po‘stlog‘i ta’sirotlarni analiz qilib, ayrim qismlarga ajratadi va shu qismlarni darrov o ‘zaro birlashtirib, yaxlitlaydi, sintez qiladi. Po‘stloqning analiz faoliyati tufayli predmetlarning alohida-alohida shakli farq qilinadi, ranggi, hidi ajratiladi, sintez faoliyati tufayli esa, belgili predmet to‘g ‘risida yaxlit tushuncha hosil qilinib, ta’sirotni keltirib chiqargan predmet haqida yakun yasaladi; 3) tuzilish-struktura prinsipi - bu prinsipning mohiyati shundaki, organizmda istalgan jarayon zaminida belgili struktura yotadi, ya’ni har bir jarayonni anatomo-fiziologik birlik, tegishli struktura keltirib chiqaradi. Demak, organizmdagi barcha jarayonlar moddiy boMgani kabi, po‘stloqdagi jarayonlar ham moddiydir, chunki ulaming ham moddiy asosi-struktura zamini bor. KATTA YARIM SHARLAR PO‘STLOG‘I TURLIQISMLARINING FUNKSIONAL VA STRUKTURA XUSUSISYATLARI Organizmda qanday boMmasin biror fimksiyaning boshqarilishi bosh miya katta yarim sharlarining qaysi qismiga bog‘liq, degan muammo azaldan munozarali masala bo‘lib kelgan. Bu haqda nihoyatda xilma-xil va bir-biriga tamomila qarama-qarshi fikrlar bayon qilingan. Ba'zi olimlar bosh miya po‘stlog‘ining qat’iyan ma’lum bir nuqtasi organizmning muayyan bir funksiyasini boshqaradi deb ta'kidlasa, boshqalari bu fikrni inkor qilar edilar; ular miya po‘stlog‘ining hamma qismi struktura va funksional jihatidan bir xil deb hisoblab, belgili bir funksiyaning boshqarilishida butun miya po‘stlog‘i ishtirok etadi deb e'tirof qilar edilar. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining turli sohalari turli funksiyalami boshqarishga moslashganligini dastavval I.P.Pavlov isbotladi. Uning 373