shaklan kapalakka o ‘xshaydi; kul rang moddaning atrofida oq modda joylashgan bo‘ladi. Kul rang moddaning oldingi «qanotlari» oldingi shoxlar, orqadagi «qanotlari» esa orqadagi shoxlar deb ataladi. Oldingi shoxlardan - orqa miyaning oldingi ildizlari, orqadagi shoxlardan esa orqadagi ildizlari boshlanadi. Bizga ma’lumki, kul rang modda asosan nerv hujayralaridan va qisman ulaming o ‘siqlaridan iborat b o isa , oq modda asosan o ‘siqlardan, ya’ni nerv tolalaridan tuzilgandir. Bu tolalarning ayrim tutamlari turli funksiyalami o ‘taydi, shunga ko‘ra, ulami uchta guruhga b o iish mumkin: 1) yuqoriga ko‘tariluvchi yoki markazga intiluvchi tolalar - qo‘zg ‘alish gavdamizning turli qismlaridan o ‘sha tolalar orqali bosh miyaga yetib boradi; 2) pastga tushuvchi yoki markazdan qochuvchi yoMlar - qo‘zg ‘alish bosh miyadan o ‘sha y o ‘llar orqali periferiyaga o ‘tadi; 3) bir to‘da kalta tolalar; ular orqa miyaning ikki-uch segmentidan o ‘tib, ulami bir-biri bilan bog‘laydi. Bundan tashqari, ba’zi tolalar orqa miyaning birinchi yarmidan ikkinchi yarmiga o ‘tadi va uning ikkala yarmini bir-biri bilan birlashtiradi. Shunday qilib, orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri - qo‘zg ‘alishni 355
o ‘tkazishdir. Orqa miya qirqib qo'yiisa, bu muhim funksiya buzilib, bir qancha jiddiy o ‘zgarishlar kelib chiqadi. Orqa miyaning reflektor faoliyati va markazlari. Orqa miyaning ikkinchi asosiy funksiyasi uning reflektor faoliyatidir. Spinal baqaning reflekslari bilan tanishganimizda buni ko‘rgan edik. Muhim funksiyalaming reflektor markazlari orqa miyada joylashgan.