etgan bo‘Isa, po‘stloqning batamom yoki qisman olib tashlanishi uning xulq-atvoriga shuncha ko‘p o ‘zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 4. Po‘stloq biotoklarini qayd qilish (elektro ensefalografiya) usuli - miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan biotoklami elektroensefalograf asbobi yordamida yozib olish. Bunda chizilib boradigan egri chiziqga - elektroencefalogrammaga qarab, miya funksiyasi to‘g ‘risida fikr yuritiladi. 5. Kibemetik usul -keyingi paytlarda keng tarqalayotgan usuldir. Xilma-xil nozik va nihoyatda aniq ishlaydigan mexanizmlar yordamida miya faoliyatining u yoki bu tomonlarini sun'iy y o ‘l bilan gavdalantirish, modellash. Bu usul miya faoliyatini aniqroq o ‘rganishga yordam bermoqda. 370
6. Klinik usul -xilma-xil kasalliklar paytida m iy a laoHyatiiii
o ‘rganish. 7. Shartli reflekslar usuli - po‘stloq faoliyatining mazmunini shartli reflekslar bo‘lganligidan xilma-xil shartli reflekslarni hosil qilish po‘stloq faoliyatining mohiyatini yoritadigan eng qo‘lay usuldir. Shartli reflekslar usuli yordamida po‘stloqning asl fiziologiyasini, funksiyalarining istalgan tomonini o ‘rganish mumkin. 42-rasm. Itlarda vaqtincha aloqaning hosil bo‘lishi. 43-rasm. Yakka kameralarda so ia k ajratish va m e’da shirasi ajratishining shartli reflekslarini hosil qilish usuli (I.P.Pavlov usuli). Po‘stloq faoliyatini o ‘rganishda bulardan tashqari anatomik, gistologik, gistoximik, bioximik va biofizik usullar ham keng qullaniladi. 371