Fan/modul uchun ma’sul: Sh. Boyjigitov.-Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri v/b
9.
Taqrizchilar: f.f.n M.Mamatov - QarDU Pedagogika institutining Sirtqi bo`lim boshlig`i
p.f.n Sh.Hamrayev –QarDU “Maktabgacha ta`lim” kafedrasi
Fanning mazmuni
I. Fanning mazmuni Mazkur fanni oʻzlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni oʻzlashtirgan boʻlishlari shart: maktab uchun tayyorlangan “Inson va jamiyat”, “Tarbiya”. “Milliy istiqlol g‘oyasi”va h.k.
Ushbu fan quyidagi modullar boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallashga xizmat qiladi: “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’limda uzluksiz pedagogika fanlar”.
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi eʼtiborini o‘ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida taʼkidlab, o‘tamiz.
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga boshlang`ich ta`limda tarbiya fanining tarixiy taraqqiyoti, rivojlanish tendensiyalari, ta’limning innovatsion usullaridan foydalanish, dunyo va jahon pedagogikasi yangiliklaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy axborot-kummunikatsiyaviy texnologiyalarini tadbiq qilish va amalga oshirishga tayyorlash, pedagogik madaniyatni tarkib toptirish, muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo‘llay olishini taʼminlash.