R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 O‘zbekistonda tashqi savdo va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
13.3. O‘zbekistonda tashqi savdo va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi 
ahamiyati 
Mamlakatda tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishning asosiy omillaridan 
biri xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish va ana shu tashkilotlar doirasida 
faoliyat ko‘rsatish jarayonlarini kengaytirish hisoblanadi. Shu sababli ham 
mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki yillaridan Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT), Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti (ShHXT), 
Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti (MOHT), Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti 
(IHT), Jahon Savdo Tashkilotining kuzatuvchisi (JST), Jahon Banki (JB), Xalqaro 
Tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro 


299 
moliya korporasiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, 
YuNESKO va shu kabi o‘nlab nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishga 
erishdi. Shuningdek, mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvida 
Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Natijada 
bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega 
bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi 
mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar 
o‘rnatmoqda. Ya’ni, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib 
bormoqda. Bunday aloqalarning rivojlanishi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo 
bo‘lishi mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyati tabiiy resurslarning 
mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarning barpo etilishi, 
infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot (ish, xizmat)larning chet elga eksport 
qilinishi bilan aniqlanadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyatlarini 
kengaytirishda tashqi savdo muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tashqi savdo 
mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va qadimiy shakli bo‘lib, 
uning rivojlanishi mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama foyda olish imkonini 
beradi. 
Tashqi savdo bu bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan 
olib boradigan o‘zaro tovar (ish, xizmat) almashish jarayoni bo‘lib, u mamlakatdan 
tovar (ish, xizmat)larning chiqib ketishi (eskport) va kirib kelishi (import)dan 
tashkil topadi. 
Eksport va import yig‘indisi mamlakatning tashqi savdo aylanmasini tashkil 
qiladi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Xo‘sh tashqi savdodagi eksport va import 
tushunchalarining o‘zi nima? 
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi 
Qonunining 11 – moddasiga muvofiq tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi 
bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan 


300 
olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan 
bo‘lsa, tovarlar eksportidir. 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan 
xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar 
ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) 
eksportidir. 
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib 
chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir. 
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar 
ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) 
importidir. 
Bugungi kunda mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida eksport va importni 
rivojlantirish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Buning 
natijasida Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yil yakuni 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan 
savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Respublikaning tashqi 
savdo aylanmasi 2018 yil yakuni bo‘yicha 33430 million AQSh dollar bo‘lib, 2017 
yil ko‘rsatkichiga nisbatan 25,8 % ga oshgan. Shundan, eksport 13991 million 
AQSh dollarini (41,9 %) va import 19439 million AQSh dollarini
(58,1 %) tashkil qildi yoki 2017-yilga nisbatan mos ravishda 111,4 va 138,7 % 
larni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 5448,5 million AQSh dollariga 
teng bo‘ldi. Shundan 2138,2 million AQSh dollarini MDH davlatlari va 3310,3 
million AQSh dollarini boshqa davlatlar tashkil qiladi (13.1-jadval). 
Respublikamizda oxirgi yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat 
ko‘rsatish tuzilmalarida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida tashqi 
savdoda faqat xomashyo vositalari bilan qatnashishi keskin qisqardi. Jumladan, 
eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 2010-yilda 12,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 
bu ko‘rsatkich 2018 yil yakuniga ko‘ra 1,6 % gacha keskin kamayib borganligini 


301 
ko‘rishimiz mumkin. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin