£
_
Xamai
-xodim lam ing amaldagi soni
k0M XsH,
-xodim lam ing shtat bo‘yicha soni
Qabul qilinuvchi qarorlarni baholash har bir boshqaruv bo‘g ‘inining
eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ammo bunday baholashni
amalga oshirish juda qiyin. Uni boshqa yondosh ko'rsatkichlar orqali
bilvosita amalga oshirish mumkin.
Bajarilgan qarorlar soni (S4) shunday ko'rsatkich hisoblanadi.
Qarorlaming bajarilishi ko'rsatkichi amalda bajarilgan qarorlar
sonining qabul qilingan qarorlaming umumiy soniga nisbati tarzida
aniqlanadi:
Bu erda, S h - qarorlaming bajarilish ko'rsatkichi,
Qb - bajarilgan qarorlar ko'rsatkichi,
Q - qabul qilingan qarorlar soni.
Bozor iqtisodiyoti eng avvalo xodimlami ijtimoiy himoyalashga
yo'naltirilgan boiishi lozim.
Barcha korxonalar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha
xodimlariga havfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishi shart.
Shuningdek, ular xodimning sog' lig' i va mehnat qobiliyati ga yetkazilgan
zarar uchun belgilangan tartibda javobgar boiashilari kerak. Korxona
o'z xodimlarining mehnat va maishiy sharoitlarini muntazam yaxshilab
borishi, uy-joylar, tibbiyot muassasalari, sog'lomlashtirish va sport
majmualari, madaniyat muassasalarini barpo etishi lozim.
7.4.
IS H L A B C H IQ A R IS H
M E N E J M E N T IN IN G S A M A R A D O R L I K O M I L L A R I
Samaradorlik tushunchasining keng miqdordagi talqinlari mavjud,
masalan: sam ara-bu yakun, faoliyat natijasi, unda samaradorlik
kerakli natijaga erishishni ta’minlovchi samaraning resurslarga bo'l
gan nisbatini tavsiflaydi.
Samaradorlikni o'z navbatida ichki va tashqi samaradorlikka
ajratish mumkin.
Ichki samaradorlik-bu tejamkorlik (iqtisod qilish),ya’ni mavjud
resurslami eng yaxshi (optimal)ravishda taqsimlash va foydalanish
imkoniyatidir.
Tashqi samaradorlik-tashkilotning maqsadlariga erishish daraja-
sini belgilaydigan menejment natijasini bildiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligi firma yoki uning ishlab chiqarish
bo'linmalari amal qilishining yakuniy natijasi bo'yicha aniqlanadi
va tashkiliy-boshqaruv faoliyatining darajasini aks ettiradi. Yana
shuni alohida ta ’kidlash joizki, «Ishlab chiqarish samaradorligi»
tushunchasini «ishlab chiqarish boshqaruvi samaradorligi» tu-
shunchasidan ajrata olish kerak. Ishlab chiqarish samaradorligi
deganda yakuniy natijalarning qo‘llaniladigan yoki sarflangan
resurslarga nisbati (munosabati), ya’ni ishlab chiqarish natijasi
(samaradorligi) va xarajatlari, o ‘rtasidagi tafovut tushuniladi. Bu
tushuncha ishlab chiqarish tartibining dinamik jarayoniga baho
beradi va undagi sifat o ‘zgarishlarini aks ettiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarish
samaradorligi deganda bevosita boshqaruv jarayoni, boshqaruv faoliyati
natijaviyligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, samaradorlikning
umumiy maqsadi (g'oyasi) quyidagicha ifodalanishi mumkin:
ishlab chiqarishni shunday takomillashtirish lozimki, bunda odamlar
o‘zlarini qattiq urintirmasdan yuqori samaradorlik bilan ishlasin.
Samaradorlik unumdorlik ko'rsatkichi sifatida natija bilan
xarajatning o'zaro o'lchamli bo'lishini talab qiladi. Kcyingisi sifatida
daromad faoliyatning so'nggi natijasi qaraladi, xarajat sifatida esa,
asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma vositalar ko'rib chiqiladi.
Ammo natija-iqtisodiy tushuncha sifatida keng talqinga va ko'p
shaklli ko'rinishga ega.
Ishlab chiqarishda unumdorlik sotilgan mahsulot va uni
tayyorlashga ketgan mehnat sarfini bildiradi. Ushbu ko'rsatkich
tayyorlangan hamda sotilgan mahsulot va jonli, shuningdek mahsulotga
aylantirilgan mehnat nisbati sifatida ham keltirilishi mumkin. Ushbu
ko'rsatkich natijaviylikning oldingi ko'rsatkichlari elemcntini ham
o'zida namoyon etishi mumkin. Shuningdek, mahsulot sotilishi hajmi
mahsulotning sifati va uning hajmiga bog'liq. Hisob-kitobda ushbu
mezonning foydalanilishi jonli va mahsulotga aylangan mehnat
majmuasini tejamkorlik bilan bog'laydi.
Samaradorlik va unumdorlik tushunchalari-sinonim tushun-
chalardir. Unumdorlikda turib qolish-samarasizlikning asosiy
sababidir. Samaradorlikni oshirish uchun ishlab chiqarishning ko'pgina
omillarini hisobga olish zarur, ulardan eng asosiylari-bu sifat va
raqobatbardoshlikdir. Unumdorlikning sifat va raqobatbardoshlik
o'rtasidagi o'zaro bog'liqligi-samaradorlikning eng asosiy muammo-
sidir. Samaradorlikni aniqlash va o'lchash usullarini qidirish,
94
samaradorlikni ta’minlovchi maqsadlar ro'yxatini belgilash va
boshqalar shular jumlasidandir.
Samaradorlikni unumdorlikning funksiyasi sifatida tahlil qilib,
samaradorlik butun boshqaruv jarayonini inson resurslariga bevosita
ishlab chiqarish jarayoni orqali ta’sir etish yordamida boshqaradi.
Unumdorlik bevosita samaradorlik bilan va cheklangan resurslami
mahsulotga yoki xizmatga aylantirishni tejash bilan bog‘liq.
Ishlab chiqarishni boshqarishga e’tiborning oshganligi menejerdan
unumdorlikni oshirishga e’tibor qaratishni talab etadi, chunki uning
o ‘sishi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga va boshqa o'zaro
bog'liq iqtisodiy omillar, ya’ni tashkilotning bozordagi holatidan to
mahsulotining narxi va ishchilaming qoniqishigacha ijobiy ta’sir
etadi; bozorlami, savdo hajmini, foydalilikni, raqobatbardoshlikni
ko'paytiradi, solishtirma xarajatlami pasaytiradi.
Sifat-samaradorlikning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Boshqaruvchilar birinchi navbatda ishlab chiqarishninig foydalilik
darajasi va xarajatlar ko'rsatkichlariga o'z e’tiborini qaratadilar,
rivojlangan tashkilotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, sifat- samara
dorlikning eng muhim strategik elemcntidir.
Mahsulotning yuqori
sifati
ishlab
chiqarish xarajatlarini
pasaytiradi, raqobatbardoshlikni oshiradi, bozor talablariga to'liqroq
mos keladi, mahsulotning iste’mol qadri (qiymati), tashkilotning
qiyofasini, obrazini yaratadi.
Tashqi muhit omillari ham samaradorlikka ta’sir etadi va
bozordagi ahvolni saqlab qolish uchun boshqaruvchi ularning ta’sirini
oldindan ko'ra bilishi va iloji boricha ularning ta’sirini bartaraf etishi
lozim. Ularga quyidagilar kiradi: energoresurslaming qimmatligi,
ekologiyaning buzilishiga ijtimoiy javobgarlik, mehnat muhofazasi,
sog'liqni saqlash, inflyatsiya, soliqlar, xizmatlar sohasining o'sishi,
jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlar, xalqaro raqobat va boshqalar. Ichki
muhit omillari-tashkilot faoliyatining unumdorligi va samaradorligini
oshirishda asosiy vositadir. Har bir menejer shuni esida tutishi lozimki,
raqobat bozorda yutiladi, tashkilotda esa yutqaziladi. Shuning uchun
ishlab chiqarishni boshqarish tamoyillarini bilish boshqaruvchiga
95
tashkilotning hamma ichki muammolarini hal qilishga, ishlab
chiqarish samaradorligiga erishishga yordam beradi.
7 .5 . IS H L A B C H IQ A R IS H M E N E J M E N T IN I
T A K O M IL L A S H T I R I S H Y O ‘ N A L I S H L A R I
Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish resurslami
o ‘zlashtirish borasidagi umumdavlat ahamiyatiga molik yirik
muammolami hal qilish va respublikaning ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqadi.
Birinchidan, menejmentni takomillashtirish respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muammolarini hal qilishga
yordam berishi lozim. Bu agrosanoat kompleksi, yoqilg‘i-energetika,
qurilish va ma’danli xom ashyo majmualari, sog‘liqni saqlash va
ekologiya, informatika- mohiyat e ’tibori bilan iqtisodiyotning barcha
muhim tarmoqlaridir.
Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va
eskilarini modemizatsiya qilish, yangi tcxnologiyalami joriy qilish
bo'yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa boshqaruvni
tashkil etishni takomillashtirishni talab qiladi.
Tub bozor islohotlarini amalga oshirish davrida respublika iqtiso
diyoti oldida turgan muhim vazifalardan biri tovar bozorini tez va
samarali boyitish, import «injiqliklari»ga butkul bog'liqlikni tugatish
hisoblanadi. Sanoat, qurilish va agrosanoat kompleksining tovar
ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini rivojlantirish zarur.
Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish aynan shu
muammolami hal qilishga yo'naltirilishi lozim. Darvoqe, keskin
tovar taqchilligi natijasida ishlab chiqarish innovatsiyalarga nisbatan
ta’sirchanligini yo'qotishi mumkin. Bu holda korxonalar ishlab
chiqarishni yangilamasdan ham bemalol faoliyat ko'rsata oladilar.
Ishlab chiqarish menejmenti holati
uni
takomillashtirish
choralarini kompleks ishlab chiqish, istiqbolli tashkiliy-iqtisodiy
modelni ishlab chiqish zaruratini belgilaydi. Menejmentni tako
millashtirish yo'nalishlari asoslab berilgan taqdirda harakatdagi
96
boshqaruv obyektida eng avvalo birinchi galda hal qilinishi lozim
bo‘lgan vazifalar, «tor joylar» (boshqaruvning tezkorligini oshirish,
qarorlarni muvofiqlashtirish, boshqaruv bo'yicha ko‘p mehnat
talab qiladigan ishlami qisqartirish, tashkiliy tuzilma va boshqaruv
usullarini takomillashtirish va h. k.) belgilanadi.
Bu vazifalar asosida boshqaruvning dastlabki iqtisodiy-tashkiliy
modeli yaratiladi. Aniq chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun mavjud
ishlab chiqarish menejmenti tahlil qilinadi va uning rivojlanish
an’analari aniqlanadi. Shu asosda ko‘makchi va normativ materiallar
(namunaviy shtat ro'yxatlari, axborot tuzilishi, tizimi, texnik jihozlash
normasi va h. k.) hisobga olingan holda, ishlab chiqarish menejmentini
rivojlantirishning kompleks loyihasi ishlab chiqiladi. Menejmentni
takomillashtirish ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizimlami
qamrab oladi.
Boshqaruvchi tizimda menejmentni tashkil etishni takomillash-
tirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Boshqaruv funksiyalari va tashkiliy strukturani takomil
lashtirish.
2. Boshqaruv texnikasi va texnologiyasi, boshqaruv apparatida
ishni tashkil qilish.
3. Boshqaruv ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
4. Boshqaruvning axborot bazasi, ma’lumotlami ro'yxatga
olish tizimi, ulami boshqaruv apparatiga uzatish shakl va usullarini
takomillashtirish.
5. Qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va ularning bajarilishini
tashkil etish jarayonini takomillashtirish.
6. Boshqaruv ishining shart-sharoitlarini yaxshilash.
7. Boshqaruv apparati xodimlarining ish vaqtidan foydalanishini
tartibga solish.
8. Boshqaruv usullarini tartibga solish.
9. Boshqaruv apparatidagi turli bo‘limlaming faoliyatini uyg'un-
lashtirish.
10. Jamoada barqaror ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratish va h. k.
Korxona va tashkilot miqyosidagi ishlab chiqarishda boshqaruv
samaradorligini oshirish bir-biri bilan aloqador boshqa tushuncha
va tavsiflar (xarakterlar) turlari bilan ham bog‘liq. Boshqaruvni
baholashda qo‘llaniladigan eng ko‘p tarqalgan tavsiflar quyidagilar
hisoblanadi:
- tezkorlik, ya’ni boshqaruvdagi hatti-harakatlaming ishlab chiqarish
maqsadlari, vazifalari va ehtiyojlari bilan muvofiqligi;
- oqilonalik (ratsionallik), yoki boshqaruvni takomillashtirish,
ya’ni uning ishlab chiqarish va boshqaruvning tashkiliy
jihatdan yuqori hamjihatligini ta’minlash qobiliyati, bu esa
markazlashtirish, ixtisoslashtirish va boshqaruv faoliyatining
boshqa tashkiliy jihatlarida namoyon bo'ladi;
- tejamlilik, yoki boshqariladigan obyektga nisbatan mehnat,
moddiy va moliyaviy resurslaming eng kam xarajat bilan ta’sir
ko'rsatish qobiliyatini ifodalaydigan boshqaruv natijaviyligi.
Korxonani boshqarish sifati mehnat unumdorligiga ta’sir
ko'rsatuvchi eng muhim omil hisoblanadi. Korxona samarali ishlashi
uchun boshqarish tizimlarini takomillashtirish zarur. Kuchli raqobat
sharoitida rahbariyat kechagi optimal qarorlar bugun keraksiz bo‘lib
qolishi mumkinligini anglashi lozim. Korxona miqyosida ishlab
chiqarishni boshqarishni takomillashtirish maqsadida joriy qilingan
tadbirlar samaradorligini belgilash quyidagicha amalga oshirilishi.
Boshqarishni takomillashtirish tadbirlari boshqaruv devonini
qisqartirish, uning tashkiliy tarkibini ixchamlashtirish va ishlab
chiqarish hajmini ko'paytirish imkoniyatini beradi. Bu natijalarga
erishilganlik darajasi quyidagi ko'rsatkichlarda o'z aksini topadi.
• yillik iqtisodiy samara;
• mehnat unumdorligining o'sishi;
• qo'shimcha sarflangan kapital qo'yilmani qoplash muddati.
Boshqaruv devonining qisqarishi oqibatida ish haqi fondi tejaladi.
Bu esa o'z navbatida mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi.
? ; = V H* О Ч /Ю 0 )
Bu erda: 7 ^ -tejalg an ish haqi; 7^-qisqartiriladigan boshqaruv
devoni xodimlari soni; IH4-boshqaruv devonida band bo ‘lgan
xodimlaming o ‘rtacha ish haqi; S - ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar
foizi.
Joriy qilingan tadbirlar natijasida ishlab chiqarilgan jami mahsulot
tannarxi quyidagicha hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |