Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318
2 5213200508969289537

1.Muskullar 
tonusining 
o ‘zgarishi 
(atoniya). 
Miyacha 
olib
tashlangandan keyin dastlab muskullar tonusi juda ham kamayadi, natijada
muskullar ilvillab qoladi. Miyacha faoliyati izdan chiqqanda muskullar
tonusi shu tariqa buziladi. Ammo bir necha kundan keyin yozuvchi
muskullar tonusi oshadi, qo‘l-oyoq yoziladi, bosh orqaga qayriladi.
Miyacha olib tashlanganda muskullar tonusi y o ‘qolishdan ko‘ra,
tonus 
taqsimotini 
idora etishning ko‘proq 
buzilishi 
bir qancha
tekshirishlarda isbot etilgan.
Miyacha olib tashlangandan keyin ikki hafta o ‘tgach, tonus sekin-asta
avvalgi asliga keladi va hayvon birmuncha beo‘xshov harakat qilsa ham,
har qalay anchagina harakatlami bajaradigan bo‘lib qoladi.
2.Tez charchash (asteniya). Miyachasi olib tashlangan hayvon juda
tez charchaydi. Sog'lom it kichik harakatlami bemalol ado eta olsa,
miyachasi olib tashlangan it shunday harakat qilish natijasida charchab
qoladi. Hayvon arzimas harakatdan keyin shu qadar charchaydiki, yotib
dam oladi. Modda almashinuvi juda ham kuchayib ketadi.
3.Q o‘l-oyoq va boshning titrashi (astaziya). Miyachasi olib tashlan­
gan hayvon titramasdan turolmaydi va boshini tutolmaydi. Itning
miyachasi olib tashlangandan keyin u oyog‘ini darrov ko‘tara olmaydi; u
oyog‘ini ko‘tarishdan oldin bir qancha tebranma harakatlar qiladi. Agar
bunday it turg‘azib qo‘yilsa, gavdasi va boshi hamisha tebranib turadi.
Agar shunday itga ovqat berilsa, u ovqatni yeya olmaydi, chunki boshini
tebranishdan to‘xtata olmaydi. It faqat tasodifan boshining bir tebranishida
ovqatdan bir luqmasini og‘ziga oladi.
Miyachasi olib tashlangan itning birdaniga to‘xtata olmaydigan va

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin