ko‘p marta takrorlaydigan bunday uzluksiz harakatlari ketma-ket keluvchi bir qancha reflekslardan iborat. Bunday (ketma-ket keluvchi) reflekslarda har bir harakat tamom bo‘lishi bilan navbvatdagi harakat boshlanadi. 4.Harakatlar koordinatsiyasining buzilishi (ataksiya). Miyachasi olib tashlangan it aniq, chaqqon, uyg‘un harakatlar qila olmaydi. U oyoqlarini kerib, qoqilib-surilib va yiqilib turib yuradi. Yurganda oyoqlarini xuddi x o ‘rozga o ‘xshab yuqori ko‘tarib tashlaydi, shu sababli bunday yurish 363
x o ‘roz yurish deb ataladi. Odamning miyachasi zararlanganda ham shunday o ‘zgarishlar kelib chiqadi. Miyachaning funksiyasi harakatlarni koordinatsiyalash (uyg‘un- lashtirish) va muskullar tonusini mutadil ravishda taqsimlashdan iborat ekanligi ko'pgina tekshirishlar bilan uzil-kesil aniqlangan. Miyacha harakatlar koordinatsiyasini amalga oshirish bilangina qolmay, organizm dagi vegetativ jarayonlarga ham ta’sir etadi. Miyacha simpatik nerv tizimi orqali miyaning barcha bo‘limlariga adaptatsion-trofik ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, miyacha nerv tizimida modda almashinuviga ta’sir etadi va uning o ‘zgarib turadigan sharoitlarga moslashuviga imkon beradi. VEGETATIV ASAB TIZIMI Vegetativ nerv tizimining tuzilishi. Vegetativ asab tizimi, markaziy asab tizimining bir qismi bo‘lib, uning boshqa har bir qismi singari, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ta’siri ostida turadi. Qon aylanish, nafas olish, ayiruv, ko‘payish organlarining faoliyati, shuningdek modda almashinuvi vegetativ nerv tizimi orqali idora etiladi. Ammo vegetativ asab tizimining roli yuqorida aytilgan funksiyalar bilangina cheklanib