R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


XIII BOB. KORXONA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINING TAHLILI



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

XIII BOB. KORXONA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINING TAHLILI 
13.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy yo‘nalishlari
Bozor munosabatlari sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish 
va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanish korxonalar moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini rivojlantirishning muhim va samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Shu sababli ham korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni 
rivojlantirish istiqbollarini belgilashga asosiy e’tibor qaratiladi. Bu esa, yangi 
bozorlar (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlar)ni 
rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni 
ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi 
iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda Respublikamizda ko‘plab korxona va birlashmalar, 
korporasiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan 
tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijiy investorlar 
ishtirokida yirik investisiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. 
2000-yil 26 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi 
iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrirda)ning 3-moddasiga muvofiq 
tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy 
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek 
xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va 
rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. Bundan ko‘rinadiki, tashqi 
iqtisodiy faoliyatning subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari hisoblanishadi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat 
subyektlarining ma’lum huquq va majburiyatlari mavjud. 


294 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega: 
-
qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini 
mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga 
ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda 
jalb qilish; 
-
tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el 
valyutasidagi daromadga mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariing majburiyatlari: 
-
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim 
etishi;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning 
O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, 
veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, 
qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda 
taqdim etishi shart va h.k. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti 
bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, 
qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa 
turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan 
(tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlari 
mustasno) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. 
Bugungi kunda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy 
yo‘nalishlari quyida keltirilgan (13.1-rasm). 


295 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin