tolalardan iborat. PO‘STLOQ FAOLIYATINI 0 ‘RGANISHDA I.M.SECHENOY VA I.P.PAYLOVNING ROLI Yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyatini o ‘rganishda buyuk fiziologlar-I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlaming roli benihoya katta bo‘ldi. Bosh miya faoliyatining reflektor xarakterga ega ekanligini dastlab, I.M.Sechenov o ‘zining mashhur “Bosh miya reflekslari” asarida ta'riflab berdi va shu bilan oily asab faoliyati haqidagi ta’imotga zamin yaratdi. Keyinchalik po‘stloqning faoliyatini o ‘rganish I.P.Pavlov zimmasiga tushdi. I.P.Pavlov po‘stloq faoliyatini atroflicha o ‘rganib, oliy asab 372
faoliyati haqida materialistik ta’imot yaratdi. I.P. Pavlov asosSagan shartli
reflekslar usuli katta yarim sharlar po‘stlog'ining faoiiyatini o'rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Faqat ana shu usul tufayli katta yarim sharlaming asl fiziologiyasini o ‘rganish imkoniyati tugildi. I.P.Pavlov o ‘zi yaratgan oliy asab faoliyati haqidagi ta’imot asosiga uchta materialistik prinsipni olga surdi, Bular quyidagilardir : 1) determinizm prinsipi- bu prinsip mohiyat e'tibori bilan shundan iboratki, tabiatda, organizmda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalarning sababi bo‘lgani kabi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida yuz beradigan hodisalar ham muqarrar ravishda biror sababga bog‘liqdir. Biz ayrim hollarda ba’zi jarayonlaming sababini hali bilmas ekanmiz, bu-ularning sababi y o ‘q degan ma'noni bildirmay, balki ilmiy tekshirish usullarining mukammal emasligini ko‘rsatadi. -Fanning kelgusidagi taraqqiyoti munosabati bilan, hanuz noaniq bo‘lib kelayotgan hodisalarning sababini bilib olamiz; 2) analiz va sintez prinsipi - miya