R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Ko‘rsatkichlarni foydalanish doirasi bo‘yicha tasniflanishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

2.3-rasm. Ko‘rsatkichlarni foydalanish doirasi bo‘yicha tasniflanishi 
Umumiy ko‘rsatkichlarga tannarx, foyda, rentabellik, samaradorlik, mehnat 
unumdorligi, ishchi kuchi, daromad, xarajat, yalpi tushum, sof tushum kabi 
ko‘rsatkichlar kiradi. Chunki, bu ko‘rsatkichlardan iqtisodiyotning barcha bo‘g‘in 
va sohalarida foydalaniladi. Jumladan, tannarx, foyda, rentabellik, mehnat 
unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar sanoatda, qishloq xo‘jaligida, qurilish, savdo 
faoliyatida ham foydalanilishi mumkin. 
Ko‘rsatkichlarning mazmuni bo‘yicha tasniflanishi 
Miqdor ko‘rsatkichlari 
Sifat ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlarni foydalanish doirasi bo‘yicha tasniflanishi 
Umumiy ko‘rsatkichlar 
Maxsus ko‘rsatkichlar 


49 
Maxsus ko‘rsatkichlar esa iqtisodiyotning faqat bitta sohasiga tegishli 
bo‘lgan ko‘rsatkichlar kiradi. Masalan, hosildorlik, mahsuldorlik, yalpi hosil, sut 
miqdori, ekin maydoni, chorva mollari bosh soni kabilar agrar sohada 
foydalaniladigan ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlardan sanoatda, 
savdoda yoki qurilishda foydalanilmaydi. Shu bois, ushbu ko‘rsatkichlar maxsus 
ko‘rsatkichlar tizimiga kiradi.
2.4. Ko‘rsatkichlarning ifodalanish shakli bo‘yicha tasnifi 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar ma’lum bir qiymatda yoki ularni solishtirish 
natijasida nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ifodalash mumkin. Chunki, tahlilning 
maqsadidan kelib chiqqan holda natija ko‘rsatkichi mutloq va nisbiy 
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Shu sababli, ko‘rsatkichlar ifodalanish shakli 
bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi (2.4-rasm): 
2.4-rasm. Ko‘rsatkichlarning ifodalanish shakli bo‘yicha tasniflanishi 
Shu o‘rinda mutloq ko‘rsatkichlar qanday o‘lchovda ifodalanishiga qarab 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
-
natural (miqdor) ko‘rsatkichlar.
Ushbu guruh ko‘rsatkichlariga biror bir 
predmetning uzunligi, og‘irligi, maydoni yoki kengligi kabi o‘lchovlarni 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Masalan: tonna, gektar, sentner, kilometr. 
-
qiymat ko‘rsatkichlar.
Bu ko‘rsatkich natural (miqdor) ko‘rsatkichini 
pulda baholangan shakli hisoblanadi. Bunga mahsulot bahosi, yalpi tushum, sof 
tushum, tannarx, ish haqi kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
O‘z navbatida nisbiy ko‘rsatkichlar turli mutloq ko‘rsatkichlarni bir-biriga yoki 
turli davrlardagi hajmini bir-biriga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Nisbiy 
ko‘rsatkichlar indeksda, koeffitsiyentda yoki foizda ko‘rsatilishi mumkin. Biroq, 
tahlilning maqsadi, obyekti va sohasiga qarab bu ko‘rsatkichlar tizimiga son va 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin