HUJAYRA STRUKTURASI Miya po‘stlog‘i asab va tayanch to‘qima (neyrogliya) hujayraiaridan tashkil topgan. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida asab hujayralari ustma-ust joylashgan bo‘lib, bir necha qavatni hosil qiladi. Birinchi qavat - molekulyar qavat, po‘stloqning eng sirtqi qavatidir. Bu qavat asosan neyrogliya hujayraiaridan tashkil topgan bo‘lib, asab hujayralari kamroq uchraydi. Ikkinchi qavat - tashqi donali qavat, xilma-xil shakldagi mayda asab hujayraiaridan tashkil topgan. Uchinchi qavat - o ‘rta va katta piramidal qavat, bu qavat o ‘rta va katta piramidasimon hujayralardan tuzilgan. To‘rtinchi qavat - ichki donador qavat, xuddi ikkinchi qavat kabi, bu qavat ham mayda hujayralardan tashkil topgan. Beshinchi qavat - ganglioz qavat, Bechning katta piramidasimon hujayraiaridan tuzilgan. Oltinchi qavat - polimorf hujayralar qavati, bu qavat ikkiga bo‘linadi - uchburchaksimon hujayralardan tashkil topgan tashqi qavat va duksimon hujayralardan tashkil topgan ichki qavat. Miya po‘stlog‘i faoliyatida asab hujayraiaridan tashqari po‘stloqning turli qismlarini o ‘zaro va markaziy asab tizimsining qo‘yi qismlari bilan boglanishini ta’minlydigan asab tolalari ham katta rol o ‘ynaydi. Miyaning oq moddasini tashkil qiladigan asab tolalari uch guruhga bo‘linadi; 1) assotsion, ya’ni biriktiruvchi tolalar, bir yarim shaming ikki qismini o ‘zaro boglaydi; 2) kommisural, ya’ni tutashtiruvchi tolalar, ikki yarim shaming o ‘zaro o ‘xshash-mos qismlarini bir-biri bilan ulaydi; 3) proeksion, o'tkazuvchi tolalar, po‘stloq bilan markaziy asab tizimsi qo‘yi qismidagi kulrang modda to‘plamlarini bir- biriga boglaydi. Mana shu uch xil tolalaming hammasi afferent va efferent