Tanbeh berish – eng yengil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish ham mumkin.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning bir qismi bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati, qoidalari, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi.
Tarbiya qoidasi- pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga amal qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
Tarbiya usullari - o’qituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ta‘sir ko’rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta‘sir etish yo’llariga aytiladi.
Tafakkur - arabcha «mufakkir», «mafakkirotun» so’zlaridan olingan bo’lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli, chuqur fikrlash qobiliyati degan ma’noni anglatadi. Tafakkur - buyum va hodisalarning umumiy xususiyatlarini, ular o’rtasida mavjud bo’lgan bog’lanishlar va munosabatlarni bilish jarayonidir
Tashqi nazorat - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestasiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan "Ta'lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestasiyasi va akkreditasiyasi haqidagi Nizom" va amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Test – inglizcha «sinov» degan ma'noni bildiradi. Test birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o'quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qullanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fanlari doirasida rivojlandi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi.
«Texnologiya» - tushunchasi fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san‘at, «logos»-fan, so‘zlaridan olingan bo‘lib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi.