Miyaning kulrang moddasini hosil qiladigan asab hujayralari, dastawal, sudralib yuruvchilardagina paydo bo‘ladi, Bularda miya po‘stlog‘ining asosiy qismini targil tana tashkil qiladi. Zoologik silsilada bir oz yuqoriroqda turadigan hayvonlarda miya po‘stlog‘i ancha tez taraqqiy etib boradi. Masalan, qushlar miyasining po‘stlog‘ida egatlar boimasa-da, targil tana ancha yaxshi rivojlangandir. Miya po‘stlog‘i sut emizuvchi- lardagina o ‘z taraqqiyotining yuksak nuqtasiga erishadi. Sut emizuvchi- larning katta yarim sharlar po‘stlog‘i o ‘rta miyani deyarli batamom o ‘rab oladi, egatlarining soni ko‘payib, kulrang moddasining satxi kengaygan bo‘ladi. Sut emizuvchilar qancha rivojlangan, taraqqiy etgan bo‘lsa, miyasining po‘stlog‘i ham shuncha yaxshi takomil yetgan bo‘ladi. Shunday qilib, katta yarim sharlar po‘stlog‘i sut emizuvchilarning oliy vakili bo‘lmish odamlarda misli ko‘rilmagan darajada taraqqiyotga erishadi. Miya po‘stlog‘i nihoyatda zo ‘r taraqqiy etganligi munosabati bilan odam xulq-atvor va ong nuqtai nazaridan boshqa sut emizuvchilar oldida sifat tomonidan tubdan farq qiladigan darajaga ko‘tarilgan. Demak, evolyutsion taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida hayvonot olamining tegishli vakillarida miya po‘stlog‘ining paydo bo‘lishi, keyinchalik esa uning tegishlicha rivojlanib borishi organizm funksiyalarining markaziy asab tizimsi boshqa qismlari bilan bir qatorda miya po‘stlog‘i tomonidan ham boshqarilishini taqozo qilgan, fimksiyalar kortikalizatsiyasi yuz bergan, ya ’ni funksiyalar miya po‘stlog‘iga bog‘liq bo‘lib qolgan. Miya 369
po‘stlog‘i tashqi muhit bilan bevosita boglanmasdan, balki markaziy asab