R ah im ov a sh od iy a shu xr at q I zi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.07.2020
ölçüsü0,56 Mb.
#32331
1   2   3   4   5   6
ingliz va ozbek till arid a bahuvrining qollanilishi


 

 

 

 

 



50 

2.2.3. Insonning tevarak atrofdagilarga bo‘lgan munosabati va 

kayfiyatini anglatuvchi bahuvrihilar. 

Oldingi  faslda  aytib  o‘tganimizdek  bahuvrihilarni  ma’no  va  mazmuniga 

qarab  guruhlarga  ajratdik  va  har  biriga  iloji  boricha  to‘g‘ri  izoh  berishga  harakat 

qilayapmiz. Shu jumladan, insonning  xarakter xususiyatlarini, tashqi ko‘rinishini, 

ichki  dunyosini,  dunyoqarashi,  fazilatlarini  ifoda  etish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan 

bahuvrihilar  haqida  to‘xtalgan  edik.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  bahuvrihilarning 

safiga kiruvchi insonning umumiy belgilari, jumladan uning tevarak atrofdagilarga 

bo‘lgan  samimiy  yoki  nosamimiy  munosabati,  ishda,  uyda,  o‘qish  jarayonida, 

ko‘chada, do‘stlar davrasida o‘zini tutishiga qarab va qolaversa, kayfiyatiga qarab 

ham  guruhladik  va  jami  tevarak  atrofdagilarga  munosabati  bo‘yicha  topilgan  42ta 

bahuvrihini e’tiboringizga havola etamiz: aspijallob, alamdiyda, alamzada, badxat, 

badniyat,  vatangado,  gulyetim,  davlatpanoh,  jafodiyda,  jabrdiyda,  jahondiyda, 

zarxarid,  yigitboshi,  yakkaqo‘l,    yo‘lto‘sar,   kosagul,  ko‘zbog‘lovchi,  kallakesar, 

ocharvoh,  otabezori,  odamkush,  padarkush,  pashshaxo‘rda,  peshqadam, 

qasamxo‘r,  qonxo‘r, supraqoqdi,  toshteshar, xotin jallob, xushxat, xilvatnishin, 

xonaqoxnishin,    chalamulla,  chalasavod,  chalaqursoq,hamdil,  hojatbaror,  

hamshahar,  hamshisha,  hamsuhbat,  hamtovoq,hamfikr,  hamxona,  hamyostiq. 

Inson kayfiyatini  anglatadigan 23ta  bahuvrihilar, jumladan: dilshikast(a), dilxush, 



dilxun, dilxasta, dilpora, diltang, dilg‘ash, dilshod, yurakzada, yakdil, kamquvvat, 

oshiftahol,  parishonxotir,  uyqutob,  falokatzada,  xayolparishon,  xastahol, 

xafahol,  xotirjam,  xushxandon,  g‘amzada,  shirindimog‘,  hijronzada    larni 

topishga muyassar bo‘ldik. (27-30) Shu o‘rinda “xo‘rdan” fe’lli negizdan yasalgan 

qo‘shma  so‘zlarga  to‘xtalsak:  bo‘zaxo‘r,baloxo‘r,  etxo‘r,  yuvindixo‘r,  kabobxo‘r, 

maoshxo‘r  nafaqaxo‘r,  norinxo‘r,  oshxo‘r,  odamxo‘r,  ontxo‘r,  poraxo‘r, 

qaymoqxo‘r,  qasamxo‘r,  qimizxo‘r,  qonxo‘r, sharobxo‘r,  chakidaxo‘r,  haromxo‘r, 

halolxo‘r    kabilar  ‘xo‘r’  negizidan  yasalagan,  ammo  ular  bir  biridan  ma’no 

jihatidan  farq  qiladi.  Masalan,  ‘bo‘zaxo‘r  va  baloxo‘r’  qo‘shma  so‘zlarining 

o‘rtasida katta farq borligini sezish qiyin emas, chunki bo‘zaxo‘r- “bo‘za ichuvchi 

odamni 


bildirsa, 

baloxo‘r-“(balo+yeyuvchi) 

birovning 

haqini 


yeyuvchi, 

 

 

 



51 

tekintomoq”  shaxsni  ifodalab  keladi.  Shu  o‘rinda  “odamxo‘r,  qonxo‘r” 

bahuvrihilari  ham  bir  biriga  ma’no  jihatidan  juda  yaqin,  jumladan  biz  hayvoniy 

nafs egalariga yuqorida yetarlicha to‘xtalgan edik, ammo ‘odamxo‘r va qonxo‘r’lik 

sifatlari  ham  bevosita  hayvonga  xosdir;  “ontxo‘r,  qasamxo‘r”  so‘zlari  ham 

sinonimlardir. Quyidagi   misollarda ‘xo‘rdan’ fe'li  o‘zining sof  ma’nosida kelgan 

qo‘shma  so‘zlar:  “bo‘zaxo‘r,  etxo‘r,  kabobxo‘r,  norinxo‘r,  oshxo‘r,  qaymoqxo‘r, 

qimizxo‘r,  sharobxo‘r,  chakidaxo‘r”  kabilardir,  chunki  ularning  tarkibidagi 

“xo‘rdan”  fe’lidan  yasalgan  xo‘r so‘zi  o‘zining “yemoq,ichmoq” degan  ma’nosini 

saqlab  qolgan;  bo‘za,  sharob,  qimizni  ichish  mumkin,  kabob,  et,  norin,  osh, 

qaymoqlarni yeyish yoki iste'mol qilish mumkin. Shu ma’noda qolgan xo‘r negizli 

bahuvrihilar  ko‘chma  ma’noni  ifodalaydi:  “  baloxo‘r,  maoshxo‘r,  nafaqaxo‘r, 

ontxo‘r,  qasamxo‘r,  poraxo‘r,  halolxo‘r  va  haromxo‘r”  kabilar.  Misol  uchun, 

baloni  yeb  bo‘lmaydi,  maosh  va  nafaqa  puliga  biror  yegulik  sotib  olib  iste'mol 

qilish  mumkin,  lekin  nafaqa  va  maoshga  kelgan  pulning  o‘zini  bevosita  iste'mol 

qila  olmaymiz;  “halolxo‘r  va  haromxo‘r”  so‘zlari  ham  shunday  tahlil  qilinishi 

lozim,  lekin  bu  misollarda:  halolxo‘r-  peshona  teri  evaziga  halol  mehnat  qilib 

topgan  haqiga  kun  ko‘ruvchi  odam  tushuniladi;  haromxo‘r  esa  butunlay  uning 

teskarisi  ya’ni  qing‘ir  yo‘llar  bilan  pul  topib,  birovning  haqqiga  hiyonat  qilib, 

harom yo‘l bilan topilgan nonni yeb kun kechiradigan odamdir. Qolaversa, bir biri 

bilan  sinonim  bo‘lgan  ‘ontxo‘r  va  qasamxo‘r’  so‘zlari  ham  xo‘r  negizining 

ko‘chma ma’no ifodalab kelayotganligini bildiradi, negaki ont va qasamni piyolaga 

solib  ichib  bo‘lmaydi.  Ontxo‘r-  ontni  ko‘p  ichadigan  odam,  qasamxo‘r  ham. 

(10;56) 

Bundan  tashqari  “  alamdiyda,  alamzada,  jafodiyda,  jabrdiyda”  kabi 

qo‘shma  so‘zlar  atrofida  yashovchi  zamondoshlaridan  jabr  ,  sitam,  alam  ko‘rgan 

kishining  ichki  kechinmalarini  ifodalaydi,  ayni  paytda  hayotdan  yoki  do‘st 

yorlaridan alamzadligini bildiradi, jumladan ‘alamzada’. Bizga sir emaski, ‘diyda’ 

so‘zi  ‘ko‘z  va  ko‘rmoq’  ma’nolarida  ko‘p  qo‘llaniladi.  Yuqorida  biz  keltirgan 

misolda alamdiyda qo‘shma so‘zi ‘atrofdagilardan, hayotdan alam ko‘rgan kishiga 

nisbatlab  aytilgan;  jafodiyda  esa  'jafo‘  ko‘rgan  kishi;  jabrdiyda  esa  'jabr'  ko‘rgan 


 

 

 



52 

ma'nosida  qo‘llanilgan.  Endi  ‘pashshaxo‘rda’  qo‘shma  so‘ziga  izoh  bersak;  bu 

so‘z  :  (f  pashsha  yegan  talagan;  pashsha  chaqqandan  keyin  uzoq  tuzalmaydigan 

yara,  jarohat)  biror  joyga  tez-tez  kelib  turadigan  xira  bo‘lib  yopishib  oladigan 

odam.”  ma’nosini  anglatadi.    Pashshaxo‘rda  bo‘lmoq.Pashshaxo‘rdalarni  quvib, 

polvonning  jilovini tortib qo‘yasan.(O.Yoqubov, Larza) 

Sir  emaski,  bahuvrihi  anglatadigan  ma’no  oldin  o‘zining  sof  ma’nosida, 

so‘ngra shaxsga ko‘chib, ko‘chma ma’noda keladi. Misol uchun hammamiz uchun 

juda  ham  yaxshi  tanish  bo‘lgan  ‘supraqoqdi’  qo‘shma  so‘zini  tahlil  qiladigan 

bo‘lsak,  u  izohli  lug‘atimizda  “1.katta  ziyofat,  to‘y  va  sh.  k  dan  keyin  qolgan 

narsalar  bilan  kichik  doiradagi  yaqin  kishilarni  mehmon  qilish  va  shunday 

mehmondorchilikning  o‘zi   2.ko‘chma eng kichik, kencha(farzand  haqida)”degan 

shaklda  berilgan.  Keling  misollar  bilan  tanishsak:  “Mo‘minboy  –  uning 



supraqoqdisi,  ellikka  kirganda  ko‘rgan  farzandi.(“Yoshlik”).  Shuningdek,  ‘xotin 

jallob’ so‘ziga yuzlansak, u ' Xotin olib xotin qo‘yuvchi”  Bu ham (Murod) otasiga 



o‘xshash xotin jallob chiqdi, - dedi Lazokat buvi.(A. Ubaydullayev, Hayot oqimi) 

“Hojatbaror”  so‘zi  esa  “(a+f  kimsaning  hojatini  chiqaruvchi,  ravo  qiluvchi, 

maj:  olloh,  xudo)  kishining  hojatini  chiqaruvchi”  deganidir.  Qishloqning  to‘y-u 

marakasi  usiz  o‘tmas,  yor-do‘stlarning  xizmatiga  tayyor,  jafokash,  hojatbaror 

odam edi. (H.Nazir, Vasiyat). 

“Hamshisha”  –  ‘(ham+shisha)  biror  kimsa  bilan  ichkilik  ichuvchi, 

ichkilikbozlikdagi  ulfat,  shishadosh’.  Muhammadjon  domla  bilan  hamshisha 

bo‘lganlari esiga tushsa, otasi o‘g‘irlikda ayblangan yosh boladay nam tortar edi. 

(Gazetadan). 

(ham+xona)  1.  bir  xonada  yashovchi,  birga  turuvchi.’  Uning  odatdan 



tashqari  shod  ekanini  ko‘rib  turgan  hamxonalari  hazilomuz  gap  tashlashdi. 

(P.Qodirov,  Uch  ildiz)2.  ko‘chma  poet.  G‘am,  azob  kabi  kechinmalarga  duchor, 

giriftor. 



Bir necha kunlardan beri ko‘rmay visoling, ey pari, 

Turli balo, ming g‘am bilan 

Hamxona bo‘ldim sog‘inib.(27-30)                                          (Hamza) 

 

 

 



53 

2.3. Ingliz tilida “bahuvrihi”lar va ularning morfologik, semantik 

xususiyatlari 

Yuqoridagi  bobda  to‘xtalganimizdek,  inglizlar  qo‘shma  so‘zlar  sohasida 

ko‘plab izlanishlar qilishgan va qo‘shma so‘zlarni morfologik va semantik jihatdan 

bir  necha  guruhlarga  ajratgan  holda  o‘rganishgan.  Shunga  ko‘ra  4  ta  turdagi 

qo‘shma so‘z tiplari aniqlangan, jumladan 

1.Endosentrik 

2.Ekzosentrik( shuningdek “bahuvrihi”) 

3.Kopulativ ( shuningdek “dvanda”) 

4.Appozitiv kabilardir. 

Atish  kerakki,  har  bir  guruhga  kiruvchi  qo‘shma  so‘zlarning  o‘ziga  xos 

xuxusiyatlari  mavjud. Masalan, endosentrik qo‘shma so‘zlar aniqlovchili qo‘shma 

so‘zlar hisoblansa, kopulativ qo‘shma so‘zlarning har bir ma’no anglatuvchi qismi 

o‘zi bildiradigan mazmundan chekinmagan holda, uchunchi bir narsa yoki shaxsni 

ifodalaydi.  O‘z  o‘rnida  appozitiv  qo‘shma  so‘zlar    esa  qismlari    mazmun  jihatdan 

bir  briga  qarshi  bo‘lgan,  lekin  bir  narsa  yoki  hodisani  bildirib  keladigan  qo‘shma 

so‘zlar hisoblanadi. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda,  ekzosentrik  qo‘shma  so‘z  tipi  bu  – 

bahuvrihidir.  Bunday  qo‘shma  so‘zlar  sanskrit  tilida“bahuvrihi”  atamasi  bilan 

qo‘llaniladi    va    ma’no  jihatdan  “  ko‘p  guruch”  deganidir  .Bu  yerda  guruchning 

o‘zi emas, balki shu guruchga egalik qiluvchi odam tushuniladi, boshqa so‘z bilan 

aytganda bu  yerda  ma’no ko‘chishi ro‘y berib, u “ko‘p guruchli odam”  ma’nosini 

bildiradi.  Ingliz  tilida  ham  tuzilish  va  ma’no  jihatdan  qo‘shma  so‘zlar  shunday 

ko‘rinishda  bo‘ladi.  Ta’rif    beradigan  bo‘lsak  bu  turdagi  qo‘shma  so‘zlar  ikkita  

so‘z  negizdan    tashkil  topadi  lekin  bu  negizlar  ikkalasi  birgalikda  boshqa  bir 

semantik birlikni anglatadi. Ulardan hech biri  ko‘pchilik hollarda  to‘laligicha o‘z 

ma’nosida  kelmaydi  va  ulardan  ma’no    anglashila  olmaydi.  Misol  tariqasida, 



white-collar  ya’ni  ‘oq  yoqa’  ma’nosini  bildiruvchi  bu  so‘z  oddiygina  ko‘ylak 

yoqasini, narsani bildirib turgani yo‘q, aksincha ‘oq yoqali odam’( yoqaning rangi 

ijtimoiy  iqtisodiy  mavqe  uchun  metonimiyadir)ni anglatayapti.  Bu  misolda  ma’no 


 

 

 



54 

narsadan bevosita shaxsga ko‘chgan. Bahuvruhining  tabiati murakkab hisoblanib, 

uni  hech  qanday  so‘z  ochib  bera  olmaydi.  Boshqa  yana  bir  misol  keltirsak, 

“barefoot”-  oyoqyalang.  Ko‘rinib  turibdiki,  bu  yerda  birinchi  ma’no  “oyog‘ida 

hech  narsa  kiyib  olmagan  odam  “  tushunilsa,  keyingi  ma’no  esa  ko‘chma 

“ kambag‘al odamni” ifodalab kelgan. Biz ham o‘zbek tilida bu so‘z haqida o‘ziga 

yarasha  ma’lumotga  egamiz  va  nutqimizda  ham  qo‘llaymiz.  Misol  uchun, 



“couchpotato”  so‘zini  odamga  nisbatan  televizor  ko‘rishga  mukkasidan  ketgan 

ma’nosida  qo‘llash  mumkin,chunki  kartoshka  poyasi  qanchalik  uzoq  yerda 

ko‘milib  tursa,  shunchalik  chuqur  ildiz  tashlaydi,  demak  televizor  ko‘rishga 

mukkasidan  ketgan  odam  kartoshkaga  o‘xshatilayapti.  Bu  so‘zning  lug‘aviy 

ma’nosini  izohli  lug‘atda  sog‘lomlashtiruvchi  mashqlarni  bajarmay,  nuqul  vaqtini 

televizor  tomosha  qilib  o‘tkazadigan  odam  deb  berilgan.  Ekzosentrik  qo‘shma 

so‘zlar    ingliz  tilida    kam  uchrasa  ham  nutqda  qo‘llaniladi.  Bunday  qo‘shma 

so‘zlardan  anglashilayotgan  narsa  va  hodisa  so‘z  ma’nosi  bilan  juz’iy    bog‘liq  

bo‘lsada  aynan  shu  so‘zlar  anglatgan  ma’nolarga  uzviy  aloqasi bo‘lmaydi. Bu 

ta’rif  hech  qanday    e’tirozlarsiz    ikkala    o‘zbek    va    ingliz    tillaridagi  attributiv  

qo‘shma    so‘zlar    uchun    umumiy    deb    olinishi    mumkin,  chunki    ular  orasidagi  

o‘xshashlikni    anglash    qiyin    emas.    Misol    uchun,  ingliz    tilidagi  “egghead” 

qo‘shma    so‘zini    olsak,  u  tuxum  shaklidagi    boshni  emas,  balki  umuman  boshqa 

ma’noni  ya’ni  judayam  zehni  o‘tkir  shaxsni  ifodalab  kelmoqda.  Yoki  “longlegs” 

so‘ziga  murojaat  qiladigan  bo‘lsak,  u  ‘uzun  oyoqli  odamni  emas,  balki  kriket 

o‘yinida    to‘p  oshiruvchining  orqa  tomonida  turadigan  o‘yinchi’  ma’nosini  ochib 

bergan.  Shu  o‘rinda  o‘zbek  tiliga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  bunday  misollarni  ko‘p 

uchratishimiz  mumkin.  Fikrimning  isboti  sifatida  “xumkalla”  so‘ziga  izoh  bersak, 

bu  yerda  kallasi  xumga  o‘xshagan  odamni  va  albatta,  asosan  “miyasi  yo‘q, 

kallavaram,  qovoqbosh  ya’ni  esi  pastroq  odamni  tushunamiz.  Yoki  bo‘lmasam 

“qovoqbosh” soziga ta’rif bersak, lug‘at tarkibiga kiritilmagan bo‘lsa ham kundalik 

nutqimizda  ko‘p  qo‘llaymiz,  qaysi  ma’nodaki  boshining  o‘rnida  xuddi  qovoq 

turgandek, miyasi ishlamaydigan, bo‘m bo‘sh sifatida. (19;211) 


 

 

 



55 

Ingliz  tilida  bahuvrihilarning  oxirgi  komponenti  odatda  ot  bilan  tugaydi, 

ammo qo‘shma so‘zning o‘zi ot yoki sifatni bildirishi mumkin. Urg‘u esa so‘zning 

birinchi  komponentiga  tushadi.  Ingli  tilida  ham  bahuvrihilar  shaxsning 

belgilarinini 

sinekdoxa 

orqali 

tasvirlaydi. 



Misol 

uchun, 


flatfoot, half-

wit, highbrow, lowlife, redhead, tenderfoot, longlegs, white-collar

houndstooth  a 

 

woven  fabric  with  a  patterns  resembling  dog‘s  teeth:  "She's  wearing 

houndstooth."    ya’ni  ‘hound’  so‘zini  o‘zbek  tiliga  ‘tozi  it’  deb  tarjima  qilinadi; 

‘tooth’  ‘tish’  deb  tarjima  qilinadi  va  “tozi  itnimg  tishi”  degan  ma’noni  bildiradi, 

ammo  bu  misolimizda  u  “  tozi  itning  tishiga  o‘xshash  naqsh  tushirilib  to‘qilgan 

mato”  degan  mazmunda  kelgan.  “She  is  wearing  houndstooth”  esa  “  u  tozi  itning 

tishini  emas  balki  shunga  o‘xshash  naqsh  tushirilgan  matodan  tikilgan  ko‘ylak 

kiyib  olgan”  deb  tarjima  qilinadi.  Guvohi  bo‘lganingizdek  ,qo‘shma  so‘z 

komponentlari  yangi  ma’no  anglatishga  xizmat  qilgan.  Shu  o‘rinda  ta’kidlash 

joizki,  ingliz  tilida  bahuvrihilar  faqat  shaxsga  xos  bo‘lgan  xususiyatlarni  emas,  

balki  jonsiz  narsalarni  ham  bildiradi.  Boshqa  yana  bir  misolga  izoh    beradigan 

bo‘lsak,  “bluestocking”,  bu  misol  so‘zma  so‘z  tarjima  qiladigan  bo‘lsak,  ‘blue’  –

havorang, ko‘k, ‘stocking‘ esa paypoq degan  ma’noni anglatadi. Demak bu so‘z “ 

havo rangli paypoq” degani ekan, ammo bahuvrihi sifatida u “ yaxshi ta’lim olgan, 



ziyoli va yuksak mahoratga ega, oqsuyak ayolni  ” ifodalab kelgan. "Auntie Maud 

will  never  marry;  she's  a  bluestocking."  Bu  misolni  tarjima  qiladigan  bo‘lsak, 

“Auntie Muad hech qachon  turmushga chiqmaydi; u oqsuyak xonimlardan. “ (2) 

Shuningdek,  boshqa  misollarga  ham  izoh  beradigan  bo‘lsak,  “half-wit”  - 

‘aql  yarim’  deb  tarjima  qilinsa  ham,  o‘zbek  tiliga  ‘esi  past’,  ‘kallavaram’  deb 

tarjima  qilish maqsadga muvofiqdir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



56 

Bob bo‘yicha xulosa: 

Bobimiz  bo‘yicha  shunday  xulosalarga  kelish  mumkinki,  o‘zbek  va  ingliz 

tilidagi  bahuvrihilarning  o‘ziga  xos  o‘xshashliklari  va  farqlari  mavjud  va  ular 

tilshunos  olimlarning,  qolaversa  bizning  tadqiqotlarimizga  muhtoj  desak, 

mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  ingliz  tilidagi  bahuvrihilar 

shaxs  xarakter-  xususiyati  bilan  birgalikda,  jonsiz  narsalarning  ham  belgilarini 

anglatib keladi, biroq bu izoh o‘zbek tilidagi bahuvrihilar uchun unchalik ham mos 

emas,  chunki  o‘zbek  tilidagi  bahuvrihilar  bevosita  shaxs  va  unga  xos  bo‘lgan 

xarakter,  fazilat,  qiliq,  uning  tevarak  atrofdagi  kishilarga  nisbatan  munosabati, 

kiyimlariga  qarab  izohlanadigan  va  tarkibida  tana  a’zolarini  ifodalaydigan  so‘zlar 

qatnashgan  bo‘ladi.  Bularga  “jonkuyar,  xushfe’l,  lattachaynar,  jabrdiyda, 

yolg‘izoyoq” kabi bahuvrihilarning anchasini  misol sifatida  ham  keltirib,  ularning 

har  biriga  alohida,  alohida  izoh  berildi.  Bundan  tashqari  bahuvrihining  tabiatini 

ochib berish uchun o‘zbek tilining izohli lug‘atidan to‘plangan misollarninh tahlili 

va  izohlari  ham  berildi.  Qolaversa  ingliz  tilidagi  bir  qancha  bahuvrihilarga  ham 

to‘xtalib  o‘tildi  va  tahlil  qilindi.  Ulardan  “bluestocking,  longlegs,white-collar, 

egghead, highbrow” va boshqalar. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 



57 

XULOSA 

Qo‘shma  so‘zlar  va  ularning  alohida  turi  hisoblangan  aniqlovchili 

(attributiv  )  qo‘shma  so‘zlar,  yoxud  “bahuvrihi”larning  o‘rganilish  tarixi  mavzusi 

bo‘yicha  biz  tanishgan  adabiyotlardan  kelib  chiqqan  holda,  xulosa  o‘rnida  shuni 

aytishimiz  mumkinki,  mazkur  so‘z  yasash  usullari  dunyo  tilshunoslari  tomonidan 

astoyidil tadqiq qilingan.  Ayniqsa Yevropa tilshunoslarining bu  mavzu borasidagi 

ishlari  e’tiborga  loyiq.  Chunonchi,  ingliz  va  nemis  tili  mutaxassislari  qo‘shma 

so‘zlarni  klassifikatsiyasi  va  differensatsiyasi,  ya’ni  ularni  guruhlarga  bo‘linish 

imkonlari  va  o‘zaro  farqli  tomonlarini  ajratib  o‘rganilishiga  jiddiy  e’tibor 

qaratishgan va muayyan ilmiy to‘xtamlarga kelishgan. 

Shu  jumladan,  roman  –german  oilasiga  mansub  bo‘lgan  nemis  tilida  

qo‘shma so‘zlar 4 ta guruhga bo‘linib o‘rganilgan, jumladan: 

1.Attributive Zusammensetsungen(aniqlovchili qo‘shma so‘zlar) 

2.Kopulative Zusammensetsungen(kopulativ qo‘shma so‘zlar) 

3. Zusammenrueckungen(siqishtilirgan qo‘shma so‘zlar) 

4. Zusammenbildungen(qo‘shib yasalgan qo‘shma so‘zlar) 

Ma’lumki,  attributiv  qo‘shma  so‘zlar    bir  biri  bilan  qo‘shma  so‘z 

komponentlarining  aniqlovchi-aniqlanmish  xususiyatlariga  qarab  belgilanadi. 

Odatda  qo‘shma  so‘zning  birinchi  komponenti  ikkinchisini  aniqlab  keladi  yoki 

teskarisi  ya’ni  ikkinchi  komponent  birinchinchisini  aniqlab  keladi,  tobe-  hokim 

so‘zlar  o‘rinlarini  almashtiradilar(das  Jahrhundert,  das  Jahrzehnt).  E’tiborlisi 

shundaki, qo‘shma so‘zlar komponentlarining o‘rni almashuvi  bilan  urg‘ular o‘rni 

ham  almashadi.  Bu  turdagi  qo‘shma  so‘zlar  komponentlari  otlardan  yoki 

sifatlardan  tashkil  topishi  mumkin.  Masalan  ,  Schwarzbrot,  Tischlampe, 



Tageslicht,  Sonnenstrahl,  dunkelrot  kabi.  Xuddi  shu  guruhga  mazkur  bitiruv 

malakaviy  ishimizning  tadqiqot  obyekti  bahuvrihilar  ham  kiradi.  Misol  uchun, 

Graukopf, Rotkaeppchen. 

Kopulativ  qo‘shma  so‘zlarda  komponentlar  sintaktik  ,  semantik  jihatdan 

teng  huquqli  bo‘ladilar,  yoxud  ularda  tobelik  yoki  hokimlik  bo‘lmaydi.  Ularning 


 

 

 



58 

ma’nosi  teng  huquqlilik  asosida  mushtaraklashadi,  chunonchi:  Strichpunkt, 



taubstumm, dreizehn, zweiundzwanzig, bittersuess. 

Siqishtirilgan  qo‘shma  so‘zlar(Zusammenrueckungen)  bu  xil  qo‘shma 

so‘zlar  ikki  yoki  undan  ortiq  erkin  bog‘langan  komponentlardan  ba’zan  xatto 

gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda  erkin so‘zlar yoki  biror gap ichidagi so‘zlar – har 

bir  gap  bo‘lagi  o‘z  o‘rnida  qo‘shilib  (siqib  olib  kelinib)  qo‘llaniladi.  Har  biz  so‘z 

o‘zining  ma’no  mustaqilligiga  ega  bo‘ladi  va  gap  nima  haqida  ketayotganligi 

yaqqol  tushunib  turiladi.  Ayrim  hollarda,  ma’no  ko‘chishi  ro‘y  beradi,  jumladan, 

Vergissmeinnicht,  Einmaleins,  derart,  infolge,  stehenbleiben  kabilar.  To‘la  bir 

gapni qo‘shib yozilishini misol keltiramiz. Du bist zu spaet. – Kam der Buss nicht 

zur rechten Zeit. Lass deine Ausrede “ Eskamderbussnichtzurrechtenzeit!” 

Qo‘shib  yasalgan  qo‘shma    so‘zlar(Zusammenbildungen)  bu  tur  qo‘shma 

so‘zlar  ikki  leksikologik  jarayon-  vosita    asosida  yasaladi.  Ularning 

komponentlaridan  biri  yasama  so‘z  bo‘lib,  tilda  alohida  qo‘llanilmaydi.  Masalan, 

Fruehaufsteher, Inbetreibsetzung, blauaeugig kabilar. 

Qolaversa  ingliz  tilshunos  olimlari  ham  qo‘shma  so‘zlarni  morfologik  va 

semantik 

jihatdan 

qunt 

bilan 


 

o‘rganishgan. 

 

Qo‘shma 


so‘zlardagi 

komponentlarning  o‘zaro  ma’no  munosabatlarga  ko‘ra  ingliz  tilida  ular  ham 

quyidagi 4 guruhga bo‘linadi: 

1.Endosentrik 

2.Ekzosentrik( shuningdek “bahuvrihi”) 

3.Kopulativ ( shuningdek “dvanda”) 

4.Appozitiv 

Endosentrik  qo‘shma  so‘zlar  aniqlovchi  aniqlanmishga  bo‘linadi  ya’ni  

birinchi  so‘z  ikkinchisini  (  ikkinchi  komponentni)  ikkinchi  komponent  esa 

birinchisini  aniqlab  kelishi  mumkin.  Misol  uchun,  housekeeper,  cargo,  caretaker 

va boshqalar. 

Yuqoridagi berilgan misollarda  housekeeper so‘zida asosiy ma’no “keeper” 

negizidan  anglashiladi,  chunki  u  “  asrovchi,  saqlovchi”  degan  ma’noni  bersa, 

‘house  ‘  so‘zi  qo‘shilib  uning  qanday  turdagi    saqlovchi  ekanini  bildirgan    ya’ni 


 

 

 



59 

aniqlab kelgan” uy qo‘riqchisi”. “Cargo” so‘zi ham qo‘shma so‘zning  endosentrik 

turiga  mansub  bo‘lib,  unda    ikkinchi  so‘z  birinchi  so‘zni  aniqlab  kelgan.  Negaki, 

cargo  so‘zi  ‘yuk’  degan  ma’noni  beradi  va  so‘zma  so‘z  tarjima  qiladigan  bo‘lsak 

‘mashinada boruvchi’ degan ma’noni bildiradi. 

Ingliz    tilida    qo‘shma    so‘zlarning  ikkinchi  turi  bu  ekzosentrik  qo‘shma 

so‘zlardir  Ta’rif    beradigan  bo‘lsak  bu  turdagi  qo‘shma  so‘zlar  ikkita    so‘z 

negizdan  tashkil topadi,  lekin bu negizlar ikkalasi birgalikda boshqa bir semantik 

birlikni  anglatadi.  Ulardan  hech  biri    ko‘pchilik  hollarda    to‘laligicha  o‘z 

ma’nosida  kelmaydi  va  ulardan  ma’no    anglashila  olmaydi.Agar  misol  keltirsak, 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin