R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.9-jadval 
Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 

Yalpi mahsulot hajmi, ming so‘m 
784020 
819950 
+35930 

Mahsulot sotishdan olingan sof tushum, ming so‘m 
653350 
683292 
+29942 

Sof foyda, ming so‘m 
38746 
41324 
+2578 

Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, ming 
so‘mda 
83432 
101185 
+17753 

Fond qaytimi, ming so‘m 
9,4 
8,1 
-1,3 

Fond sig‘imi, ming so‘m 
0,106 
0,123 
+0,017 

Asosiy vositalar daromadliligi, ming so‘m 
7,83 
6,75 
-1,08 

Asosiy vositalar rentabelligi, ming so‘m 
0,46 
0,41 
-0,05 
Fond sig‘imi ko‘rsatkichi esa hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 0,017 ming 
so‘mga ko‘paygan. Ya’ni, 1000 so‘mlik yalpi mahsulot hajmida asosiy vositalar 
qiymati o‘tgan yilda 0,106 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hisobot yilida bu ko‘rsatkich 
0,123 ming so‘mgacha oshgan. 
Albatta, fermer xo‘jaligida o‘tgan yilga nisbatan fond qaytimi darajasining 
kamayishi va fond sig‘imi darajasining ko‘payishini ijobiy holat sifatida baholab 
bo‘lmaydi. Bunday o‘zgarishlarning vujudga kelishiga o‘tgan yilga nisbatan yalpi 
mahsulot hajmining o‘sishi (35930 ming so‘m yoki 4,6 foiz)ga qaraganda asosiy 
vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘sish (17753 ming so‘mga yoki 21,3 foiz) 
darajasi yuqori bo‘lganligi bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, fermer xo‘jaligi 
rahbariyati, asosiy vositalardan samarali foydalangan holda mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini oshirish choralarini ko‘rishi lozim. 
O‘z navbatida, fermer xo‘jaligida asosiy vositalar daromadliligi hisobot 
yilida o‘tgan yilga nisbatan 1,08 ming so‘mga kamaygan bo‘lsa, asosiy vositalar 
rentabelligi ham mos ravishda 0,05 ming so‘mga kamayganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Bunday o‘zgarishlarning vujudga kelishiga ham bevosita asosiy vositalar 
o‘rtacha yillik qiymatining o‘tgan yilga nisbatan oshishi ta’sir ko‘rsatgan. 
Biz “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida asosiy vositalar 
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilini dinamik o‘zgarishini ko‘rib 
chiqdik. Endi, mazkur ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan asosiy vositalar rentabelligi 


181 
va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni omilli tahliliga to‘xtalib 
o‘tamiz. 
7.9-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida asosiy 
vositalar rentabelligi o‘tgan yili 0,46 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich hisobot yilida 0,41 ming so‘mga teng bo‘lgan. Ya’ni, o‘tgan yilga 
nisbatan 0,05 ming so‘mga kamaygan. 
Ushbu o‘zgarish quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo‘lgan: 
-
sof foyda summasining o‘zgarishi; 
-
asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi. 
Mazkur omillarning ta’sirini “Qayta hisoblash” usuli orqali aniqlash 
mumkin. Buning uchun fermer xo‘jaligida shartli asosiy vositalar rentabelligini 
aniqlab olish lozim. Ushbu shartli ko‘rsatkichni aniqlash uchun hisobot yilidagi sof 
foyda summasini o‘tgan yildagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish 
kerak: 
Kq
sh
= SF
1
/ AV
0
= 41324 / 83432 = 0,49 ming so‘m. 
Endi, asosiy vositalar rentabelligi darajasining o‘zgarishiga omillar ta’sirini 
“Qayta hisoblash” usuli yordamida aniqlashimiz mumkin. Ya’ni, fermer xo‘jalikda 
asosiy vositalar rentabellik darajasining o‘zgarishiga sof foyda summasining 
o‘zgarishini ta’sirini aniqlash uchun shartli ko‘rsatkichdan uning o‘tgan yildagi 
ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak: 
∆K
SF
= (SF
1
/ AV
0
) – (SF
0
/ AV
0
) = 0,49 – 0,46 = +0,03 ming so‘m. 
Demak, fermer xo‘jaligi sof foydasining o‘tgan yilga nisbatan 2578 ming 
so‘mga ko‘payishi asosiy vositalar rentabelligi darajasini, ya’ni 1000 so‘mlik 
asosiy vositalar hisobiga olingan sof foyda hajmini 0,03 ming so‘mga ortishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. 
Fermer xo‘jaligida o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha yillik 
qiymatining 17753 ming so‘mga ko‘payishini asosiy vositalar rentabelligi 
darajasiga ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi ko‘rsatkichdan shartli 
ko‘rsatkichni chegirib tashlash lozim: 


182 
∆K
AV
= (SF
1
/ AV
1
) – (SF
1
/ AV
0
) = 0,41 – 0,49 = - 0,08 ming so‘m. 
Yuqoridagi hisob-kitobga ko‘ra, mazkur omilning o‘zgarishi asosiy vositalar 
rentabellik darajasini 0,08 ming so‘mga pasaytirgan. Boshqacha qilib aytganda, 
1000 so‘mlik asosiy vositalar hisobiga olingan sof foyda summasi 0,08 ming 
so‘mga kamaygan. 
Shunday qilib, asosiy vositalar rentabelligi darajasi ikki omilning ta’siri 
natijasida o‘tgan yilga nisbatan 0,05 ming so‘mga kamaygan. Bunga asosan 
yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha 
yillik qiymatining oshishi, sof foyda summasining o‘sishiga qaraganda yuqori 
bo‘lganligi katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, “Sharq” fermer xo‘jaligi rahbariyati 
asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-
tadbirlarni ishlab chiqishi lozim. Chunki, asosiy vositalardan samarali foydalanish 
mahsulot hajmini ortishiga, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi arzonlashishiga 
ta’sir ko‘rsatadi va natijada rentabellik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishini 
ta’minlaydi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin