51
hisoblanadi. Demak, qisman ko‘rsatkichlar o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning u yoki
bu jihatini alohida ifoda etadigan ko‘rsatkichlar hisoblanar ekan.
Shu bilan birga, mazkur guruhga yordamchi ko‘rsatkichlar ham kiradi. O‘z
nomi bilan ushbu ko‘rsatkichlar umumlashgan va qisman ko‘rsatkichlarni batafsil
ifoda etishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardir.
Jumladan, mahsulot sotishdan
olingan sof tushumni (SST) aniqlash uchun sotilgan mahsulot miqdorini (M) bir
sentner mahsulotning o‘rtacha sotish bahosiga (B) ko‘paytirish kerak.
Bu yerda
mahsulot sotishdan olingan sof tushum (SST) umumlashgan ko‘rsatkich bo‘lsa,
mazkur ko‘rsatkichning qanday shakllanganligini yordamchi ko‘rsatkichlar sifatida
sotilgan mahsulot miqdori (M) va bir sentner mahsulotning o‘rtacha sotish
bahosining ko‘paytmasi ko‘rsatib beradi. Ya’ni, mahsulot
sotishdan olingan sof
tushumga (SST) ushbu ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida ham
qaraladi.
2.6. Ko‘rsatkichlarni shakllanish usuli bo‘yicha tasniflash
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlarni
boshqarilishi uchun
ularga har bir bosqichda alohida yondashishni talab qiladi. Xususan, ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotning reja tannarxi xo‘jalik
yurituvchi subyektning
biznes rejasida o‘z aksini topadi. Ishlab chiqarish davri yakunlangandan so‘ng,
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilib
aniqlanadi. Shundan keyingina reja tannarxi va haqiqiy tannarx o‘rtasida
tafovut
aniqlanadi. Mazmunan ikki ko‘rsatkich bir ko‘rsatkichni, ya’ni tayyor mahsulot
tannarxini ifodalaydi. Biroq,
biri reja tannarxi, ikkinchisi haqiqiy tannarx
hisoblanadi. Shu sababli, ko‘rsatkichlarni shakllanish usuli bo‘yicha ham tasniflash
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ko‘rsatkichlarni shakllanish usuli bo‘yicha besh
guruhga ajratish mumkin
(2.6-rasm).
Me’yoriy ko‘rsatkichlarga xarajatlar va sarflarning ma’lum birlikka nisbatan
me’yorda ifodalangan miqdori kiradi. Masalan, mamlakat aholisining, ya’ni bir
52
kishining yog‘, go‘sht, tuxum va non kabi mahsulotlarning iste’mol qilish me’yori.
Bu ko‘rsatkich mamlakatning o‘z aholisini ushbu mahsulotlarga bo‘lgan
talabini
qondirish uchun ma’lum bir davrga yetarli zaxira yaratish uchun zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: