15
Xo‘jalik hisobining alohida turlari ichida buxgalteriya hisobi
markaziy o‘rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ustuvorligi, ularning foyda-
liligi
mazkur axborotlarning
ahamiyatliligi
va
ishonchliligi
bilan
belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ahamiyatliligi boshqaruv
qarorlarini qo‘llashning natijasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatida namo-
yon bo‘ladi. Chunki ular:
vaziyatlarni oldindan aytish va shu asosda eng yaxshi maqbul
variantlarni tanlash;
mazkur axborot manbasi bilan uzviy aloqada bo‘lish;
axborotlarni o‘z vaqtida olishga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ishonchliligi quyidagilarga
asoslanadi:
uning xo‘jalik jarayoniga mos
darajadagi haqqoniyligi va
to‘liqligi;
sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari faktini tasdiqlash imkonini
beradigan shaffofligi;
agar hisob axborotlarini olish, uning ayrim foydalanuvchilar
manfaatini ko‘zlagan holda ataylab chalkashtirish natijasi bo‘lmasa,
betarafligi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklari uning
o‘ziga xos jihatlarida mujassamlashgan. Bular:
xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari va mablag‘lar
manbalarini hamda xo‘jalik jarayonlarini
yoppasiga kuzatish va
o‘lchash;
xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olishning uzluksizligi va
ularning hujjatlashtirilishi;
yuqorida keltirilgan afzalliklar amalga oshmagan vaziyatlarda
maxsus usullarni qo‘llash (masalan, inventarizatsiya);
joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini bir hisobot davridan
ikkinchisigacha tegishli hisobot shakllari ko‘rinishida to‘ldirish yo‘li
bilan umumlashtirish.
Buxgalteriya hisobining bunday o‘ziga xos xususiyatlari uzoq
o‘tmishda aniqlangan bo‘lib, masalan, 1590-yilda
ispan olimi Bartala-
meo de Salazano tomonidan quyidagicha ta’kidlangan:
«Buxgalteriya
hisobi barcha fan va san’atlardan yuqori turadi, chunki hamma unga
ehtiyoj sezadi, u esa hech kimga nisbatan ehtiyoj sezmaydi. Buxgalteriya
hisobisiz dunyo boshqaruvsiz qolgan va odamlar esa bir-birlarini
16
tushuna olmagan bo‘lar edilar»
4
. Buxgalteriya hisobining yuqorida
bayon qilingan afzalliklarini amalda qo‘llash xo‘jalik yurituvchi subyekt
moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli axborotlarni to‘plash va
taqdim etishga imkon beradi. Bunda hisob
axborotlari boshqaruvning
uchta funksiyasini: rejalashtirish, nazorat va baholashni amalga
oshirishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: