ko‘pchilik  hollarda,    to‘laligicha  o‘z  ma’nosida  kelmaydi  va 

ulardan ma’no  anglashila olmaydi. Misol tariqasida, white-collar ya’ni ‘oq yoqa’ 

ma’nosini bildiruvchi bu so‘z oddiygina ‘ko‘ylak yoqasini, narsa’ni bildirib turgani 

yo‘q, aksincha ‘oq yoqali odam’( yoqaning rangi ijtimoiy iqtisodiy mavqe uchun 



metonimiyadir)ni  anglatayapti.  Bu  misolda  ma’no  narsadan  bevosita  shaxsga 

 

 

 



 

20 


ko‘chgan. Bahuvruhining  tabiati murakkab hisoblanib, uni hech qanday so‘z ochib 

bera olmaydi.  Boshqa  yana  bir  misol keltirsak, “barefoot”- oyoqyalang.  Ko‘rinib 

turibdiki,  bu  yerda  birinchi  ma’no‘oyog‘iga  hech  narsa  kiyib  olmagan  odam’ 

tushunilsa, keyingi ma’no esa ko‘chma “ kambag‘al odamni” ifodalab kelgan. Biz 

ham o‘zbek tilida bu so‘z haqida o‘ziga yarasha ma’lumotga egamiz va nutqimizda 

ham qo‘llaymiz. 

Ingliz  tilidagi  qo‘shma  so‘zlarning    uchinchi  turi  bu  kopulativ  qo‘shma 

so‘zlar  hisoblanadi.  Bunday  qo‘shma  so‘zlarda  har  bir  komponent  o‘z  ma’nosini 

saqlagan  holda  uchinchi  bir  narsa  hodisani  nomlaydi.  Masalan  ,  “bittersweet”

so‘zma so‘z tarjimasi “nordon shirin” degan ma’noni bildirsa, asosiy atab, nomlab 

kelgan ma’nosi esa “ salat, achchiq-chuchuk” so‘zlarini bildiradi. Yoki “fourteen” 

so‘zi  ‘four’-‘to‘rt”,  ‘teen’-‘o‘n’  ikkita  o‘z  ma’nosidagi  so‘zlar  qo‘shilmasidan  biz 

uchinchi bir so‘z, ‘o‘n to‘rt’ sonini anglaymiz. Yana bir boshqa misol keltiradigan 

bo‘lsak, “sleepwalk”-‘uxlamoq yurmoq’ bu degani uchinchi bir ma’no “yurganida 



ham hamisha uyqusirab yuradigan odam”ni anglatadi. 

Qo‘shma  so‘zlarning    navbatdagi  va  ,ayni  paytda,  oxirgi  turi  bu    appozitiv 

qo‘shma so‘zlardir. U shunday komponentlardan iboratki, ular o‘z zid  ma’nolarini 

saqlagan  holda  uchinchi bir  narsa hodisani nomlaydi. Masalan , “actor-director”. 

Bilamizki  ,direktor  sahnada  yoki  kinoga  boshchilik  qiladigan  shaxs  hisoblanadi, 

aktyor  esa  u  olayotgan  filmda  shunchaki  rol  ijro  etadigan  shaxsdir.  Mantiqan  ular 

bir  birlariga  ma’no  jihatdan  va  bajaradigan  vazifalari  jihatidan  qarama  qarshi 

hisoblanadilar,  lekin  yuqoridagi  qo‘shma  so‘z  misolida  biz  bitta  filmni  suratga 

olish  jarayonida  ham  direktor  ham  aktyor  vazifasini  bajarayotgan  shaxsni 

tushunamiz.  Yoki  boshqa  bir  misol,  “maidservant”ni  oladigan  bo‘lsak  ‘maid’ 

oqsoch  qiz  degan  ma’noni  bildirsa  ,  ‘servant’  asosan  xizmatchi  yigitni  bildiradi, 

lekin  ularning  bajaradigan  vazifalari  bir  biriga  yaqin  va  shuning    uchun  ham  ular 

qo‘shilib  bitta  qo‘shma  so‘z  bo‘lib  kelgan.  Biz  bunday  misollarni  ko‘p 

keltirishimiz  mumkin.  Rus  tilida  “игрок-трейнер”    so‘zi  esa  ham  treynerlik  ham 

o‘yinchilik vazifasini bajaradigan shaxsni anglatadi va izohlaydi. 


 

 

 



 

21 


1.3. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlarning yasalishida      

o‘xshash va farqli tomonlar 

Ma’lumki  qo‘shma  so‘zlar  har  tilda  turli  xil  o‘rganilib  kelinadi.  Bu  fikrni 

uzoqqa  ketib  o‘tirmasdan  bizga  yaqindan  tanish  bo‘lgan    o‘zbek  ,  rus,  nemis    va 

ingliz  tillarida  ko‘rish  mumkin.o‘zbek  tilida  ham  ingliz  tilida  ham  qo‘shma 

so‘zlarning o‘ziga xos o‘rganilishi bor va ularning o‘rtasida turli xil o‘xshashliklar 

va  farqlar  mavjud.  Aytish  kerakki  ,  o‘zbek  tilida  qo‘shma  so‘zlarning  turlari 

mavjud emas, lekin ingliz tilida ular 4ta turga bo‘linadi. 

      1.Endosentrik 

2.Ekzosentrik( shuningdek “bahuvrihi”) 

3.Kopulativ ( shuningdek “dvanda”) 

4.Appozitiv 

Endosentrik  qo‘shma    so‘zlarga  juda  ham  ko‘plab  misollar  keltirishimiz 

mumkin. Masalan , superman, fishnet, mainland, caveman, skyscraper, eyeglasses, 

stepson,  stonewall,  stockroom,  bluebird,  taskmaster,  shoemaker,  teaspoon,  sunlit, 

snowbird, fishhook, shipskin, tigerskin, fishbowl, tablespoon, airman va boshqalar. 

Yuqorida  qayd  etilgan  misollarda  birinchi  component  ikkinchisini  va  ikkinchi 

component esa birinchisini aniqlab kelgan. (4) 

Ekzosentrik  qo‘shma  so‘zlar    ingliz  tilida    kam  uchrasa  ham  nutqda 

qo‘llaniladi.  Bunday  qo‘shma  so‘zlardan  anglashilayotgan  narsa  va  hodisa  so‘z 

ma’nosi bilan juz’iy  bog‘liq  bo‘lsada  aynan  shu  so‘zlar  anglatgan  ma’nolarga  

uzviy    aloqasi  bo‘lmaydi.  Bu  ta’rif  hech  qanday    e’tirozlarsiz    ikkala    o‘zbek    va  

ingliz    tillaridagi  attributiv    qo‘shma    so‘zlar    uchun    umumiy    deb    olinishi  

mumkin, chunki  ular orasidagi  o‘xshashlikni  anglash  qiyin  emas.  Misol  uchun, 

ingliz    tilidagi  “egghead”  qo‘shma    so‘zini    olsak,  u  ‘tuxum  shaklidagi    bosh’ni 

emas, balki umuman boshqa ma’noni ya’ni ‘judayam zehni o‘tkir shaxs’ni ifodalab 

kelmoqda.  Yoki  “longlegs”  so‘ziga  murojaat  qiladigan  bo‘lsak,  u  ‘uzun  oyoqli 

odamni emas, balki ‘kriket o‘yinida  to‘p oshiruvchining orqa tomonida turadigan 

o‘yinchi’  ma’nosini ochib bergan. Shu o‘rinda o‘zbek tiliga to‘xtaladigan bo‘lsak, 


 

 

 



 

22 


bunday  misollarni  ko‘p  uchratishimiz  mumkin.  Fikrimning  isboti  sifatida 

“xumkalla”  so‘ziga  izoh  bersak.  Bu  yerda  kallasi  xumga  o‘xshagan  odamni  va 

albatta,  asosan  “miyasi  yo‘q,  kallavaram,  qovoqbosh  ya’ni  esi  pastroq  odamni 

tushunamiz.  Yoki  bo‘lmasam  “qovoqbosh”  so‘ziga  ta’rif  bersak,  lug‘at  tarkibiga 

kiritilmagan  bo‘lsa  ham  kundalik  nutqimizda  ko‘p  qo‘llaymiz,  qaysi  ma’nodaki 

“boshining  o‘rnida  xuddi  qovoq  turgandek,  miyasi  ishlamaydigan,  bo‘m  bo‘sh 

kishi “ sifatida. 

O‘zbek  tilida  kompozitsiya  usuli  bilan  qo‘shma  otlar  hosil  qilinadi: 



toshko‘mir,  tuyaqush,  karnaygul  ,  oybolta,  sadarayhon,  ko‘kqarg‘a,  qoraqurt, 

mingoyoq, lar ham hosil bo‘ladi. 

Ingliz tilida qo‘shma otlar asosan otli iboralardan tashkil topadi. Ular sifatlar 

va otlar tomonidan aniqlanib kelinadi. Masalan, ‘science  fiction’ so‘ziga ‘writer’ 

so‘zini qo‘shsak,  murakkab qo‘shma so‘z hosil bo‘ladi.  Lekin shu  yerda ikkala til 

o‘rtasida  muammoli  ,  izohtalab  masala  paydo  bo‘ladi,  chunki  yuqoridagi  misol 

ingliz  tilida  murakkab  qo‘shma  so‘z  hisoblanadi  ,lekin  unga  o‘zbek  tilida  so‘z 

birikmasi  sifatida  qaraladi.  Asosan  o‘zbek  tilida  qo‘shma  so‘zlar  ikki  yoki  uchta 

komponentdan  tashkil  topgan  bo‘ladi,  lekin  o‘zbek  tilidan  farqli  o‘laroq  ingliz 

tilida murakkab qo‘shma so‘z turi mavjud, ammo o‘zbek tilida bu masala hali ham 

tilshunoslarimizning  va  bizning  chuqur  izlanish  va  o‘rganishimizni  kutayotgan 

katta ishlardan biridir. 

Shu o‘rinda inglizlar qo‘shma otlani ham turlarga ajratganlar: 



1.  Muvozanatlashgan  yoki  qolipga  tushgan  qo‘shma  otlar.  Ular  ikkita 

qisqa  bo‘g‘inli  otdan  tashkil  topib,  tilda  uzoq  vaqtdan  beri  qo‘llanilishda  bo‘lgan 

qo‘shma otlar hisoblanadi,  housewifelawsuitwallpaperbasketball kabilar. 

2. Chiziqcha bilan yoziladigan qo‘shma otlar. Bunda ikki yoki undan ortiq 

so‘zdan  tashkil  topgan  qo‘shma  otlar  chiziqcha  orqali  ajratib  yoziladi.  Ular  o‘z 

ichiga affikslarni, artikl, predlog, va bog‘lovchilarni ham olishi mumkin. Masalan, 

house-build(er),  single-mind(ed)(ness) , rent-a-cop, mother-of-pearl va b. 


 

 

 



 

23 


3.  Ajratib  yoziladigan  qo‘shma  otlar. Ular  odatdagidan  uzunroq so‘zlar 

hisoblanadi, jumladan distance learning,  lawn tennis,  player piano kabi. (23;96) 

O‘zbek  tilida qo‘shma  so‘zlarning  so‘z  birikmasidan( aniqrog‘i sifatlovchi 

birikmalardan)  farqlab  olish  qo‘shma    otlarni  so‘z    birikmasidan  farqlab  olishga 

nisbatan    ancha    qiyinroq.  Predmet    belgisi  sodda,  qo‘shma    sifatlardan 

tashqari,sifatlovchi  birikmalar  vositasida  ham  ifodalanadi.  Bu  hol    qo‘shma  

sifatlar  bilan  sifatlovchi  birikmalarni  farqlashda  ma’lum  qiyinchiliklar  keltirib 

chiqaradi. 

Sifatlar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: sodda, qo‘shma va juft. 

Sodda  sifatlar  shaklan  bir  o‘zakli  yoki  bir    negizli  yakka  so‘zlardan  tashkil 

topadi. Bunda  ular yakka o‘zakdan iborat bo‘ladi: a) oq, qora, yaxshi, yomon, zo‘r, 

katta,  keng  b)  biror  affiks  yordamida  yasalgan  yasama  sifatdan  iborat  bo‘ladi: 

bolali, ommaviy, uyatchang, suvsiz kabi. 

Qo‘shma sifatlar ikki yoki undan ortiq sifatlarning birikuvidan hosil bo‘lgan 

sifatlar  hisoblanadi.  Qo‘shma  sifatlar  bir  bosh  urg‘u  bilan  aytilib,  bir  belgi-

xususiyatni ifodalash uchun xizmat qiladi: och sariq, ko‘p bolali, qalin qosh kabi. 

Qo‘shma sifatlar sostav jihatdan  quyidagicha  qismlardan iborat bo‘ladi: 

a)  sifat  +  sifat  to‘q  ko‘k,  ola  qashqa,  erka-  arzanda,  ijtimoiy-  siyosiy, 



madaniy-ma’rifiy kabi ; 

b)  sifat+  ot:  ochiq  ko‘ngil,  yalang  oyoq(  oyoq  yalang),  ochko‘z,  xushfe’l, 



sofdil, qora qosh kabi; 

c)  sifat+  ot  +  sifat  yasovchi  affiks:  ko‘k  ko‘zli,  o‘tkir  zehnli,  qizil  bayroqli 



kabi

d) ot+ ot: qo‘y ko‘z, sher yurak, tosh bag‘ir, echki soqol, bodom qovoq kabi; 

e) ot+ ot+ sifat yasovchi affiks: temir irodali, it fe’lli kabi; 

f) ot+ sifatdosh: tinchliksevar, erksevar, ko‘zilg‘amas, ishyoqmas kabi; 

g) ravish+ fe’l: ertapishar, kechpishar, tezoqar kabi; 

h) son+ot+sifat  yasovchi affiks to‘rt bolali, ikki g‘ildirakli, uch elementli ; 



 

 

 



 

24 


i) ot + affiks+ bor (yo‘q) so‘zlari bahosi yo‘q, tengi yo‘q, aqli bor (yigit)  va 

hokazolar. (16;105) 

Juft  sifatlar  esa  predmetning  umumiy  bir  belgisini  ifodalaydi,  odadtda  ikki 

soda sifatdan teng bog‘lanish yo‘li bilan yasaladi. Bunday sifatlar quyidagi yo‘llar 

bilan hosil qilinadi: 

1. 


Bir    xildagi    ikki  sifatning    takrorlanishidan:  yaxshi-yaxshi,  baland-

baland, katta- katta, past-past va hk; 

2. 

Ma’nodosh   ikkita  sinonimik   sifatdan: qing‘ir-qiyshiq, pishiq-puxta  



kabilar. 

Qo‘shma  sifatlar  bilan sifatlovchi birikmalarni bir-biridan  farqlashda  faqat 

ma’noni  –  predmetlik  belgisini  bildirishidagina  emas,  balki  formani-  grammatik 

belgini ham asosga olish kerak. 

Fe’llardan    ham  xuddi  shu    usul    orqali  qo‘shma  fe’llar  yasaladi.  Qo‘shma  

fe’llar  komponentlarining    qaysi  turkumga  oidligiga  ko‘ra  ikki  asosiy  turga 

bo‘linadi: 

1. 


ot+fe’l  tipidagi  (fe’l  bo‘lmagan  so‘z  bilan  fe’lning  birikishidan  hosil 

bo‘lgan) qo‘shma fe’llar; 

2. 

fe’l+fe’l  tipidagi(ikki  fe’lning  o‘zraro  birikishidan  hosil  bo‘lgan) 



qo‘shma fe’llar: hurmat qilmoq, sotib olmoq kabi. 

Mazkur  qo‘shma  fe’llar  qatnashgan  misollarga  qarang:  Turg‘un  uni  



begonaday  qarshi  oldi.  (H.N)  Chevaringizni    uydan  chaqirib  olishga  kuchimiz  

yetmaydi,  o‘zingiz  ruxsat oberasiz-da opoqingizdan.(H.N) 

Ot+fe’l  tipidagi   qo‘shma  fe’llarning   ko‘pgina  qismini  qilmoq, aylamoq, 



etmoq  yoki  bo‘lmoq  fe’llarining  birikishidan hosil  bo‘lgan bayon qilmoq, kashf 

etmoq, kasa l bo‘lmoq tipidagi birikuvlar tashkil etadi. 

Fe’l bo‘lmagan so‘zning qilmoq, aylamoq, etmoq  fe’li bilan birikishidan har 

vaqt  qo‘shma  fe’l  hosil    bo‘lavermaydi.  Bunday  birikuvlarda      qilmoq,  aylamoq, 

etmoq  yoki  bo‘lmoq    fe’llari    bog‘lama    vazifasida    qo‘llanilishi    mumkin.  Ular 

bunday    vazifada    qo‘llanganda    qo‘shma  fe’l  hosil  qilmaydi.    Qiyoslang  : 



 

 

 



 

25 


o‘qituvchi  edio‘qituvchi bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi bo‘ladi birikuvi qo‘shma fe’l 

emas,  chunki    o‘qiyuvchi  va  bo‘l  sozlarining    birikishidan    yangi    so‘z  (qo‘shma 

so‘z)  hosil  bo‘layotgani  yo‘q.    Tasdiq  qildi,  tasdiq  bo‘ldi  birikuvlari  esa  qo‘shma 

fe’l hisoblanadi. Buni qil va bo‘l fe’llarini –la va – lan affikslari bilan almashtirish 

mumkinligi aniq ko‘rsatadi: tasdiq qildi- tasdiqladi, tasdiq bo‘ldi-tasdiqlandi. 

O‘zbek  tilida  ikki  fe’lning  o‘zaro  birikishidan    hosil  bo‘luvchi    qo‘shma  

fe’llar  u  qadar  ko‘p  emas.  Ular  ham  o‘z  tarkibidagi  komponentlari  ma’nosidan 

farqli  bo‘lgan  yangi  ma’no  ifodalaydi:  olib  kelmoq,  sotib  olmoq  kabi:  Hamma 



qo‘lini yuziga olib borib, omin qildi.(Sh.Sa’dulla.) 

Urushdan  qochgan  askarlardan  qurol-yarog‘  sotib  olib,  bosqinchilik 

qilishgacha borib yetiptilar.(I. Sodiqov.) 

Chumchuq o‘zini opqochib, pirr etib olg‘a uchdi-da, nim qorong‘I yo‘lakka 

kirib ketti.(Sh.Sa’dulla.)  (22;212) 

Shu ma’noda  agar ingliz  tilidagi qo‘shma fe’llarga izoh beradigan bo‘lsak, 

ular asosan  predlog+ fe’l  va boshqa tipdagi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Misol uchun, 

Predlog+ fe’l- overrate, underline, outrun; 

Ravish+ fe’l- downsize,  upgrade; 

Sifat + fe’l - whitewash, blacklist, foulmouth; 

Ot + fe’l - browbeat, sidestep, manhandle; 

Predlog + ot - out-Herod, out-fox. 

Ingliz tilida ot+ fe’l tipidagi qo‘shma fe’llar kam uchraydi, chunki ot odatda  

fe’lga  vositali to‘ldiruvchi sifatida bog‘lana olmaydi. Ingliz tilida  ‘bread – bake’, 

‘car- drive’ tipidagi qo‘shma so‘z yo‘q, lekin shunday bo‘lsa ham biz yuvish uchun  

berilgan  yo‘riqnomani  (  handwash  )va    badiiy  adabiyotlardagi  qo‘shma  so‘z  ham 

(breastfeed) kabi qo‘shma so‘zlarga duch kelamiz. 

Qo‘shma  otlarning    yana  bir  xususiyati    ularning  ikkala    komponenti  ham 

urg‘u  oladi.  Hattoki  urg‘u  oladigan  qo‘shma    so‘z  ajratib  yozilsa  ham  uning  har 

ikkala  qismiga  ham  birdek  urg‘u  tushadi.  Masalan,  FOOTball;  ARMchair; 



 

 

 



 

26 


MAILbox  va  boshqalar.  Ammo  istisno  tariqasida  manKIND    so‘zini  olishimiz 

mumkin. (6) 

O‘zbek  tilida    qo‘shma    so‘zlarning    o‘rganilishida    yakdillik    yo‘q.  Zero 

ayrim  olingan  bir  til  birligining  o‘zi  qo‘shma  so‘z  yoki  bo‘lmasa  so‘z  birikmasi 

sifatida  izohlaniladi.  Masalan,  “og‘ir  oyoq”  til  birligi  o‘zbek  tilining  izohli 

lug‘atida  “og‘ir  oyoq”  deb  ajratib  yozilib,  so‘z  birikmasi  sifatida  beriladi  va  shu 

sahifaning o‘zida “og‘iroyoq” xomilador ma’nosida qo‘shma so‘z deb izohlaniladi 

va bu til birligining ikkinchi qo‘shma so‘z variantini to‘g‘riroq deb ma’qullaniladi. 

Ikkala  holatda  ham  mazkur til birliklarining  nima sababdan qo‘shib yozilishi  yoki 

nima  sababdan  ajratib  yozilishi  va  ularning  birga  yoki  ajratib  yozilgan  holatlarida 

ma’no jihatdan o‘zgarish yoki farqi bor yo‘qligiga izoh berilmaydi. 

Bizning  fikirimizcha,  bu  va  bunga  o‘xshash  masalalar  ilmiy  jamoatchilik 

tomonidan kengroq o‘rganilishi va mazkur muammolarga oydinlik kiritilishi zarur. 

O‘zbek  tilidagi  qo‘shma  so‘zlarning  o‘zaro  ma’no  mazmuniga  qarab  muayyan 

turlarga  bo‘lib  o‘rganilish  imkoniyatiga  kelsak,  o‘zbek  tilida  ham  ularni  G‘arbiy 

Yevropa tillaridagi qo‘shma so‘zlarning bo‘linish xususiyatlarini sezish qiyin emas. 

Masalan, “temir qoziq” yoki “yog‘och qoziq” qo‘shma so‘zlari ikki komponentdan 

iborat  bo‘lib,  ularning  biri  ikkinchisini  aniqlab  kelayotganligi  va  shu  nuqtai 

nazardan ularni “atributiv qo‘shma so‘zlar” turiga ajratish har qanday e’tirozdan 

holi  narsa.  Zero,  mazkur  qo‘shma  so‘zlardagi  birinchi  aniqlovchi  komponent 

ikkinchi  aniqlanmish  (asosiy  so‘z)  “qoziq”ning  temirdan  yoki  yog‘ochdan 

ekanligini  aniq  ko‘rsatib  turibdi.  Shu  ma’noda,  temir-beton  qo‘shma  so‘zini  tahlil 

qiladigan  bo‘lsak,  u  kopulativ  qo‘shma  so‘z  turiga  mansubligi  va  ikkala 

komponent  ham  o‘z  ma’nosiga  ega  ekanligi  ya’ni  bir-birini  aniqlab 

kelmayotganligini  anglash  mumkin.  Bu  qo‘shma  so‘z  komponentlariga  “qanday 

temir?”,  “Qanday  beton  yoki  qanaqa  temir,  qanaqa  beton?”  deb  savol  qo‘yib 

bo‘lmaydi,  chunki  ular  yaxlit  bir  tushunchani  ya’ni  narsani  anglatib  turibdi  va 

temirdan yasalgan betonni bildiradi. 



 

 

 



 

27 


Quyida biz ingliz tilidagi bir necha tipdagi qo‘shma so‘zlar ro‘yxatini misol 

sifatida keltiramiz: (7) 

Ot+ ot – football  Ravish + fe’l –upgrade 

Sifat + fe’l –whitewash 

Ot + fe’l –manhandle 

Predlog + ot –out –fox 

Predlog + fe’l –underline 

Sifat+fe’l–foulmouth

Ot+ot-moonlit 

Fe'l+ ot- playhouse 

Ot+fe'l –moonshine 

Predlog+ ot- uptime 

Ot+ ot- lifework 

Fe'l + predlog- showoff 

Fe’l + ot- telltale 

Predlog+ ravish- forever 

Sifat + ot- blackboard 

Fe’l + ot – breakwater 

Predlog + ot - underworld 

Ot + sifat – snow white 

Sifat + sifat – blue green 

Fe’l + sifat –tumbledown 

Predlog + sifat-over-ripe 

Ot + fe’l –browbeat 

Sifat + fe’l –highlight 

Fe’l + fe’l -freeze-dry 

Predlog + fe’l –undercut 


 

 

 



 

28 


Ot + predlog -love- in 

Ravish + predlog –forthwith 

Fe’l+ predlog –takeout 

Predlog + predlog –without 

Predlog + fe’l –outrun 

Ravish + fe’l –upgrade 

Sifat + fe’l –whitewash 

Ot + fe’l –manhandle 

Predlog + ot –out –fox 

Predlog + fe’l –underline 

Sifat+fe’l–foulmouth


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin