305
13.5. Eksport operasiyalarining tahlili
Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati va
uning samaradorligiga baho
berishda eksport operasiyalarining tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki,
unda bevosita korxonaning tashqi savdo aylanmasi hajmini oshirish va
foydaliligini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Eksport operasiyalarining tahlilida birinchi navbatda
korxonanning tashqi
savdo faoliyati bo‘yicha sotilgan tovarlar turlari bo‘yicha tuzilishi,
mamlakatlar
bo‘yicha sotish hajmi va hududlar bo‘yicha ulushiga baho beriladi. Shundan so‘ng,
korxonaning eksport rejasining bajarilishi, dinamik o‘zgarishi o‘rganiladi.
Tahlilda eksport hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
tarkibiga alohida ahamiyat beriladi. Bunda eksport qilingan tovarlar bahosining va
fizik hajmi o‘zgarishlarining ta’siri bevosita hisob-kitob
qilish asosida ularning
eksport hajmining o‘zgarishiga ta’siri aniqlanib baho beriladi.
Quyida qayta ishlash korxonasi hisoblangan “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyatning eksport hajmi rejasi bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi malumotlarga ega
bo‘lindi (13.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: