297
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi
Qonunining 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy
faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
-
tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va
takomillashtirish;
-
valyuta bilan tartibga solish;
-
soliq bilan tartibga solish;
-
tarif va notarif tartibga solish;
-
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun
himoya, kompensasiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash;
-
tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan,
miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import
qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish;
-
eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda
talab qilinadigan
hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash;
-
o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy,
kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib
berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir
boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘
hamda harbiy texnikani
yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari
ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar
va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish;
-
olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash;
-
texnikaviy,
farmakologiya,
sanitariya,
veterinariya,
veterinariya-
sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini
belgilash;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar
berish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish qonun
298
hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
-
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l
qo‘yilmasligi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari
davlat tomonidan himoya qilinishi.
Shunday qilib, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
davlatning vakolatli organlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar majmuasini ishlab
chiqish va uni bajarilishini ta’minlash jarayonini o‘zida aks ettiradi.
Boshqacha
aytganda, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi har bir
mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasini, ya’ni milliy iqtisodiyotni
rivojlanish samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni
ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: