R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

13.1-rasm. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari 
13.1-rasmga ko‘ra tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan biri 
bu xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik bo‘lib, bu ishlab chiqarish, moliya, 
bank va sug‘urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog‘liqni saqlash, 
ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat 
subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek 
xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishi va kengaytirishga 
qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir. 
Tashqi savdo faoliyati yo‘nalishi esa xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) 
savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Bu tovar (ish va xizmat) larni 
eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning keyingi asosiy yo‘nalishlaridan biri chet el 
investisiyalarini jalb qilishdir. Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik 
faoliyati obyektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne’matlarning barcha 
turlari hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan 
huquqlar, shuningdek chet el investisiyalaridan olinadigan har qanday daromad 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investisiyalari deb e’tirof etiladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yana bir asosiy yo‘nalishlaridan biri 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investisiya faoliyati bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga moddiy 
va nomoddiy ne’matlarni hamda ularga bo‘lgan huquqlarni qo‘yish bilan bog‘liq 
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari harakatlarining yig‘indisidir. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari 
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik 
tashqi savdo faoliyati 
chet el investitsiyalarini jalb qilish 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati 


296 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investisiya faoliyati quyidagi 
yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: 
-
yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida (kapitallarida) 
ulushbay asosda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar sotib olish yo‘li bilan 
qatnashish; 
-
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va 
boshqa alohida bo‘linmalar ta’sis etish; 
-
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning rezidentlari 
tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish; 
-
konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, 
qazib olish yoxud ulardan foydalanishga mo‘ljallangan konsessiyalarni qo‘lga 
kiritish; 
-
mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik 
qilish va ulardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin