Umumiy pedagogika- insonga, shaxsga ta'lim tarbiya, ma'lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo'llashga o'rgatadi.
Uzluksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faolliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilgor pedagogik va axborot texnologiyasini ishlab chiquvchi.
Xalq pedagogikasi - mazkur xalqi ta'lim tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma'naviyati, ahloq odobi singarilarni o'rganadi.
Shaxs - deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi.
Evristik suhbat – echimi ma'lum ma'noda murakkab, bosqichma – bosqich topiladigan masalalarni xal qilishda foydalaniladi. Masalan, paxta terish mashinasining ma'lum bo'zukligini bartaraf etish kerak bo'lsa, uning sabablari birin – ketin kurib chiqiladi va yakuniy xulosaga kelinadi.
Eksperiment– so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi. Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
«Ekologiya» - yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E.Gekkel tomonidan kashf etilgan.
Ekologik ta'lim - aholiga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.