150
ettirilgan va ularni kelajakda undirishga ishonch bo‘lgan hollarda zarur.
Ushbu schotga ehtiyoj paydo bo‘lganligining sababi shundaki,
qarzlarning debitorlar to‘lovga qobiliyatsizligi
oqibatida sud qarori
bo‘yicha hisobdan o‘chirilishi qarzlar butunlay bekor qilindi degani
emas.
Qarzdorning moliyaviy ahvoli yaxshilanganda qarzni undirish
imkoniyatini kuzatib borish uchun ular vujudga kelgan paytdan boshlab
qonunchilikda belgilangan vaqt davomida balansdan tashqari schotlarda
hisobga olib boriladi.
Balansdan tashqari schotlarga doir muomalalarni hisobda aks
ettirish bo‘yicha namunaviy yozuvlar
№
Muomala mazmuni
De-
bet
Kre-
dit
1
Asosiy vositalar qisqa muddatli shartnoma bo‘yicha olinganda
001
2
Ilgari qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vosita lizing
beruvchiga qaytarilganda
001
3
Tovar-moddiy qiymatliklar mas’ul saqlash uchun qabul
qilinganda
002
4
Ilgari mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy
qiymatliklar egalariga qaytarib berilganda.
002
5
Xomashyo va materiallar qayta ishlash uchun buyurtmachidan
qabul qilinganda
003
6
Xomashyo va materiallar qiymati qayta ishlangandan so‘ng
hisobdan o‘chirilganda va buyurtmachiga qaytarib berilganda
003
7
Tovarlar komissiyaga qabul qilinganda
004
8
Ilgari komissiyaga qabul qilingan tovarlar sotilganda yoki
egasiga qaytarilganda
004
9
Qurilmalar o‘rnatish uchun buyurtmachidan qabul qilinganda
005
10 Buyurtmachilardan qabul qilib olingan asbob-uskunalar
jihozlanib bo‘lgandan so‘ng hisobdan chiqarilganda
005
11 Qat’iy hisobot blankalari hisobga olinganda
006
12 Qat’iy hisobot blankalari hisobdan o‘chirilganda
006
13 To‘lashga qurbi yetmagan debitorlarning zararga yozib
hisobdan o‘chirilgan qarzlari hisobga olib qo‘yilganda
007
14 Oldin zararga yozib hisobga olib qo‘yilgan qarz undirib
olinganda
007
15 Boshqa korxona va tashkilotlarga komissiyaga berilgan
majburiyatlar, to‘lovlar va tovarlarni ta’minlashga olingan
kafolatlar hisobga olinganda
008
16 Majburiyatlarni bajarish bo‘yicha oldin hisobga olingan
kafolatlar summasi hisobdan o‘chirilganda
008
151
17 Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha berilgan
kafolatlar hisobga olinganda
009
18 Majburiyatlarni va to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha oldin
berilgan kafolatlar qaytarilganda
009
19 Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy
vositalar qiymatiga
010
20 Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy
vositalar qaytarib olinganda
010
21 Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklar qiymatiga
011
22 Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklar shartnoma
muddati tugaganidan so‘ng egasiga qaytarilganda
011
23 Mazkur hisobot davrining soliqqa tortiladigan bazasiga
qo‘shiladigan, ammo kelgusi hisobot davrlarining soliqqa
tortiladigan foydasi(daromadi)dan chegiriladigan sarflar
012
24 O‘tgan hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shilgan
sarflar keyingi hisobot davrlaridagi soliqqa tortiladigan
bazadan chiqarilganda
012
25 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilganda ozod bo‘lgan
mablag‘lar summasi (soliq turlari bo‘yicha)
013
26 Soliqqa tortishdan vaqtinchalik imtiyoz berilishi natijasida
ozod bo‘lgan mablag‘lar imtiyoz muddati tugaganidan
hisobdan o‘chirilganda
013
27 Foydalanishga berilgan inventar va xo‘jalik jihozlari
foydalanishga yaroqli davr davomida
014
28 Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari hisobdan
chiqarilganda
014
Ushbu vaziyat balansdan tashqari schotlarda
hisobga olinadigan
obyektlarni doimiy nazorat qilib borish zarurligini tasdiqlaydi. Bizning
fikrimizcha, balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan barcha
tovar-moddiy qiymatliklar,
shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar
ham korxona balansida hisobga olinadigan qiymatliklar uchun
belgilangan tartib va muddatlarda inventarizatsiya qilinishi zarur.
Balansdan tashqari schotlarning zarurligi to‘g‘risidagi fikr,
ularda
hisobga olinadigan obyektlardan yana biri –
Dostları ilə paylaş: