Rejalashtirish ma’lum maqsadni qo‘yishni o‘z ichiga olgan ishlar
tartibini shakllantirish va kam xarajat qilgan holda unga erishish
variantlarini topish jarayonini nazarda tutadi.
Nazorat rejalashtirilgan ishlarning haqiqatan amalga oshirilishini
kuzatib borish bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunday vazi-
yatda buxgalterdan haqiqiy xarajatlar va daromadlarni reja ko‘rsatkich-
lari bilan solishtirishni o‘z ichiga olgan axborotlar talab qilinadi.
Baholash boshqaruv qarorlari qabul qilishning butun tizimini
o‘rganish jarayonidir. Bozor sharoitida baholashni to‘g‘ri tanlash
birinchi navbatda uzviy aloqa orqali amalga oshirilib, qo‘yilgan
maqsadga erishilganlikni obyektiv baholashga imkon beradi. Agar
mazkur maqsadga erishilmagan bo‘lsa, sabab nimada ekanligini aniqlash
muhimdir. Bunda asosiy sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
taqdim etilgan hisob axborotlariga asosan xo‘jalik faoliyati
faktlarini noto‘g‘ri talqin(interpretatsiya) qilish oqibatida rejalashtirishda
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;
tekshiruvchilarning layoqatsizligi, ularga tazyiq o‘tkazilishi,
tekshiruv jarayonida ogohlantiruvchi tadbirlarning o‘z vaqtida amalga
oshirilmaganligi va hokazolar oqibatida nazorat tizimida vujudga kelgan
kamchiliklar;
maqsadning o‘zi noto‘g‘ri tanlanganligi.
Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobining roli va ahamiyati
kuchaymoqda. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va bozor
munosabatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobining qo‘llanilish
chegarasini yanada kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari,
uning natijasi sifatida hisob axborotlaridan foydalanuvchilarning yangi
turlari paydo bo‘lmoqda. Buxgalteriya hisobini ilmiy nazariya va
metodologiya hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida
tashkil etish samarali qarorlarini qabul qilish uchun manfaatdor
foydalanuvchilarga zarur axborotlarni taqdim etish imkonini yaratadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi – boshqaruvning muhim quyi
tizimlaridan biri hisoblanadi. Chunki u xo‘jalik yurituvchi subyektning
4