Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitining mavjudligi ishlab
chiqarish sifatini va uni boshqarish
muammolariga katta ahamiyat
berish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shuning uchun korxona ishlab
chiqarayotgan mahsulot, tovar va xizmatlami
jahon standartlariga
mos ravishda ishlab chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifasi
hisoblanadi. Agar mahsulot yuqori sifatli, jahon
standartlariga javob
beradigan bo‘lsa, bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardosh
bo‘lishidan dalolat beradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jiddiy raqobat,
kurash sifatni oshirish dasturlarini
ishlab chiqishga sabab
bo'ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchun obyektiv
ko'rsatkichlarni ishlab chiqish zarurati tug'iladi. Bu ko'rsatkichlar
mahsulotning muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi. Hozirgi
kunda aynan mahsulotning xalqaro sifat andozalariga muvofiqligini
tasdiqlovchi sertifikat mahsulot yetkazib berish haqida bitim tuzish
uchun muhim omil sifatida ko'riladi.
Sifatni oshirish xarajatlami kamaytirib, bozor ulushi hamda ishlab
chiqarish samaradorligiga erishishga ko'maklashadi.
Shunday qilib, har qanday ishlab
chiqarishni rivojlantirish, uning
raqobatbardoshligini oshirish va uning bozordagi o‘z o'mini egallashi
va uni saqlab qolishi uchun mahsulot sifatini oshirishga katta e’tibor
berish lozim. Bulaming barchasiga faqat samarali boshqarish
orqaligina erishish mumkin.
Bundan ko'rinib turibdiki, har qanday ishlab chiqarishni samarali
amalga oshirish uchun ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish
zarur. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil
etish va uni samarali
boshqarish hisobigagina tashkilot va korxonalar o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga erishishi mumkin.
1. Detallami yetkazib berish usuli, ya’ni ishlov berish partiyalarda
amalga oshiriladigan, operatsiyadan operatsiyaga esa faqat barcha
Dostları ilə paylaş: