R ah im ov a sh od iy a shu xr at q I zi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.07.2020
ölçüsü0,56 Mb.
#32331
1   2   3   4   5   6
ingliz va ozbek till arid a bahuvrining qollanilishi


,    nuktafahm”  nuktadon  so‘ziga  to‘xtaladigan  bo‘lsak 

“(nukta+biluvchi,  bilag‘on)  kam.  qo‘ll.  Ayn  nuktafahm”  degani  bo‘lsa, 

‘nuktafahm’  “(  nukta+fahm)  kam.qo‘ll.  masalaning  tub  mohiyatini  nozik,  mayda 

chuyda  tafsilotlarini  yaxshi  biladigan,  o‘tkir  fikrlovchi”  degan  ma’noni  bildiradi



Nuktadon olim. Ergash aka tug‘ma olim, nuktafahm matnshunos va manbashunos 

edi.(Gazetadan). Bu attributive qo‘shma so‘zlar insonga Xudo tomonidan berilgan 

qobiliyat  va  unga  xos  bo‘lgan  fazilatni  anglatadi.  Bu  yerda  nuktadon    so‘zi 

nuktafahm  qo‘shma  so‘ziga  qaraganda  kengroq  ma’noni  anglatadi,  sababi  bilish 

fahmlashdan  ko‘ra  kengroq  mazmundagi  so‘z  hisoblanadi.  Endi  nek  negizidan 

yasalgan    turli  ma’nodagi  qo‘shma  so‘zlarni  e’tiboringiz  markaziga  havola 

etmoqchimiz. Misol uchun, nekbin,  nekqadam   kabilar. Agar ‘nek’  so‘ziga izoh 

beradigan bo‘lsak, u forscha ‘yaxshilik’ ma’nosini bildiradi, jumladan nekbin so‘zi 

“(yaxshilikni  ko‘ruvchi)  har  narsani  yaxshi  tomondan  ko‘ruvchi,  kelajakka 

ishonuvchi; optimist” shaxsga xos bo‘lgan xarakterni anglatib kelgan. Shu o‘rinda 

nekqadam  qo‘shma  so‘zining  mazmuni  ham  shunga  yaqin  hisoblanadi:  “(f+a) 

qadami  qutlug‘  baxt  keltiruvchi,  sharofatli”  degan  ma’noni  bildiradi.  Bizga 

bahuvrihi  insonga  xos  bo‘lgan  har  qanday  xususiyatni    anglatishi  sir  emas. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda  “oyimsupurgi”  qo‘shma  so‘ziga    sharh  beramiz. 

O‘zbek tilining izohi lug‘atida unga quyidagicha ta’riflar keltirilgan: “1. poyasidan 



 

 

 



42 

supurgi  qilinadigan  doni  qizil  boshoqli  o‘simlik.  2.  Shu  o‘simlik  poyasidan 

bog‘langan  supurgi.  3.  ko‘chma  salb.  Supurgiday  egilib  bukilib,  bukiladigan,  

muloyim odam haqida.” Ko‘rinib turibdiki, oyimsupurgi so‘zi asli  o‘simlik nomini 

atab kelmoqda, ammo uning ko‘chma ma’nosi ostida shaxs, kishi xarakteri yotibdi. 

Bunga  quyidagi  keltirmoqchi  bo‘lgan  misolimizda    ham  o‘zingiz  guvohi  bo‘lasiz. 



(Mo‘min  aka)  Nechundir,  to‘satdan  kirpi  qiyofasidan    oyimsupurgi  qiyofasiga 

kirib  oldi.    Navbatdagi  biz  tahlil  qilmoqchi    bo‘lgan  attributiv  qo‘shma  so‘z  bu 

odamovi” so‘zidir. Bu so‘zni birinchi ko‘rgan, tilimizni endi o‘rgana  boshlagan 

odam  bu  so‘z  ma’nosini  butunlay  boshqacha  talqin  qilishi  mumkin.  Negaki, 

‘odam’+  ‘ovi’  so‘zlaridan  tashkil  topgan  bu  so‘z  ularga,  go‘yo,  “odamning  ovi” 

bo‘lib  tuyulishi  mumkin,  ammo  bu  zinhor  to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Nainki,  o‘zbek  tili 

o‘zining  boy  leksikasi  bilan  boshqa  tillardan  alohidalanadi  va  ajralib  turadi.  Siz 

ham  bu  so‘zning  asl  ma’nosiga  qiziqayotganingizni  inobatga  olgan  holda,  biz 

uning  o‘zbek  tili  izohli  lug‘atida  berilgan  izohini  keltirib  o‘tamiz.  “odamlardan 

o‘zini  chetga  olib  yuradigan  hech  kimga  qo‘shilmaydigan,  el-xalqqa 

aralashmaydigan”  kishi  xarakterini  bildiradi.  Rajab  bolalikdan  kamgap,  odamovi  



bo‘lib  chiqdi.(H.Nazir,  Indamas)  .  Boshqa  e’tiborimizni  tortadigan  bahuvrihi  ham 

borki,  u  insonga  xos  bo‘lgan  xarakterni  bildiradi.  Masalan,  “soddadil”  bu 

attributiv  qo‘shma  so‘z  o‘ziga  xos  ma’no  va  mazmunga  egadir:  “(f  –  ochiq 

ko‘ngilli, ishonuvchan; go‘l, laqma) quvlik – shumlikni bilmaydigan, ko‘ngli ochiq, 

ko‘ngli  toza,  sofdil”  .  Shundan  kelib  chiqadigan  bo‘lsak,  ‘dil’  bu  qalb,  ko‘ngil, 

yurak kabi ma’nolarni bildiradi. Bu qo‘shma so‘zda esa dili, qalbi beg‘ubor, sof va 

toza, ayni paytda shumlik neligini bilmaydigan, o‘ta ketgan darajada sodda bo‘lgan 

insonni anglatadi. Misol  uchun, soddadil  yigit.    Keyingi so‘zimiz esa  unga  butkul 

qarama  qarshi  mazmunda  keluvchi  “tilyog‘lama”  qo‘shma  so‘zidir.  Uning  izohi 

quyidagicha: (29) 

“1.  Munofiqona  xushmuomalalik,  shirinso‘zlik  bilan  kishining  ko‘nglini 

olishga qaratilgan, aldovchi; laqillatuvchi (gap, so‘z, muomala haqida) 



Direktorning tilyog‘lama gaplari Maqsud akani bo‘shashtirdi.(Gazetadan) 2. 

shunday  muomalani  kasb  qilib  olgan  shaxs  -Men  tilyog‘lama  odamni  yomon 



 

 

 



43 

ko‘raman!  –  dedi  Alijon  Faridaga.(Mirmuxsin)    Bu  qo‘shma  so‘zning  birinchi 

ma’nosi  narsaga  qaratilgan  va  uning  ma’nosini  ochib  bergan  bo‘lsa,  ikkinchi 

misolda  u    ma’no  shaxsning  xarakterini  aniqlab,  unga  oydinlik  kritgan.  Bir 

qarashda ‘til’ va ‘yog‘lamoq’ so‘zlari orasida mantiqiy jihatdan bog‘liqlik yo‘qdek 

bo‘lib  ko‘rinadi,  lekin  o‘zingiz  misollarda  guvohi  bo‘lganingizdek,  ular  qo‘shilib 

bitta  qo‘shma  so‘z  hosil  qilgan.  Biz  uning  ma’nosini  ‘tilida  yog‘i  bor’  boshqacha 

aytganda  yumshoqlik,  ayyorlik  va  shirin  so‘z  bilan  odamlarni  laqillatuvchi  odam 

deya  aytishimiz  mumkin.  Biz  tez-  tez  kundalik  nutqimizda  qo‘llaydigan  ba’zi 

so‘zlarning qismlari angaltgan asl ma’noni tushunmaymiz va ular ham o‘z o‘rnida 

tushunarsiz.  Negaki,  misol  uchun,    valakisalang”  qo‘shma  so‘zlarining  ma’nosi 

anglashiladi, ammo  uning qismlari anglatadigan  ma’no sirligicha qoladi. Masalan, 

valakisalang  so‘zi  “o‘ta  ketgan  beg‘am,  beparvo;  ishyoqmas;  xumpar,  devona” 

degan  ma’noni  anglatadi,  biroq  valak  va  salang  so‘zlarining  asl  ma’nolari  bizga 

qorong‘u.  Bundan  tashqari,  xushchaqchaq  so‘zining  bir  negizini  ‘xush’  so‘zining 

ma’nosini  yaxshi  bilamiz,  ammo  ‘chaqchaq’  qanday  mazmundagi  so‘z  ekanligini 

bilmaymiz.  Shunga  qaramay  izohli  lug‘atimizda  unga  quyidagicha  ta’rif  berilgan: 

“1. hayotdan mamnun; doimo xursand bo‘lib yuradigan, 2. quvnoq, shod-xurram”. 

Keling endi bu qo‘shma so‘zlar bilan tuzilgan misollarga to‘xtalamiz: Rais ... qirq 



besh-elliklar  chamasidagi  to‘lagina,  xushchaqchaq  kishi  edi.(N.Fozilov,  Diydor) 

Telefondagi  xushchaqchaq  gap  tugagandan  keyin,  bu  yerda  halidan  beri  davom 

etayotgan  suhbat  birdan  ma’nosiz  bo‘lib  tuyuladi.(Muxtor,  Bo‘ronlarda  bordek 

halovat) 

(Abdurayim) 

Ko‘zdan 

qoldingmi, 

valakisalang

kolxozimizning 

bo‘rdoqiga  boqilgan  oldi  qo‘ylari-ku!(Mushtum).

   


Qo‘shimcha  sifatida  boshqa 

qo‘shma so‘zlarga ham ta’rif keltiramiz. Ularning ma’nosi bir biriga yaqin va ular 

o‘zaro  ma’nodosh  deb  hisoblanilishi  ham  mumkin.  Masalan,  “xudobezor(i), 

xudobexabar  “.  “(Xudodan  qochuvchi,  betavfiq)  har  qanday  yomon  harakatdan 

ham qaytmaydigan; o‘ta dilozor betavfiq.” degan ma’noni xudobezor(i) so‘zi bersa, 

xudobexabar so‘zining ta’rifi quyidagicha  “(xudodan  xabarsiz, betavfiq) Xudodan 

qo‘rqmaydigan;  dinsiz;  insofsiz,  diyonatsiz  betavfiq”.  -Bu  bezbetni  qayerdan 



topdingiz,  xudobezori-ku  u?  –  dedi  Soliyev  o‘rnidan  turib.  (Yoshlik);  Shu 

 

 

 



44 

xudobexabar  amir  eshigida  amaldor  bo‘lishdan  ko‘ra,  o‘g‘irlik  qilib  yurish  ming 

marta  a’lo.(S.Ayniy,  Jallodlar)    O‘z  o‘rnida  yana  boshqa  bir  qo‘shma  so‘z, 

xudoyixo‘r”  so‘ziga  izoh  beramiz.  “(xudoyi+yeyuvchi)  Xudoyiga  borib 

ovqatlanishni  odat  qilib  olgan  kishi”.  Madrasamizning  “jilvaxona”sida  har 

yakshanba  va  payshanba  kunlari  xudoyixo‘rlar  ko‘cha  poylab,  tikilib  o‘tirar 

edi.(M.Muhammadjonov,  Turmush  urinishlari)  Misolda  guvohi  bo‘lganimizdek, 

oddiy  xalqqa  hali  noma’lum  bo‘lgan  qo‘shma  so‘zlar  ko‘pchilikni  tashkil  qiladi. 

Shu  jumladan,  “cho‘rtkesar  va  shartkesar”  qo‘shma  so‘zlariga  to‘xtalsak.  Bir 

qarashda  ularning  ma’nolari  birdek  go‘yo,  ammo  aytish  joiz  bo‘lgan  farqlar 

mavjud.  Misol  uchun,  cho‘rtkesar  odam  suhbatdoshining  nutqini  bemalol  kesib, 

o‘zining  gapini  gapiradi,  lekin  shatkesar  odam  dangal  va  dadil  gapiradi  va  unda 

shartakilik xususiyati deyarli yo‘q. Bu fikrlarga mazkur so‘zlarning ta’rifini eshitib 

o‘zingiz  ham  guvohi  bo‘lasiz.  Cho‘rtkesar  -  “shartta  gapiradigan,  aytadigan”, 

shartkesar  -    “dangal  gapiradigan;  dangalchi,  sharti  bilan  gapirmoq  agar  sen 

bunday  qilsang  men  bunday  qilaman  “  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Men 



tog‘amning  haqgo‘y,  talabchan,  o‘rni  kelganda  cho‘rtkesar  odamligini  ilgaridan 

bilardim.(“Sharq  yulduzi”)  Shartkesar  odam. 

    Agar  “



shumqadam  va  

shumoyoq”  qo‘shma  so‘zlariga  izoh  beradigan  bo‘lsak,  ular  deyarli  bir  xil  ma’no 

va  mazmun  kasb  etadi,  ayni  paytda  bir  xil  ma’no  anglatish  uchun  ishlatiladi. 

Keling  ularga  izohli  lug‘atimizda  berilgan  ta’rif  bilan  tanishsak:  shumoyoq- 

 



poyqadami  biror  shikastlikka,  yomonlikka  sabab  bo‘luvchi,  falokat,  baxtsizlik 

keltiruvchi”;  shumqadam  –“  ayni  shumoyoq”.  Gul,  rayxonga  to‘lgan  qirg‘og‘ing, 



Shumoyoqlar  makoni  bo‘ldi.Fashist  degan  odamxo‘r  jallod,Sohilingdan  joy  oldi, 

toldi.(G‘ayratiy).  Yuqoridagi  misolimizda  ‘shumoyoqlar’  qo‘shma  so‘zi  ostida 

aslida,  ‘shumoyoqli  odamlar’  yotibdi,  o‘z  o‘rnida  bu  misolda  mazkur  qo‘shma 

so‘zimiz otlashib kelgan. (30) 

 


 

 

 



45 

2.2.1  Inson xarakterining nozik qirralarini ochib beruvchi bahuvrihilar. 

Biz  yuqorida  shaxsga  xos  bo‘lgan  xarakter  xususiyatlarini  anglatadigan 

o‘zbek  tilidagi  120  ta  bahuvrihilar  bilan  astoyidil    tanishib  chiqdik.  Shuning 

natijasida yaratilmishlarning ichida g‘oyat buyuk zot bo‘lmish insonga xos va mos 

bo‘lgan  fazilatlar-u  ,  illatlarga  bafurja  to‘xtalib,  ularni  ham  baholi  qudrat  tahlil 

qilishga  harakat  qildik.  Quyidagi  bo‘limda  esa  ularga  kengroq  izohlar  beramiz. 

Inson umri davomida ikki nafsning ya’ni hayvoniy va shahvoniy nafsning taqozosi 

bilan yashaydi va  shu nafsni qondirish niyatida bo‘ladi va bu hammaga xos narsa. 

Ammo  ayrim  odamlar  borki,  ularning  nafsi  chegaradan  oshib  ketadi,  buning 

natijasida  ular  o‘zlarining  insoniy  qiyofasini  butkul  yo‘qotib,  hayvoniy  nafsning 

quliga  aylanishadi;  o‘zlari  ham,  nafsi  ham  hayvonnikidek  bo‘lib  qoladi  va  bu 

kishilarga  xalqimiz  ajralib  turuvchi  xususiyatlariga  qarab  ularga  nom  qo‘yishadi. 

Shu  tariqa  nomlar  vujudga  keladi.  Biz  quyida  sizga  tahlilini  aytmoqchi  bo‘lgan 

qo‘shma  so‘zlar  ham  shu  asnoda  vujudga  kelgani  tabiiy.  Ularning  qatoriga 

ajdarnafs,  badnafs,    yebto‘ymas,  xunxo‘r,  etxo‘r,  odamkush,  qonxo‘r’    kabi 

bahuvrihilarni  kiritishimiz  mumkin.  Nainki  bu  qo‘shma  so‘zlarda  insonning  nafsi 

hayvonnikiga qiyos qilinmoqda. 

Endi  insonlarnning  ijobiy  xarakterlari  orqali  nomlanishiga  to‘xtaladigan 

bo‘lsak.  Ayrim  odamlar  o‘z  so‘zi,  xatti-harakati,  o‘tirish  turishi,  o‘zgalarga 

munosabati  bilan  ijobiy  tomondan  ajralib  turadilar.  Ularning  odati  tevarak 

atrofdagi  odamlar  tomonidan  ma’qul  ko‘riladi.  Unday  odamlar  bilan    har  bir 

kishining  qayta-qayta  uchrashgisi,  ko‘rgisi,  gaplashgisi,  uning  har  bir  gapini 

tinglagisi  keladi.  Bunday  insonga  xos  bo‘lgan    xarakter  tipini  ifoda  etuvchi 

bahuvrihilar  ham  mavjud. Ularga  : “ bulbulnavo,  otashzabon, juvonmard, jonfido, 



jonkuyar,  jahonbaxsh,  kamsuqum,  kamgap,  mehmondo‘st,  nekbin,  nekqadam, 

oliyhimmat, sobitqadam, xushtakalluf, xushfe’l, xushchaqchaq, xushxulq, xushovoz, 

xushtabassum,    sertavoze,  sertakalluf,,  xushatvor,  xushaxloq,  xushgap,  xushdil, 

xushmulozim,  xushmuomala,  xushnavo,  xushtavoze,  xushtabiat,  xushsuhbat, 

shirinsuxan, shirinso‘z, hamgap, hamdo‘st , hamdil, hojatbaror, hamfikr, hamxona, 

ichkuyar, rahmdil ” kabilar  misol bo‘la oladiMazkur bahuvrihilar asosan  fors  va 

 

 

 



46 

arab  tillaridan  tilimizga  kirib  kelgan  o‘zlashmalar  asosida  yasalgan  bo‘lib, 

aniqlovchi  komponentlar  ‘xush’(ma’qul),  ‘nek’(yaxshi),  ‘kam’(suhbatdoshlarga 

halaqit  bermasligi  ma’nosida)  qo‘llanilib,  ijobiy  ma’nodagi  bahuvrihilar 

yasalishiga zamin yaratgan. 

Zamondoshlarini  hurmat  qilmaydigan,  sabrsiz,  beizzat,  qilayotgan  ishining 

oqibatini o‘ylamaydigan, suhbatdoshining ko‘ngli bilan qiziqmaydigan va o‘zgalar 

fikrini  inobatga  olmaydigan,  hurmatini  joyiga  qo‘ymaydigan  kishilarning  xulq-

atvori va xarakterini ifodalab keladigan ko‘plab bahuvrihilarga misollar keltiramiz. 

Ular  quyidagicha:  “    betgachopar,  banginamo,  balandparvoz,  badhavo,  badxulq, 



badfe’l,  badrashk,  badmast,  badkor,  badkirdor,  ishbuzuqi,    onaxotin,  oyimtilla, 

oyimsupurgi,  orabuzar,  tartibbuzar,  tilyog‘lama,  xudobezor(i),  xudobexabar, 

xudotars,  xushyoqmas,  cho‘rtkesar,  shartkesar,  shumqadam,  yakkamoxov, 

o‘yinbuzuqi,  o‘zbilarmon,  o‘zboshimcha,  badniyat,  yo‘lto‘sar,  padarkush, 

pashshaxo‘rda,  badnafas,  buzuqbosh,  yelpishtovoq,  ikkiyuzlama,  ikkiyuzlamachi 

ko‘zbo‘yamachi, shumoyoq, hurmattalab. 

Bahuvrihilar  ichida  yana  shundaylar  borki,  ular  turmushimiz  tarzi,  hayotiy 

lavhalar,  muhit,  vaziyat  taqozosiga  qarab  ish  ko‘rmaydilar,  aksincha  o‘z  fikri 

hayoli  bilan  bo‘lib,  ko‘zlagan  maqsadini  amalga  oshirish  yoki  nafsoniyatini 

qondirish  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  Bundaylarga:  “araqxo‘r,  boqibeg‘am, 

balandparvoz,  badxulq,  badjahl,  badgumon,  badaxloq,  valakisalang,  gapsotar, 

dilsiyoh,  damduz  kiritish  mumkin.  Ayrim  kishilar  tabiatan  va  aqlan    ojiz  bo‘lib, 

obyektiv borliq mushohadasida qiynalishadi, ularni xalqimiz

 

kamfahm,  kaltafahm, 



kamhafsala,  kallavaram

 

og‘irkarvon,,  kabi  bahuvrihilar  bilan  nomlashgan.  Ayrim 



kishilar esa tabiatan yalqov, ular o‘z navbatida: ishyoqmas,salqintob deb ataladilar.  

Ayrim  shaxslarga  esa  tabiat  shunday  in’omlar  berganki,  ular  hayot  va  uni  idrok 

qilish  qobiliyatini  bergan.  Bularga  :nuktadon,  nuktafahm,  nozikfahm,  nozikta’b, 

kabilardir. 

 

 

 

 

 

 



47 

          2.2.2.Insonning tashqi  ko‘rinishini va ichki hislarini  tasvirlovchi 

tarkibida tana a’zolarini bildiruvchi so‘zlar qatnashgan bahuvrihilar. 

Biz  bahuvrihilarni  guruhlarga  ajratish  mobaynida  ko‘plab  ikkilanishlarga 

duch  keldik,  shunday  bo‘lsa  ham  insonning  mayda  xususiyatidan  tortib,  uni 

ulug‘laydigan belgilarigacha ifodalaydigan bahuvrihilar mavjudligiga amin bo‘ldik. 

Shu  ma’noda  insonning  tevarak-  atrofdagilarga  munosabati,  kayfiyati,  tashqi 

ko‘rinishi 

va 

hattoki 


tana 

a’zolarini 

bildiruvchi 

so‘zlardan 

yasalgan 

bahuvrihilarning  tilimizda  uzoq  vaqtlardan  beri  mavjudligiga  ishonch  hosil  qildik 

va  shundan  kelib  chiqqan  holda  o‘zbek  tilining  izohli  lug‘atidan  tarkibida  tana 

a’zolarini  anglatuvchi  so‘zlar  qatnashgan  110ta  bahuvrihilarni  topishga  muvaffaq 

bo‘ldik.  Quyida  ularning  hammasini  keltirib  o‘tamiz:  badnafas,  banginusxa, 

badhaybat,  badsurat,  badnusxa,  badburush,  badbashara,  badzabon,  badro‘y, 

badchehra,  badqovoq,  baliqko‘z,  bangibashara,  bodomqovoq,  bo‘taloqko‘z, 

bo‘tako‘z,  bug‘doyrang,  buzuqbosh,  gulchiroy,  gulandom,  guljabin,  gulbadan, 

gulrux,  gulchehra,  gulyuz,  gulro‘,  guluzor,  devqomat,  do‘ngpeshona, 

yelpishtovoq, yolg‘izoyoq, yolg‘izqo‘l, yaltirbosh, yalangto‘sh, yakkabosh, jayron 

ko‘z,  jigarso‘xta,  jagarpora,  jigarband,  jigargo‘sha,  zeboqad,  zag‘chako‘z, 

ikkiyuzlama,  ikkiyuzlamachi,ikkiqat,  ichkuyar,  kamgo‘sht,  ko‘zbo‘yamachi, 

kalondimog‘,  kamsoqol,  kamsuhan,  kampirdahan,  kaltadum,  kallaxum, 

noziknihol,  oyparcha,  otashzabon,  og‘iroyoq,  oqmiya(eshakmiya),  ochko‘z, 

otashqalb,  oftobro‘y(a),  olako‘z,  oyoqyalang,  oqsoqol,  oqsuyak,  otashnafas, 

parichehra, pariruxsor, pariro‘(y), qoramag‘iz, qizilmag‘iz, qushburun, quvbosh, 

qoqvosh,  qirraburun,  qalamqosh,  rahmdil,  sarviravon,  sarvinoz,  sersavlat, 

so‘qqabosh,  sarvqad,  sarvqomat,  sohibjamol,  sertomir,  sersoqol,  serkiprik, 

sertomoq,  tanqaburun,  tepakal,  toshbag‘ir,  xomsemiz,  xushsurat,  xushbichim, 

xushtabassum,  xumbosh,  xumor  ko‘z  (yoki  ko‘zlari  xumor),  xushmo‘ylov, 

xushro‘y,  xushqomat,  shumoyoq,  shalpangquloq,  chakkazarb,  chapdast, 

chalishoyoq  kabilardir.(27-30)  Tan  olib  aytish    kerakki  yuqoridagi  keltirilgan 

bahuvrihilarning  ko‘pchiligi  o‘zining  beqiyos  ma’nosiga  ega.  Misol  uchun, 



‘badhaybat,  badsurat,  badnusxa,  badburush,  badbashara,  badro‘y,  badchehra, 

 

 

 



48 

badqovoq,  baliqko‘z,  bangibashara,  bodomqovoq,  bo‘taloqko‘z,  bo‘tako‘z, 

bug‘doyrang,  gulbadan,  gulchehra,  guljabin,  gulyuz,  gulro‘,  guluzor,  devqomat, 

do‘ngpeshona,  yelpishtovoq,  yaltirbosh,  jayron  ko‘z,  zeboqad,  zag‘chako‘z, 

kallaxum, kamgo‘sht, kamsoqol, kampirdahan, noziknihol, oyparcha, oftobro‘y(a), 

olako‘z,  oqsoqol,  parichehra,  pariruxsor,  pariro‘(y),  qoramag‘iz,  qizilmag‘iz, 

qushburun,  qoqvosh,  qirraburun,  qalamqosh,  sersavlat,  sarvqad,  sarvqomat, 

sohibjamol,  sertomir,  sersoqol,  serkiprik,  tanqaburun,  tepakal,  xomsemiz, 

xushsurat, xushbichim, xushtabassum, xumbosh, xumor ko‘z (yoki ko‘zlari xumor), 

xushmo‘ylov,  xushro‘y,  xushqomat,  shalpangquloq”  kabi  bahuvrihilar  insonning 

tashqi ko‘rinishi qanday ekanligini o‘xshatishlar orqali tasvirlab keladi. 

Navbatdagi  biz  izoh  bermoqchi  bo‘lgan  bahuvrihilar  esa  insonning  ichki 

holati    va  hislarini  ifodalab  keladi.  Misol  uchun:  “badnafas,  buzuqbosh, 



yelpishtovoq,  yolg‘izoyoq,  yolg‘izqo‘l,  yalangto‘sh,  yakkabosh,  jigarso‘xta, 

jigarpora,  ikkiyuzlama,  ikkiyuzlamachi,  ikkiqat,  ichkuyar,  ko‘zbo‘yamachi, 

kalondimog‘,  kamsuhan,  otashzabon,  og‘iroyoq,  oqmiya(eshakmiya),  ochko‘z, 

otashqalb,  oyoqyalang,  otashnafas,  quvbosh,  qoqvosh,  rahmdil,  sarviravon, 

sarvinoz,    so‘qqabosh,  toshbag‘ir,  xumbosh,  shumoyoq,  chakkazarb,  chapdast, 

chalishoyoq  kabi qo‘shma so‘zlardir. Tagiga chizib ajratilgan qo‘shma  har ikkala 

guruhga  mansub, negaki  uning  ma’nolari shuni tasdiqlaydi. Masalan, “  xumbosh, 



xumkalla” so‘zlariga izohli lug‘atimizda “Ayn. Xumkalla (xum kabi katta bosh) 1. 

boshi  xumday,  kallasi  katta,  kallador;  2.  miyasi  yo‘q,  kallavaram,  qovoqbosh” 

deya  izoh  berib  o‘tilgan.  Demak  bu  qo‘shma  so‘zni  har  ikkala  guruhga 

kiritishimizga yetarlicha asosimiz bor, chunki  u birinchi  ma'noda insonning tashqi 

qiyofasini ifodalayotgan bo‘lsa, ikkinchi izohda uning ichki holatini bildirib kelgan. 

Bunga  misollarda  ham  guvohi bo‘lishingiz  mumkin. Ahmad brigadir ... xumkalla 



o‘g‘ilchasiga  kissasidan  mayiz  olib  berdi.(S.  Nurov,  Maysalarni  ayoz  urmaydi); 

Xumkalla!  Shariat  yo‘lidan  toygan  qizning  so‘ziga  ishonasanmi?  (Oybek, 

Tanlangan asarlar). 

Bizning  xalqimiz  bolajon  xalq  hisoblanadi.  Shundan  kelib  chiqib  o‘z 

farzandlariga  biror  bir  ma’no  anglatadigan  ism  qo‘yishadi.  Biz  topgan 


 

 

 



49 

bahuvrihilarning  bir  qanchasi  xalqimiz  orasida  qizlar  ismi  sifatida  qo‘llaniladi. 

Ularga : “Gulchiroy, Gulandom, Gulbadan, Gulchehra, Gulrux, Gulyuz, Gulruxsor, 

Sarvinoz  kabilar  misol  bo‘la  oladi.  Masalan,  ‘Gulchiroy’  ismi  ‘Gulchehra’  ismi 

bilan  bir  xil  ma’noni  bildiradi  ya’ni  “(gul+chehra)1.gul  yuzli,  chiroyli  go‘zal”; 

‘Gulandom va Gulbadan ismlarining ham ma’nolari bir xil ya’ni  “(gul+andom) 

qaddi qomati kelishgan nozik badan (go‘zal ayol haqida) ; (gul+badan)  ayn 

gulandom” kabi. 

Bundan  tashqari,  shaxsning  mavqei,  tabaqasini  anglatadigan  “oqsuyak, 



oqsoqol”  kabi  bahuvrihilarimiz  ham  bor.  “Ekspluatatorlik  jamiyatida  imtiyozli 

tabaqalarga zodagonlarga mansub kishi; aristokrat” ; “1. soch soqoli oqargan keksa 

odam; mo‘ysafid, 2. tar. Ilgarigi davrda bir  yoki bir necha mahalla yoki qishloqqa 

boshliq bo‘lgan mahalliy amaldor, 3. hozirgi kunda qishloq fuqarolar yig‘inlari va 

shaharlar  mahalla  qo‘mitalari  raisi.4.  ko‘chma  guruh  yoki  sinf  boshlig‘i”  degan 

ma’nolarda  keladi.  O‘z  o‘rnida    bir  narsani  ta’kidlash  joizki,  ‘oqsoqol’  so‘zi 

nafaqat  shaxning  yoshi,  mavqeini  balki  uning  tashqi  ko‘rinishini  ham  anglatadi. 

Yuqoridagi misollarda  bunga yetarlicha izohlar berilgan. Shuningdek, “jigarband 



va  jigargo‘sha”  bahuvrihilari  ham  o‘zining  ichiga  tana  a’zolarini  ifodalovchi 

so‘z(jigar)ni    oladi.  Lekin  uning  mazmuni  boshqa  bir  yangi    ma’noni  ifodalab 

keladi. Misol uchun, jigarband so‘zi “jigarning bir  bandi ya’ni qismi yoki jigariga 

bandi  qilingan”  degan  ma’noni  berishi  mumkin.  Albatta  insonga  ota-  onaga  ang 

yaqin  kishi    bu  uning  farzandi  hisoblanadi.  Shu  ma’noda  farzand  ota-onaning 

jigarini bandi qilgan kishi , shaxs hisoblanadi. “(farzand yaqin kishi) Eng yaqin, bir 

tug‘ishgan qarindosh (farzand, aka-uka, opa-singil)” Jigarbandlari yo‘lida ko‘zlari 

nigoron bo‘lgan onalar otasiz o‘ksib o‘sgan o‘g‘il-qizlar, farzand dog‘ida yurak – 

bag‘ri qon otalar hozir ham ozmi?(N.Safarov, Olovli izlar).  Mo‘min jigargo‘sham, 

salomat keldingmi?(Uyg‘un va I.Sulton, A.Navoiy). 

 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin