R ah im ov a sh od iy a shu xr at q I zi


  Bob bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.07.2020
ölçüsü0,56 Mb.
#32331
1   2   3   4   5   6
ingliz va ozbek till arid a bahuvrining qollanilishi


 

 

 

 



29 

Bob bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 

1.Qo‘shma so‘zlar shu kunga qadar Yevropa tilshunosligida keng qamrovda 

o‘rganilganligiga ishonch hosil qilgan holda, nemis va ingliz tilshunoslarining bu  

boradagi fikr va mulohazalari bilan yaqindan tanishdik. 

2.O‘zbek tilshunoslari tomonidan qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi o‘rtasidagi 

farqlarga oydinlik kiritilgan va ular bafurja tahlil qilingan. Qo‘shma so‘zlar tarixan 



so‘z  birikmalaridan  o‘sib  chiqqan.  Til  taraqqiyoti  jarayonida  so‘z  birikmasi 

qismlarining ma’no va grammatik jihatdan yaxlit bir holga kelishi, uning qismlari 

orasidagi    sintaktik  munosabatning  yo‘qolishi  hamda  ularning  bir  ma’no 

markaziga birlashishi natijasida qo‘shma so‘zga aylanadi. 

3.O‘zbek  tilida  qo‘shma  so‘zlarning  o‘rganilishi    hali  ko‘p  izlanish  va 

tadqiqotlarni  talab  qiladi.  Shu  asnoda  tilimizdagi  qo‘shma  so‘zlarni  xuddi  boshqa 

tillardagi kabi  morfologik va semantik  jihatdan turlarga ham ajratish mumkin. 

 


 

 

 



30 

IKKINCHI BOB: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA 

“BAHUVRIHI”LAR 

Ushbu  bob  va  fasllarda  o‘zbek  tilshunosligida  haligacha  nisbatan  kam 

o‘rganilgan  mavzu-  attributiv( 

aniqlovchili) 

qo‘shma 

so‘zlar 

yoxud 

bahuvrihilar  tahlilga  tortiladi.  Unda  “bahuvrihi”  borasida  dunyo  (  asosan 

Yevropa)tilshunosligida 

aytilgan 

eng 


ilg‘or 

 

nazariy 



ma’lumotlarga 

tayanilib,o‘zbek  tilida    (xalqimiz  nutqida  )  uchrovchi    bahuvrihi    (leksikologik 

vosita)larga  morfologik va semantik izohlar beriladi. 

“Bahuvrihi”    termini  hali  o‘zbek  tilshunoslariga  yaqindan  tanish  emasligini 

inobatga  olgan  holda,  avvalo  ,  mazkur  atama    va  u  orqali  angalashiladigan  

leksikologik vositaga izoh berib o‘tiladi va “bahuvrihi” so‘zi kelib chiqishi, ma’no 

va  mazmuni,  bahuvrihining    aniqlovchili  (attributiv)  qo‘shma  so‘zlarning  bir  turi 

bo‘lib, uning ostida inson shaxsi nomlanishi bilan bog‘liq holda yasalgan qo‘shma 

so‘zlar  tushunilishi  haqida  yetarlicha  ma’lumot  va  izohlar  keltiriladi.  Bundan 

tashqari,  mazkur  bobimizda  bahuvrihining  tilimizdagi  boshqa  attributiv  qo‘shma 

so‘z(  tuyaqush,  qizilishton,  oshqozon,  ko‘kqarg‘a  va  bosh)lardan  farqlanish 

xususiyatlari    va  belgilari  misollar  va  ularning  tahlillari  asosida,  astoyidil,  yoritib 

beriladi va izohlaniladi. Bir so‘z bilan aytganda,  bu bob o‘zbek o‘quvchilariga hali 

notanish  bo‘lgan  “bahuvrihi”  termini  ostida  nima  yashirin  ekanligi  va  uning  

morfologik  xususiyatlari  bilan  sizni    yaqindan  tanishtiradi  va  o‘zbek  tilining  boy 

leksikasi qatoridagi bahuvrihilarga ham izoh beradi. 



2.1. “Bahuvrihi” va uni boshqa qo‘shma so‘zlardan farqlanish 

xususiyatlari 

Grammatik tobelik munosabatlari asosida birikkan, yoki, bu munosabat aniq 

anglashilmaydigan  ikki  va  undan  ortiq  so‘z  yoki  so‘z  shakllaridan  tashkil 

topib,asosiy  va  yordamchi  urg‘ular  ostida  talaffuz  qilinadigan,  bir  tushunchani 

ifodalaydigan  so‘z qo‘shma  so‘z  deyiladi.  Masalan:  belbog‘,  yer  yong‘oq, 

yertandir, muzyorar, kungaboqar, ko‘zoynak, oshqovoq, so‘z boshi, mehmondo‘st, 

sohibjamol, o‘zbilarmon. (10) 


 

 

 



31 

Qo‘shma  so‘zlar  Yevropa  tilliarida    oziga  xos  turlarga  ajratib  o‘rganiladi. 

Yuqoridagi  bobimizda  bunga  o‘zingiz  ham  guvohi  bo‘ldingiz,  jumladan  ingliz 

tilida  4  ta  guruh    va  qolaversa    roman  –german  oilasiga  mansub  bo‘lgan  nemis 

tilida  qo‘shma so‘zlar 4 ta guruhga bo‘linadi. 

1. 


Attributive Zusammensetsungen 

2. 


Kopulative Zusammensetsungen 

3. 


Zusammenrueckungen 

4. 


Zusammenbildungen 

Attributiv  qo‘shma  so‘zlar  (aniqlovchili  qo‘shma  so‘zlar)  bir  biri  bilan 

qo‘shma  so‘z  komponentlarining  aniqlovchi-aniqlanmish  xususiyatlariga  qarab 

belgilanadi.  Odatda  qo‘shma  so‘zning  birinchi  komponenti  birinchisini  aniqlab 

kelishi  mumkin(yoki  teskarisi-  das  Jahrhundert,  das  Zehnt).    Bu  turdagi  qo‘shma 

so‘zlar  komponentlari  otlardan  yoki  sifatlardan  tashkil  topishi  mumkin.  Masalan, 

Schwarzbrot,  Tischlampe,  Tageslicht,  Sonnenstrahl,  dunkelrot  kabi.  Xuddi  shu 

guruhga  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishimizning  tadqiqot  obyekti  bahuvrihilar  ham 

kiradi. Misol uchun, Graukopf, Rotkaeppchen. 

Kopulativ  qo‘shma  so‘zlarda  komponentlar  sintaktik  ,  semantik  jihatdan 

teng  huquqli  bo‘ladilar,  yoxud  ularda  tobelik  yoki  hokimlik  bo‘lmaydi.  Ularning 

ma’nosi  teng  huquqlilik  asosida  mushtaraklashadi,  chunonchi:  Strichpunkt, 

taubstumm, dreizehn, zweiundzwanzig, bittersuess. 

Siqishtirilgan  qo‘shma  so‘zlar(Zusammenrueckungen)  bu  xil  qo‘shma 

so‘zlar  ikki  yoki  undan  ortiq  erkin  bog‘langan  komponentlardan  ba’zan  xatto 

gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda  erkin so‘zlar yoki  biror gap ichidagi so‘zlar – har 

bir  gap  bo‘lagi  o‘z  o‘rnida  qo‘shilib  (siqib  olib  kelinib)  qo‘llaniladi.  Har  biz  so‘z 

o‘zining  ma’no  mustaqilligiga  ega  bo‘ladi  va  gap  nima  haqida  ketayotganligi 

yaqqol  tushunib  turiladi.  Ayrim  hollarda,  ma’no  ko‘chishi  ro‘y  berishi  mumkin, 

jumladan,  Vergissmeinnicht,  Einmaleins,  derart,  infolge,  stehenbleiben  kabilar. 

To‘la  bir  gapni  qo‘shib  yozilishini  misol  keltiramiz.  Du  bist  zu  spaet.  –  Kam  der 



Buss 

nicht 

zur 

rechten 

Zeit. 

Lass 

deine 

Ausrede 

“ 

Eskamderbussnichtzurrechtenzeit!” 

 

 

 



32 

Qo‘shib yasalgan so‘zlar(Zusammenbildungen) bu tur qo‘shma so‘zlar ikki 

leksikologik  jarayon-  vosita    asosida  yasaladi.  Ularning  komponentlaridan  biri 

yasama  so‘z  bo‘lib,  tilda  alohida  qo‘llanilmaydi.  Masalan,  Fruehaufsteher, 

Inbetreibsetzung, blauaeugig kabilar. (2;45) 

Shu  o‘rinda  “bahuvrihi”  terminiga  izoh  beradigan  bo‘lsak,  “bahuvrihi” 

so‘zi kelib chiqish nuqtai nazaridan sanskrit tili mahsuli hisoblanadi. Bu atama eski 

hind  tilida  “ko‘p  guruch”  yoki  “guruch  boyi”    ma’nosini  anglatadi.    Bahuvrihi  

aniqlovchili  (attributiv)  qo‘shma  so‘zlarning  bir  turi  bo‘lib,  uning  ostida  inson 

shaxsi  nomlanishi  bilan  bog‘liq  holda  yasalgan  kompozita(qo‘shma  so‘z)lar 

tushuniladi. 

Ma’lumki, 

aniqlovchili 

(attributiv) 

qo‘shma 

so‘zlar 


ikki 

komponentdan (tobe, hokim) iborat bo‘lib, ularning biri ikkinchisini, ikkinchisi esa  

birinchisini  aniqlab  keladi.    Komponentlar  (qo‘shma  so‘zning      aniqlovchi  va 

aniqlanmishlari) 

qo‘llanilish 

maqsadlariga 

ko‘ra 

o‘rinlarini 



almashtirishlari(nozikbel-belinozik) mumkin. (1) 

Bahuvrihining  boshqa  attributiv  qo‘shma  so‘zlardan  farqi  shuki,  u  orqali 

ifodalanilayotgan    shaxs  (kimsa)    ma’nosi    ko‘chma  -    metaforik-metonimik 

xususiyatga  ega  bo‘ladi,ya’ni  bu  qo‘shma  so‘zlar  ostida    asosan  tirik 

shaxs(odam)ning o‘ziga xos tomoni, belgisi,  uning boshqalardan  ajralib turuvchi 

alohidaligi  tushuniladi.  Uning  yana  bir  o‘ziga  xos  tomoni  shundaki,  u 

sinekdoxa( qism orqali butunnni anglatish )orqali va umuman kishi shaxsini to‘la 

nomlaydi  va  izohlaydi.  So‘zimizning  isboti  sifatida  quyidagi  misollarga  e’tibor 

qaratishingizni  so‘raymiz:  olako‘z(  ko‘zi    ola  odam,  shaxs  nomlanishida  uning 

faqat  ko‘zlari  e’tiboga  olingan),  qirg‘iyburun(  burni  qirg‘iynikiga  o‘xshash 

shaxs,burun  orqali  nomlanayapti),    shalpangquloq  (qulog‘ining  me’yordan 

kattaligi  uchun  quloq  so‘zi  bilan  butun  boshli  bir  shaxs  nomlanayapti), 

chalishoyoq(chalish  oyoqlari  orqali  uning  egasi  nomlanilayapti)  va  boshqalar. 

Yuqoridagi misollarning barchasida odam tanasining bir qismi orqali uning o‘ziga 

diqqat  qaratilgan  ya’ni  qism  orqali    bir  butun  ifodalangan  (sinekdoxa).  Ma’no 

ko‘chishi  (metafora)  asosida  qo‘shma  so‘z    komponentlarining  semantikasi 

e’tibordan  chetda  qoladi.  Masalan,”  xumkalla”  bahuvrihisi      ostida  ahmoq  odam 


 

 

 



33 

tushuniladi,  “xum  “va”  kalla”  so‘zning  lug‘aviy    ma’nolari  soyada  qoladi, 

ko‘rinmaydi.  Shu  ma’noda,bahuvrihilar  muayyan  shaxsning  xarakterli 

xususiyatlarini(toshbag‘ir,ochko‘z,shirinsuxan),  tashqi 

ko‘rinishi  (olako‘z, 

kaltasoch),  ichki  hislarini(  alamzada,  jabrdiyda),  kiyimlari(  kaltayubka,  

uzunko‘ylak), tana a’zolari(soch, ko‘z, quloq,oyoq,qo‘l va boshqalar, jigargo‘sha, 

yolg‘izqo‘l),  qiliqlari  (ishbuzar,  ikkiyuzlamachi),  dunyoqarashi,  fe'l-atvori, 



kayfiyati,  tevarak  atrofdagilarga  munosabati(hayotda,oilada, o‘qish ish joyida, 

ko‘chada,  jamoat  joylaridagi  shaxsning  o‘zini  tutishi,  xarakteri)  va    umuman 

insonni xarakterli imkoniyatlarini tasvirlashda keng qo‘llaniladi. 

Shuningdek, bahuvrihi boshqa qo‘shma so‘zlardan u orqali anglashilayotgan 

narsa, hodisa va shaxs bahuvrihi  yasagan so‘z komponentlari  ma’nosi bilan juz’iy 

(qisman)  bog‘liq  bo‘lsada,  aynan  shu  so‘zlar  anglatgan  ma’nolarga  uzviy  aloqasi 

yo‘qligi bilan farq qiladi. Binobarin , “ochko‘z” bahuvrihi so‘zini ochlik yoki ko‘z 

bilan  bevosita  aloqasi  yo‘q,  negaki  bu  so‘z  orqali  biz  “yeb  to‘ymaydigan,  nafsini 

tiyolmaydigan,  nafsi  buzuq  yoki  biror  narsaga  o‘ch  va  ortiqcha  xirs  qo‘ygan 

odam”ni  tushunamiz.  Bundan  tashqari  yana  bir  misol  “kaltadum”.  Bu  bahuvrihi 

anglatayotgan ma’nolar ham o‘ziga xos, sababi shuki   biz birinchi, o‘z ma’nosida 

‘ dumi kalta jonivor’ni tushunsak, keyingi shaxsga ko‘chirilgan, ko‘chma ma’noda 

esa  ‘Yevropacha  kiyingan,  kalta  kiyim  kiygan  ayol’  degan  mazmunda 

qo‘llanilayotganiga guvohi bo‘lamiz. Masalan , Kaltadum  eshak;  U, shahardan 

kelgan  kaltadum,  domlani  boshini  aylantirib,  unga  tegib  oldi.  (27)  Yuqorida 

keltirgan  misollarimizni  izohlasak;    ko‘rinib  turibdiki,  birinchi  na’munada 

“kaltadum” so‘zi eshak so‘zini aniqlovchisi sifatida so‘z birikmasi  hosil qilgan va 

mazkur qo‘shma so‘z o‘zining qismlari orasidagi semantik bog‘liqlikni ham saqlab 

qolgan,  chunki  yuqorida  hayvon  dumining  kalta  yoki  uzunligini  aniqlab  kelgan. 

Ammo  keyingi  misolda  “kaltadum”  so‘zi  qismlarining  orasida  semantik  jihatdan 

bog‘liqlik  umuman  yo‘q,  u  o‘zi  anglatgan  ma’noda  juda  ham  uzoqdagi  yangi  bir 

so‘zni ya’ni shaxsni ifodalab kelgan, leekin uning ma’nosi qisman saqlanib qolgan 

bo‘lsa  ham,  ayol  kiygan  kiyimning  kaltaligiga  ishora  qilayapti,  o‘z  ma’nosidan 

chekingan.  U  anglatgan  asl  mazmun  ancha  chetda  qolgan.  Qo‘shimcha  ravishda 



 

 

 



34 

boshqa  misollarni  ham  keltirishimiz  mumkin,  jumladan  “bo‘tako‘z”  so‘zi  uning 

asli  ma’nosi  “murakkabgillilar  oilasiga  mansub,binafsha  yoki  havorang  gulli  bir 

yillik  begona  o‘t”  degani  bo‘lsa,  u  biz  istagandek  bahuvruhini  ifodalab,  ko‘chma 

ma'noda    shaxs  tashqi  ko‘rinishini  anglatib  kelishi  ham  mumkin.  Misol  uchun, 



“  tuya  bolasining  ko‘ziga  o‘xshash  chiroyli  ko‘z;shahlo  ko‘z  va  shunday  ko‘zli 

kishi”;  ya’ni  (Farg‘onaning)  Qizlari  sizga  o‘xshagan  bodomqovoq,bo‘tako‘z 

bo‘ladi.(Shuxrat,Shinelli  yillar)  (26)  Bu  yerda  qizning  ko‘zi  tuya  bolasining 

ko‘ziga  o‘xshatilmoqda  va  shu  asosda  ma’no  ko‘chmoqda.  Aytish  joizki,    o‘zi 

anglatgan  birinchi  ma’noda  u  oddiy  ikkita  komponentdan  tashkil  topgan  qo‘shma 

so‘z  sifatida  kelgan  bo‘lib,  keyingi  o‘rinda  kelganida  bahuvrihi,  ya’ni  inson 

xarakter-xususiyatini, aniqrog‘i tashqi ko‘rinishini anglatib kelgan. Shu o‘ziga xos 

jihati bilan bahuvrihi boshqa qo‘shma so‘zlardan farqlanadi va asosan o‘z qismlari 

orasidagi bog‘liqlikni yo‘qotadi. 

 

2.2. O‘zbek tilida “bahuvrihi” lar va ularning morfologik, 



semantik xususiyatlari 

O‘zbek tilida biz kundalik nutqimizda qo‘llaydigan,  ammo uning nimaligini, 

qanday  so‘zligini  bilmaydigan  qanchadan  qancha  bahuvrihilar  mavjud.Shu 

ma’noda,bahuvrihilar 



muayyan 

shaxsning 

xarakterli 

xususiyatlarini(toshbag‘ir,ochko‘z,shirinsuxan),  tashqi 

ko‘rinishi  (olako‘z, 

kaltasoch),  ichki  hislarini(  alamzada,  jabrdiyda),  kiyimlari(  kaltayubka,  

uzunko‘ylak), tana a’zolari(soch, ko‘z, quloq,oyoq,qo‘l va boshqalar, jigargo‘sha, 

yolg‘izqo‘l),  qiliqlari  (ishbuzar,  ikkiyuzlamachi),  dunyoqarashi,  fe'l-atvori, 



kayfiyati,  tevarak  atrofdagilarga  munosabati(hayotda,oilada, o‘qish ish joyida, 

ko‘chada,  jamoat  joylaridagi  shaxsning  o‘zini  tutishi,  xarakteri)  va    umuman 

insonni xarakterli imkoniyatlarini tasvirlashda keng qo‘llaniladi. 

O‘zbek  tilining    yangi  nashrda  bosmadan  chiqqan  besh  jildlik  izohli 

lug‘atida  hamma  so‘zlar  qatori  bahuvrihilarga  ham  yetarlicha  o‘rin  berilgan 

astoyidil  qayd  qilinilgan,  ammo  ularning  aynan  attributivli  qo‘shma  so‘z  yoxud 


 

 

 



35 

bahuvrihi  ekanligi  haqida    qaydlar  yo‘q.Shu  o‘rinda  biz  sevgan  ona  tilimiz 

bahuvrihilarga  juda  boy  ekanligiga  to‘xtalmasdan  ilojimiz  yo‘q.  So‘zimizning  

yaqqol  isboti  sifatida  o‘zbek  tilidagi  bahuvrihilarni,  baholi  qudrat,  kengroq 

o‘rganishga  harakat  qildik  va  shaxs  tushunchasini  yoritib  beruvchi  har  qanday 

unga  xos  bo‘lgan  xarakter,  xususiyat,  fazilatlarini  qolaversa,  insonga  Olloh 



tomonidan  berilgan  beqiyos    qirralarini  ochib  beruvchi    yoki  zamondoshlari 

tomonidan  berilgan  baho(ijobiy,salbiy)larni  bildiruvchi  bu  qo‘shma  so‘zlarni 

imkoni  boricha  turlarga  bo‘lib  chiqdik  va  tahlil  qildik.  Biz  yuqorida  tilga  olgan 

o‘zbek  tilidagi  bahuvrihi  turlarini  va  ularga  mansub  bo‘lgan  attributiv  qo‘shma 

so‘zlarni,  kengroq  mushohada  yurgizgan  holda,  morfologik  va  semantik 

xususiyatlarini  ko‘rsatishga  harakat  qilamiz.  Shu  asnoda,  o‘zbek  tili  izohli 

lug‘atidagi bahuvrihilarni ma’no va mazmun jihatdan turlarga ajratdik. Quyida esa 

sizga  har  tomonlama  salmoqli  bo‘lgan,ona  tilimiz  hisoblanmish,  o‘zbek  tilida 

kishining  xarakter  xususiyati  bo‘yicha  aniqlangan,  o‘zbek  tilining  izohli 

lug‘atlaridan  to‘plangan  bahuvrihilarimizni  taqdim  qilamiz.  Umumiy  hisobda 

izohli  lug‘atdan  inson  xarakterini  anglatadigan  120  ta  bahuvrihini  topishga 

muvaffaq bo‘ldik. 

Quyida  ularni  keltiramiz:ajdarnafs,  araqxo‘r,  bulbulnavo,  boqibeg‘am, 



betgachopar,    banginamo,  balandparvoz,  badhavo,  badxulq,  badfe’l,  badrashk, 

badnafs,  badmast,  badkor,  badkirdor,  badjahl,  badgumon,  badaxloq, 

valakisalang,  gapsotar,  dilsiyoh,  dehqonsifat,  damduz,  devyurak,  devonasifat, 

darveshsifat,  yebto‘ymas,  yelqanot,  juvonmard,  jonfido,  jonkuyar,  jinnisang‘i, 

jahonbaxsh,  jo‘jaxoroz,  ishyoqmas,  ishbuzuqi,  ishbilarmon,  kamfahm, 

kamsuqum, kamgap, kaltafahm, kamhafsala, kallavaram, kamqon, lattachaynar, 

mehmondo‘st,  nuktadon,  nuktafahm,  nozikfahm,  nozikta’b,  nekbin,  nekqadam, 

nekbaxt,  og‘irkarvon,  onaxotin,  oyimtilla,  ofatijon,  oliyhimmat,  oyimsupurgi, 

odamovi,  orabuzar,  serpardoz,  sobitqadam,  sernoz,  serishva,  soddadil, 

tartibbuzar,  tekturmas,  tilyog‘lama,  ulig‘sifat,  xushtakalluf,  xushta’b,  xushfe’l, 

xushchaqchaq,  xushxulq,  xushovoz,  salqintob,  sergap,  sertavoze,  sertakalluf, 

xotinchalish,  xudobezor(i),  xudobexabar,  xudoyixo‘r,  xudotars,  xunxo‘r, 

 

 

 



36 

xushfe'l,  xushatvor,  xushaxloq,  xushbaxt,  xushgap,  xushdil,  xushyoqmas, 

xushmulozim,  xushkayf,  xushmuomala,  xushnavo,  xushtavoze,  xushtabiat, 

xushsuhbat,  cho‘rtkesar,  shirinsuxan,  shartkesar,  shirinso‘z,  shumqadam, 

yakkamoxov,  o‘yinbuzuqi,  o‘zbilarmon,  o‘zboshimcha,  g‘amxo‘r,  hardamxayol, 

haromnamak, haftafahm, haqsevar, hozirjavob, hushyor, hurmattalab, hamdard, 

hamgap, hamdo‘st  kabi. (26-30) 

O‘z  o‘rnida,  xarakter  termini  keng  ma’noda  qo‘llanilishidan  yaxshi 

xabardormiz,  jumladan  ijobiy  ma’noni  ochib  beruvchi  inson  xarakterini 

bildiradigan  qo‘shma  so‘zlar,    qolaversa  insonga  xos  salbiy  xarakterlarni  ham 

bayon  qilish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  qo‘shma  so‘zlar  ham  mavjud.  Bundan 

tashqari,  insonga  tabiiy  berilgan,  tug‘ma  xarakterlar,ayni  paytda  unga  boshqalar 

“atab”  qo‘ygan  nom,  shaxsga  boshqalar  bergan  baho,  shaxsni  shaxsan  o‘zi  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  xarakter,  o‘zgalar  tashvishi  bilan  yashash,  qayg‘urish,    insonning 

o‘zuga xos qiliqlari va fazilatlari kabi xarakterlar ham misol bo‘la oladi, chunonchi 

insonlarning ijobiy qirralarini ochib beruvchi bahuvrihilarga to‘xtaladigan bo‘lsak: 



bulbulnavo  -(bulbul+navo)  “bulbul  kabi  kuylovchi,bulbuldek  xushovoz”  degan 

ma’noni bildirib, insonning kuylash qobiliyatini va ovozini bulbulnikiga taqqoslab, 

o‘xshatish  orqali  ma’no  shaxsga  ko‘chirib  o‘tkazilgan.  Bubga  quyidagi  misolda 

o‘zingiz  ham  guvoh  bo‘lasiz:  (Qizlar:)  Bog‘da  bulbullar  bahor  madhini  kuylar 



tinmayin,Jo‘r  bo‘ling  vaqt  o‘tmasin,  bulbulnavolar,  qaydasiz?  (Uyg‘un,  Laqma)

Yuqoridagi  misolda  ‘bulbulnavolar’  so‘zi  shaxsga  o‘zgalar  tomonidan  qo‘yilgan 

baho,  uning  madhiga  aytilgan  yaxshi  so‘z    hisoblanadi.  Shu  o‘rinda  u    ijobiy 

xislatga  yaqqol  misol  bola  oladi.  Bahuvrihining  yana  boshqa  xususiyatlarini 

keyingi misollarimizda ham ko‘rishingiz mumkin. ‘Banginamo‘ va ‘bangibashara’ 

bahuvrihilariga 

to‘xtaladigan 

bo‘lsak, 

ulardan 

birinchisi 

‘banginamo‘  (bangi+ko‘rinuvchi)  “xatti-harakati,  holati  bangiga  o‘xshagan; 

bangitabiat”  degan  ma’noda  kelsa,  ikkinchisi  ‘bangibashara’  esa  (bangi+bashara) 

“ko‘rinishi bangilarga o‘xshash, bangisifat” degan ma’nolarni anglatadi. (Qorovul) 

Uzun  mo‘ylovli,  ko‘zlari  ola-bula  banginamo  kishi  edi.  Alqissa,  baq-baqaloq  

Mulla  Mamasolih  bin  Mulla  Madkarim  Mahdum  bilan  novcha  bo‘yli, 


 

 

 



37 

bangibashara hudhud   so‘fi xonagohda o‘tirishib, bir soat chamasi mudrashdilar. 

(N.Maqsudiy.  Laylatulqadr.)  Undan  tashqari  ‘banginusxa’  bahuvrihisi  ham   

mavjud  bo‘lib,  u  (bangi+nusxa)    “  tashqi  ko‘rinishi  bangilarga  o‘xshash; 

banginamo”  deganidir.    -Ey  taqsir,  xato  qilibsiz,  tushuning,  bu  majlis!  –  dedi  chil 

tomirday  qotma,  novcha  katta  ko‘zli,  banginusxa,  lekin  kiyingan-tovlangan  bir 

shaxs.(Oybek.  Nur  qidirib.)    Bu  misol  tariqasida  keltirib  o‘tilgan  bahuvrihilar  

deyarli  bir  xil  mazmunni  ifodalasalar  ham,  ularning  oralarida  farqli  tomonlar 

mavjud.  Masalan,  ‘banginamo  va  banginusxa’  bahuvrihilari  o‘zaro  ma’nodosh 

hisoblanadilar, ayni paytda  esa bangibashara bo‘rttirilgan, salbiy ma’noda kelgan, 

chunki bashara so‘zi salbiy xususiyatli tashqi ko‘rinishni ifodalovchi sinonimlarga 

boy  so‘zdir.  Yuqoridagi  misolda    ‘Alqissa,  baq-baqaloq    Mulla  Mamasolih  bin 



Mulla  Madkarim  Mahdum  bilan  novcha  bo‘yli,  bangibashara  hudhud  ‘baq-

baqaloq,bangibashara’ so‘zlari mullaning so‘zlovchiga yoqmaydigan  tomonlariga  

urg‘u berib turibti. Shu asnoda boshqa bahuvrihilarimiz ham borki, ular nafaqat o‘z 

ma’nolarida,  balki  ko‘chma  ma’noda  ham  birdek    tilimizda,  nutqimizda 

qo‘llaniladi,  jumladan,  “badhavo”  attributiv  qo‘shma  so‘zi-    (bad+havo)  “havosi 

buzuq,  yoqimsiz”  deya  o‘z  ma’no-mazmunini  saqlab  qolsa,  ko‘chma  ma’noda 

(bad+havo)  “o‘zini  o‘zgalardan  yuqori  oluvchi,  dimog‘dor;  takabbur”  shaxs  

xarakter-xususiyatini  anglatadi.  Badhavo    joy.  Badhavo    odam.  Bundan  tashqari, 

‘badkirdor  va badkor’ bahuvrihilari o‘zaro sinonomlik hosil qiladi: “(razil, yomon 

ishlar  qiluvchi)Yomon,  qabih  harakatlar  qiluvchi,  yaramas  odam”,  “(yaramas  

ishlar  qiluvchi)  kam.qo‘ll.  Qabih  ishlar  qiluvchi,  yomon  niyatli”,  ammo  badkor 

bahuvrihisi kam qo‘llanilishi bilan ma’nodoshidan biroz farq qiladi. -Tilida qur’on 

so‘zi,  ammo  Qilmish-qidirmishi  gunohdan  iborat  bo‘lgan  haromxo‘rlar, 

badkirdorlar,  zolimlar  ozmi?  –  dedi  Ahmad  Xusayn.  (Oybek,  Nur  qidirib  ); 

Ofatingdan saqla, yoparvardigor! Norasida qizga qo‘l soldi badkor.(Mirtemir) Biz 

keltirib  o‘tgan  misollarga  qarab,  ikkala  bahuvrihi  ham  shaxsning  salbiy 

xususiyatini,  o‘z  o‘rnida  unga  omma  tomonidan  qilgan  ishlariga  qarab  qo‘yilgan 

nomlarni  bildirayotganligiga  amin  bo‘lamiz.  Yana  boshqa  bir  so‘z  “valakisalang” 

so‘ziga  kelsak,  u    “  o‘ta  ketgan  beg‘am,  beparvo;  ishyoqmas;  xumpar,  devona” 


 

 

 



38 

degan ma’noni anglatadi. Endi “kaltafahm va haftafahm” so‘zlarining  ma’nolariga 

izoh  bersak  (fahmi  kalta,  tushunchasi  bor)  “darrov  tushunib,  uqib  ololmaydigan, 

aqli,  fahmi  yetmaydigan,  fahmi  kalta”,  “biror  narsani  darrov  uqib,  tushunib 

ololmaydigan,  fahmi  kalta;  anqov,  befarosat”  degan  ma’nolarni  anglatadi  va 

ikkalasi ham bir xil tipdagi shaxs xarakter-xususiyatini bildiradi. Mullavachchalar 



zehni o‘tkirroq sheriklarini “xushfahm”, zehnsizlarini 

haftafahm” deb atashardi.(M.Muhammadjonov,  Turmush urinishlari.) Bu 

qo‘shma so‘z bizga go‘yo eshitgan narsasi faqat bir hafta yodida turadigan odamni 

tasavvur  qilishimizda  yordam  beradi,  lekin  uni  nutqimizda  kam  qo‘llaganimiz 

uchun  u  bizga  yangi  va  notanish  so‘zdek  tuyuladi.  Yana  bir  qo‘shma  so‘z  borki, 

unga alohida urg‘u berishimiz zarur; u 'damduz' attributiv qo‘shma so‘zidir. Agar 

uni ma’no bildiruvchi qismlarga ajratsak, 'dam' va 'duz' so‘zlari umuman bir biriga 

ma'no jihatdan aloqador bo‘lmagan so‘zlar hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda 

ta’kidlashimiz  joizki,  bu  ikkala  mustaqil  ma’noga  ega  bo‘lgan  so‘zlar  qo‘shilib, 

quyidagicha  ya’ni  (nafasi,  og‘zi  bog‘liq)  “ko‘nglidagini  birovga  aytmaydigan, 

kimsaga  sir  bermaydigan,  kamgap”  ma’nosini  beradi  va  e’tibor  shunday  shaxsga 

qaratiladi. Bunga misolimizda ham guvohi bo‘lishingiz mumkin: Damduz  odam. 

Demak,  yuqorida  izohlangan  attributiv  qo‘shma  so‘z  ‘dami’  ya’ni  nafasini 

chiqarmaydigan, hech kimga ortiqcha gap aytmaydigan va sirlarini pinhon tutuvchi 

xarakterli  odamni  anglatadi  va  shaxsga  o‘zgalar  bergan  nom  deb  hisoblasa  ham 

bo‘ladi.  Mazkur    bahuvruhilar  bilan  cheklanib  qolmasdan,  keyingi  izohini 

kutayotgan,  boshqa,  g‘ayritabiiy  ma’nolarni  anglatuvchi  qo‘shma  so‘zlarimizdan 

ham  sizga  misollar  keltiramiz.  Misol  uchun,  “  yelqanot”.  Bu  so‘z  ayniqsa, 

ta’kidlashga  arziydigan  so‘z,  chunki  unda  har  bir  mustaqil  ma’nosiga  ega  bo‘lgan 

negiz  bir  birini  to‘ldirib,  aniqlab  kelgan.  Bunga  biz  uning  ma’nosiga  berilgan 

izohni  o‘qib  ham  amin  bo‘lishimiz  mumkin.  U  quyidagicha  ma’noni  bildiradi: 

“nihoyatda  tez  yuradigan,yugurik,  uchar”.  Bu  qo‘shma  so‘z  yugurganida  xuddi 

qanot  chiqarib,  yeldek  uchuvchi  odamni  ko‘z  oldimizga  keltiradi.  Uning 

qismlari  ,aytganimizdek,  bir  birini  to‘ldirib  kelgan.  Keyingi  aytmoqchi  bo‘lgan 

bahuvrihilarimiz  esa  insonning    xarakteri  qirralarini  ochib  berdigan  qo‘shma 



 

 

 



39 

so‘zlardir.  Masalan,  “juvonmard,  jonfido,  jonkuyar,  jahonbaxsh”    so‘zlariga 

to‘xtaladigan  bo‘lsak,  ularning  barchasi  bir  biri  bilan  ma’no  va  mazmun  jihatdan 

uzviy  bo‘gliq  bo‘lib,  o‘zaro  sinonimik  xususiyatlarga  ham  ega,  chunonchi 

“juvonmard”  so‘zi  “(oliyjanob,  mard  kishi,  oliyjanob,  mard)  1.  mard,  botir, 

dovyurak    2.Oliyjanob,  oliyhimmat  hotam”  degani  bo‘lsa,  jonfido  esa  “hayotini 

fido    qiluvchi,  hayotini  bag‘ishlovchi”  demakdir.  Onam  yeng  shimarib, 

ushatmoqda non. Doimo mehribon, doimo jonfido.(Mirtemir) (27) 

Ayni paytda “jonkuyar va jahonbaxsh” qo‘shma so‘zlari ham o‘zlarining bir 

biriga  yaqin  ma’nolariga  egadirlar.  Ulardan  biri“biror  ish,  soha  yoki  kishi  uchun 

jon kuydiruvchi, astoydil g‘ayrat ko‘rsatuvchi; g‘amxo‘r” bo‘lgan insonni aglashda 

yordam  bersa,ikkinchisi  esa    “(jahonni  hadya  qiluvchi)  sahiy,  qo‘li  ochiq”  odam 

xususiyatini  bildiradi.  Misol  uchun,    Mening      jonkuyarlarim  bor.  Biz  alohida 

ta’kidlagan  bu  qo‘shma  so‘zlar,  insonga  xos  bo‘lgan  yaxshi  xulq,  fazilatlar  va 

uning boshqalarga qayg‘urish,  ularning tashvishi bilan  yashash kabi  xarakterlarini 

anglatadi  va  ochib  beradi.  Shu  o‘rinda  boshqa  bir  attributiv  qo‘shma  so‘zga 

to‘xtaladigan  bo‘lsak,  “jinnisang‘i”.  Bir  ko‘rganda  sang‘imoq  va  jinni  so‘zlari 

orasida bogliqlik  va aloqa  yo‘q, lekin shunga qaramasdan o‘zbek tili o‘zining boy 

va qiziqarli leksikasiga ega  ekanligini o‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish lozim, shu yerda 

bu  so‘zning  ma’nosiga  izoh  bersak:  “nojo‘ya,  ahmoqona  ishlar,  kelishmagan  

qiliqlar  qilib 

yuradigan”  shaxsni  anglatadi.  Jinnisang‘i  odam  Xuddi 

jinnisang‘ilarday  o‘zi  bilan  o‘zi  g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir  gaplashadi.(S.Anorboyev, 

Oqsoy).  O‘z  o‘rnida  shuni    aytib  o‘tishni  ma’qul  topdikki,  bu  'jinni'  va  'sang‘i’ 

so‘zlaridan  tashkil  topgan  so‘z,  qo‘shma  so‘zlarning  biz  yuqorida  ingliz  va  nemis 

tillarida  bafurja  to‘xtalib  o‘tgan  qo‘shma  so‘zlarning  “kopulativ”  turiga  mansub 

desak ham bo‘ladi, chunki uning o‘z mustaqil ma’nosiga ega negizlarining har biri 

o‘z  ma’nosini  saqlagan  holda  uchinchi  bir  narsaga  qaratiladi.    Navbatdagi  biz 

mushohada yuritmoqchi bo‘lgan qo‘shma so‘z  omma nutqida ko‘p qo‘llaniladigan 

va  oddiy  jonivor  nomi  shaxsga  ko‘chirib  o‘tkazilgan  qo‘shma  so‘zlardan  biri 

hisoblanadi. U “ jo‘jaxo‘roz”  qo‘shma so‘zidir  va “yosh, urushqoq xo‘roz” degan 

ma’noni  bildiradi.  “Obid  ham  jo‘jaxo‘rozdek  sapchib  turdi.  (X.  Sultonov, 


 

 

 



40 

Onamning  yurti)Zoyirjonning  qop-qora  yuzi  alamdan  ko‘karib  ketgan,  o‘tirgan 

joyida jo‘jaxo‘rozday burnini cho‘zib gapirardi.(O‘. Hoshimov,  Qalbingga quloq 

sol.)    Aytish  joizki,  bu  qo‘shma  so‘z  asl  ma’nosida  kichkina,  yosh  xo‘rozga 

nisbatan  ishlatiladi,  lekin  biz  kundalik  nutqimizda  uning  ma’nosini  shaxsga 

ko‘chirib, uni ot ko‘rinishida ishlatamiz, misol uchun “Hoy, jo‘jaxo‘roz, o‘zingdan 

kattalar turganida, senga gapirishni kim qo‘yibdi?!” Nutqimizda bu kabi misollar 

ko‘p uchraydi. Misol  uchun, “xomkalla”. Bu qo‘shma so‘zni  biz ‘esi pastroq, gap 

so‘zida  tuturig‘i  yo‘q”  odamlarga  nisbatan  qo‘llaymiz,  odatda  birozgina  tergab 

qo‘yish  uchun.  Undan  tashqari  nutqimizda  boshqa  bahuvrihilar  ham  mavjudki, 

ularga ham alohida izoh berib o‘tishimiz darkor. Misol uchun, “ishbuzuqi”. “Bitib 

turgan  ishni buzuvchi, kelishilgan   masalada qarshilik ko‘rsatuvchi  odam; buzuqi, 

g‘alamis”.  Bu  so‘z  shaxsga  uning  tevarak  atrofdagilarining    bergan  bahosidan  va 

omma ichida qilgan qaysidir  ishidan yoki nojo‘ya  harakatidan so‘ng, odamlarning 

unga  atab  qo‘ygan  nomi  hisoblanadi,  chunki  agar  odamning  hatti  harakatlariga 

guvohi bo‘lmasangiz, uning ishbilarmonmi yoki ishbuzuqi ekanligini bila olmaysiz, 

o‘z  o‘rnida  “ishbilarmon”  qo‘shma  so‘zi  ham  odamlarning  atab  qo‘ygan  nomi 

hisoblanadi,  lekin  u  ishbuzuqiga  zid  bo‘lgan  ma'noda  qo‘llaniladi.  Bir  qarashda 

kamsuqum va kamgap” qo‘shma so‘zlari bir xil ma’no anglatadigandek tuyuladi, 

biroq  ular  ma’no  jihatdan  bir  birlaridan  biroz  farq  qiladilar,  chunki  “kamsuqum” 

so‘zi  “o‘zini  kamtar,  hokisor  tutadigan,  tortinchoq    tabiatli”  degan  ma’noni 

anglatsa, “kamgap” so‘zi esa “ko‘p gapirishni   yoqtirmaydigan, kam  gapiradigan” 

shaxs  xususiyatlarini  bildirib  keladi.  Nasiba  qanchalik  sergap  va  sermulozamat 

bo‘lsa,  shunchalik  kamsuqum  edi.  Kamgap  odam.  Yana  bir  qiziq  va  o‘z  o‘rnida 

izohtalab  bo‘lgan  keyingi  qo‘shma  so‘zimiz  bu  “kallavaram”dir.  Xo‘sh,  nega 

aynan  shu  so‘zni  izohtalab  deb  atadik?  degan  savolga  bu  so‘zga  o‘zbek  tilining 

izohli  lug‘atida  berilgan  ta’rifga  suyangan  holda  javob  beramiz.  U    quyidagicha: 

“(shish,  o‘tma,  yallig‘lanish)  aql  bilan  emas,  o‘ylamasdan,  pala-partish  ish 

qiladigan shaxs”.Uning ajratib qavs ichida berilgan ta'rifiga muvofiq kallavaram – 

shish,  o‘tma,  yallig‘lanish  degan  ma’noni  bildiradi,  biroq  uning  ko‘chma  ma’nosi 

o‘ylamasdan  ish qiladigan shaxs demakdir. “Qodirov  – sen meni kallavaram  deb 



 

 

 



41 

o‘ylama.”    Quyida  sizning  e’tiboringizga  malakaviy  ish  davomida  uchragan  va 

meni  lol  qoldirgan,  nutqimizda  kam  qo‘llaniladigan  attributive  qo‘shma  so‘zni 

taqdim  etmoqchimiz:  “lattachaynar”  bu  so‘zni  eshitishimiz  bilanoq,  latta 

chaynayotgan  jonivor  yoki  jism-texnika  ko‘z  oldimizga  kelishi  mumkin,  ammo 

uning  ta’rifiga  nazar  solsangiz,  yanglishganingizga  amin  bo‘lasiz.  U  “gapining 

tuturig‘i yo‘q; bir gapni hadeb  takrorlay beradigan; bir gapdan nariga otmaydigan 

mijg‘ov  ezma”  odamni  anglatadi.  Bu  qo‘shma  so‘z  insonga  xos  bo‘lgan  salbiy 

xarakterlardan  biriga  oydinlik  kiritayapti  va  u  ham  o‘zgalar  fikrining  asosini 

tashkil  qiladi.  Mana  shunday  lattachaynar  odamni  ko‘rsa,  Nazar  ota  g‘ippa 

bo‘g‘iladi-yu,  ko‘zi  tinib  og‘zidan  nima  chiqqanini  bilmay  qoladi.(  S.Ahmad, 

Qadrdon  dalalar.)    Yana  boshqa  bahuvrihilarga  izoh  beradigan  bo‘lsak, 

masalan“


nuktadon

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin