qolmaydi, chunki bu tizim skelet muskullarida va sezgi organlarida ro‘y beruvchi jarayonlarga ham ta’sir etadi. Vegetativ asab tizimi o ‘zining tuzilishi va xossalariga ko‘ra somatik asab tizimidan farq qiladi. Ma’lumki, somatik nerv tizimi ko‘ndalang targ‘il muskullarni innervatsiya qiladi va gavdamizning sezuvchanligini ta’minlydi. Vegetativ nerv tizimi parasimpatik va simpatik nerv tizimiga bo‘linadi. Somatik nerv tizimining nerv tolalari orqa miyaning har bir segmentidan boshlansa, vegetativ nerv tizimi bunga qarama-qarshi oiaroq, markaziy asab tizimining har xil boiimlaridan tutam-tutam b o iib chiqadi. Vegetativ asab tizimi o ‘rta miyadan, uzunchoq miyadan, orqa miyaning ko‘krak-bel qismidan va dumg‘aza qismidan boshlanadi. Markaziy asab tizimida o ‘rta miya bilan uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg‘aza bo'limidan boshlanuvchi tolalar parasimpatik asdab tizimini hosil qiladi. Vegetativ nerv tizimining orqa miyaning ko‘krak-bel boiim idan boshlanadigan qismi esa, simpatik asab tizimi deb ataladi. Vegetativ asab tizimining tuzilishidagi ikkinchi xususiyat shundan iboratki, asab tolalari markaziy asab tizimidan chiqqandan keyin o ‘zi inasabatsiya qiladigan organga yetib bormasdan turib tugaydi. Ammo, ular shu yerda boshqa asab hujayrasi bilan bog‘lanadi, bu hujayraning o ‘sig‘i esa, organga boradi. Shunday qilib, vegetativ asab tizimining tolalari bosh 364
miya bilan orqa miyadan chiqqach, o ‘zi inasabatsiya qiimh'gan organga bora turib, y o id a bir marta uziladi. Demak, vegetativ asablar uzluksiz boradigan somatik asablardan farq qilib, ikki neyrondan tarkib topadi, bu neyronlaming orasida esa cinaps