hammasi (orqa miyadan, uzunchoq miyadan va miyachadan boshlanuvchi maxsus neyronlar yordami bilan) ko‘ruv do‘mboqlariga bog'Ianadi, shu sababli gavdamizning har bir retseptoridagi qo‘zg ‘alish albatta ko‘ruv do‘mboqlariga keladi. Afferent impulslarni talaygina qismi ko‘ruv do‘mboqlaridan bosh miya po‘stloqlariga boruvchi maxsus tolalar orqali bosh miya po‘stlog‘iga o ‘tadi. Shunday qilib, sezishga taalluqli hamma signallar oldin ko‘ruv do‘mboqlaridan o ‘tadi va shundan keyingina bosh miya po‘tlog‘ining tegishli sohalariga kiradi. K o‘ruv do‘mboqlari zararlanganda sezuvchanlik kamayadi yoki butunlay y o ‘qoladi, bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, falaj kelib chiqadi, uyqu buziladi, quloq og‘ir bo‘lib qoladi, ko‘z xira tortadi va hakazo. Oqimtir qism ko‘ruv do‘mboqlariga qarama-qarshi o ‘laroq, harakatlantiruvchi markazdir. Yurish, yugurish kabi harakat reflekslaridan ko'pchiligining yoyi yoki ovqatlanish refleksi, jinsiy refleks va boshqa reflekslarning yoylari o ‘zining afferent (sezuvchi) qismi bilan ko‘ruv do‘mboqlariga bog‘langan b o isa , efferent (harakatlantiruvchi) qismi bilan oqimtir qismlarga bogiangandir. Oqimtir qism ta’sirlanganda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi muskullar qisqaradi. Oqimtir jism zararlansa, odamning harakatlari izdan chiqadi. D o ‘mboq ostidagi sohaning markazlari oqsil, y o g ‘, tuz va suv almashinuvini idora etadi. Bu markazlar ichak, qon tomirlari, bachadon va qovuq muskullarining devorlarining qisqarishiga ham ta’sir etadi. Bu markazlar ter ajralishiga va shu kabi funksiyalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Termoregulyatsiya markazi ham do‘mbog‘ ostidagi sohadadir.